Takrorlash uchun savollar
Disaxaridlar maltoza va saxaroza formulasini keltiring. Nima uchun maltoza qaytaruvchilik xossasiga ega, saxaroza esa yo‘q?
Hazm bo‘ladigan va hazm bo‘lmaydigan uglevodlarning inson organizmidagi ahamiyati qanday?
Qandli diabet bilan og’ rigan bemorlarga nima uchun saxarozadan ko‘ra fruktozani ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi?
Ovqat hazm bo‘lishi uchun kerak bo‘ladigan oziqaviy tolalar, pektin moddalari qaysi manbalarda mavjud?
Uglevodlarning optik faolligi deganda nimani tushunasiz?
Tayanch iboralar
Uglevodlar; monozalar; geksozalar; glikozidlar; polisaxaridlar; hazm bo‘ladigan va hazm bo‘lmaydigan uglevodlar; pektin moddalar; glikogen; ballast moddalar; melanoidinlar hosil bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |