Mashg‘ulot uchun tayyorlangan vositalarni


E. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana14.06.2022
Hajmi0,95 Mb.
#670712
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
13 mavzu (2)

E. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarish. 
Tarbiyaviy ishlarni 
amalga oshirish bosqichida tarbiyachining mas’uliyati muhimdir. 
Birinchidan, 
dasturda koʻzda tutilgan ishlarni tayyorlangan ssenariy asosida borishiga erishadi, 
unga tuzatishlar kiritadi, dispetcherlik vazifasini amalga oshiradi va jarayonni kuzatib 


348 
boradi. 
Ikkinchidan,
tarbiyachi butun jamoa va ayrim tarbiyalanuvchilarni kuzatib 
borgan holda, ularda muayyan fazilatlarni rivojlantiradi, bu fazilatlarning 
shakllanganlik darajasini aniqlashga imkon beradi va tarbiya sohasida qilinadigan 
ishlarning strategiyasini belgilaydi. 
Uchinchidan, 
tarbiyachi tashkiliy masalalarning 
aniq hal etilishini kuzatib boradi. 
Umuman, tarbiyaning bu bosqichdagi boshqaruv faoliyati oddiy dars 
mobaynidagi ayni shunday faoliyatdan murakkabroqligi bilan farq qiladi. Bu 
murakkablik tarbiyaviy ishni boshqarishda hisobga olish, nazorat qilish va koʻplab 
omillarga tuzatishlar kiritish lozimligida namoyon boʻladi. Bu borada murabbiyning 
tarbiyachi va tashkilotchi sifatidagi oʻrni: 
- tarbiyalanuvchilarni oʻzini ishtiroki bilan boʻg‘ib qoʻymaslik; 
- tarbiyalanuvchilarga oʻz fikrlarini va hissiyotlarini erkin ifodalashlari uchun 
xalaqit bermaslik; 
- hodisalarning rivojini diqqat bilan kuzatish va uning nomaqbul yoʻnalish 
olishi hamda nazoratdan chiqishiga yoʻl qoʻymaslik; 
- nomaqbul harakatlarni oqilona va oʻz vaqtida tuzatish; 
- oʻtayotgan jarayonni sezdirmasdan qayd etib borish; 
- pedagogik nazokat bilan natijalarni e’lon qilish, jamoaviy muhokama yoki 
yakkama-yakka pedagogik tahlil qilish, yutuq va kamchiliklarning sabablarini
ochishlarda belgilanadi. 
Tarbiyaviy ishlarni tahlil qilish mobaynida bir-biri bilan mazmunan bog‘liq 
boʻlgan qoʻyidagi savollardan foydalanish mumkin: 
1) Tarbiyaviy ishlarni tayyorlashning va oʻtkazishning barcha holatlari rejada 
oʻz aksini topganmi? 
2) Dastur mazmuni koʻzlangan maqsqdga javob beradimi? 
3) Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish darajasi koʻzlangan maqsad, vazifa va 
talablarga javob beradimi? 
4) Rejalashtirilgan barcha me’yorlar etarli darajada manbalar bilan 
mustahkamlanadimi? 


349 
5) Tarbiyaviy ishning qaysi qismi yaxshiroq amalga oshdi, nima uchun? 
6) Tarbiyaviy ish davomiyligi vaqt nuqtai nazaridan oʻzgaradimi? 
7) Kim va nima uchun muddat oʻzgardi? 
8) Tarbiyaviy ishlar bir tizimni ifoda etdimi yoki qismlari nomigagina 
bog‘langan toʻplamdan iborat boʻldimi? 
9) YAngilik samarasi sezildimi? 
10) Tarbiyaviy ishning his-tuyg‘ulik “boʻyog‘i” uning g‘oyasiga javob 
beradimi? 
11) Ishning sifati, oʻquvchilarning unga munosabati qoniqarlimi, qaysi savollar 
ularni oʻylashga majbur etdi? 
12) Tarbiyaviy ishda ishtirok etgan jamoaning har qaysi a’zosi qanday bahoga 
loyiq? 
13) Oʻquvchilarning xulqi qanday edi? 
14) Nima uchun oʻquvchilarning ayrimlarida u yoki bu pedagogik harakatga 
nisbatan qarshilik koʻrsatish alomatlari paydo boʻldi? 
15) Nimadan voz kechish kerak? 
16) Keyingi tarbiyaviy ishlarga qanday yaangiliklar qoʻshish mumkin? 
YUqorodagi fikrlarga tarbiyaviy texnologiya yoʻnalishi sifatida qaraladigan 
boʻlsa, u quyidagi umumiy belgilarni aniqlab beradi:

tarbiyaviy ta’sir tarbiyaviy ishlarning majmuasi sifatida oʻzida oʻyinlar, 
tarbiyaviy suhbatlar va yakkama-yakka maslahatlarning unsurlarini qamrab oladi; 

har bir ish har bir tarbiyalanuvchining ahloqiy, ijtimoiy va boshqa 
fazilatlarining shakllanganlik darajasini komp’yuter orqali tashxis etish bilan 
boshlanadi; 

tarbiyaviy ta’sir tashxis etish natijalarining faol tahlili va ideal shaxs 
bilan qiyoslaganda muayyan fazilatlarning shakllanganlik darajasiga etganligini 
anglash bilan yuzaga kelgan “jamoaviy qayg‘urish” samarasi bilan kuchaytiriladi; 

tarbiyalanuvchilar kishilar orasida hayot uchun zarur boʻlgan fazilatlarni 
oʻzlashtiradalar, oʻzlarini anglashga oʻrganadilar, oʻz-oʻzlarini kamolga etkazish 


350 
yoʻllarini tasavvur qiladilar; 

shaxsiy kamolotga etish dasturi (tashxis etish natijalaridan qat’iy nazar) 
yakkama-yakka 
maslahatlar, 
tarbiyaviy 
ishlarni 
tashkil 
etish 
natijasida 
mustahkamlanadi. 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish