Kerakli jihoz:
O’yinchoqlar asosida sigir-buzoq ,qo’y-qo’zichoq, it-kuchukcha, mushuk-mushukcha o’yinchoqlari, uycha.
Mashg’ulotning borishi.
Bolalar qish haqida qo’shiq kuylab olishadi . Kayfiyatlarini ko’targan holda mashg’ulotni boshlaymiz.
Tarbiyachi: Bolajonlarni sayohatga olib borishinitaklif etadi, bunda bolajonlar poezd-poezd o’yini orqali birgalikda poezd bo’lib birgalikda birin ketin yurishlarini aytadi. Yo’lda qog’irchoq Lolaxonni ko’rib qolib birga sayohatga olib katishadi. Poezdimizni birinchi bekatida.
“Topshiriqni bajar”bekati ekanligini ko’rishadi. Bu topshiriq “Sholg’om ” ertagi qahramonlarini birin ketin joylashtirib qo’yishadi. Bolalar chol ,k ampir , nabirasi, kuchugi, mushugi va sichqoni deb nomlarini ovoziga taqlid qilib topshiriqi bajaradilar.
Bolalar poezd bo’lib yo’lni davom ettirishadi bolalar pu..u..uu…p,guppish-guppish guppish pu..p, deb yo’lda davom etadilar, yo’lda 2-bekatga to’xtaydilar bu bekatda esa “Biyron bolalar” bekati edi. Qo’g’ichoq Lolaxon bu bekatni qandayligini so’raydi.Tarbiyachi: “Biyron bolalar” deganda dono bilag’on, epchil , chaqqon va odobli bolalar deb aytiladi va she’r qo’shiq , maqollarni yaxshi biladigan bolalar deb aytiladi.
Lolaxon:Opajon bolajonlar meni ham biyron bola deyishsin men ham yod olgan she’rimni aytib bersam maylimi.
Men Lolaman Lolaman
Ozoda qiz bo’laman
Erta bilan turaman
Yuz qo’limni yuvaman
Tarbiyachi: Bolalardan ham she’rlar aytib berishlarini so’raydi.
Mubina: Chumchuq cchuq chuq etadi
Tutni cho’qib ketadi
Cho’qigani mayliga
Nega to’kib ketadi.
Sardor: Bola quyon chopdi chopdi
Bitta joydan sabzi topdi
Sabzi asli qizil ekan
Yesang jonga huzur ekan
Shaxnoz: Kichkinasan lolaxon
Alla bolam allayo
Qachon kata bo’lasan
Alla bolam allayo
Azizbek: Qo’g’irchog’im-qo’g’irchoq
Ko’zlar qora munchoq
O’ynab sira to’ymaysan
Zeriktirib qo’ymaysan
Tarbiyachi:Barakalla bolajonlar sizlar “Biyron ” bolajonsizlar qani endi yana yo’limizni davom ettiramiz .guppish guppish push pup pup bolalar oxirgi bekatga to’xtaydilar.Bu bekatimiz “Uy hayvonlari” bakati ekan .Shunda sigr ovzini bolalar eshitib qaysi hayvon ovozi ekanini topadilar. Bu yerda sigir, buzoq, qo’y, qo’zichoq, it va kuchukcha bo’lib bolalar ularni tashqi tuzilishini ,ular nimalar istemol qilishini aytib,tarbiyachi bilan birga savol-javob qiladilar.
Mo’…,ba…,vov…, ovoziga taqlid qiladilar. Bolalar sigir, buzoq, it haqida she’rlar aytadilar. Lolaxon ham hursan bo’lib bolalarga o’yinchoqlar sovg’a qiladi va bolalar bilan birga sayrga chiqib ketadi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |