3
4
5
Mashg’ulot: Maktabgacha ta’lim muassasasida yo’l harakati qoydalarini o’rgatish.
Maqsad: Bog’cha yoshdagi bolalarga yo’llarda harakatlanish qoydalarini o’rgatish, bu ularda yo’lda yurish madaniyati va bilimga qiziqishlarini hamda yo’l tarbiyasiga oid boshqa yaxshi hislatlarni shakllantirish, yo’lda harakat qilganlarida, belgilar talablarini bajarish, transport turlari bilan, yo’l chiroqlarining ahamiyati haqida, bolalarni hayotini havfsizligini oldini olish maqsadida, bolalarni yoshlik chog’idan yo’l harakati ko’nikma va malakalarini tarbiyalab boorish.
Kerakli material: Muassasa hovlisida, yo’l harakatiga moslashtirilgan maydoncha, maydonchada turli ogohlantiruvchi belgilar, yo’l chirog’I, test savollari, rangli qog’oz va elim, rangli qalam.
Mashg’ulotni borishi:
Bolalar musiqa sadosi ostida maydonchaga keladilar.
Salomlashadilar.
Bolalar bir yilimizda nacha oyu-necha fasl bor?
Shu payt militsioner amaki bir bolani hushtagini chalib, quvib o’tadi.
Qaranglar bolalar nima uchun anavi bolani militsioner amaki quvladi ekan, mashg’ulot davomida buni bilib olamiz.
Bir onahon-hoy bilmasvoy bolam qayoqdasan deb kelib qoladi.
Bolalar meni nabiramni ko’rmadilaringmi?
Men nabiramga manabunday test savollarini yechishni o’rgangin deb olib kelsam, u yo’q.
Sizlar bu testlarni yecha olasizlarmi?
O’zbekistonni poytaxti qayer?
O’zbekiston Respublikasini gerbida qaysi qush tasbirlangan?
O’txo’r hayvonlarga qaysilar kiradi?
Go’shtxo’r hayvonlarga qaysilar kiradi?
Havo transport turlariga nimalar kiradi?
Poliz ekinlariga nimalar kiradi?
Bolalar test savollariga javob berayotganlarida militsioner amaki halloslab haligi bolani topolmaganini aytadi.
Bugun sizlarni ko’cha bo’ylab sayrga olib chiqishni aytdi va bolalarni ikki guruhga ajratib oldi va sayrga chiqdilar, yo’lni chetidan transportga qarama-qarshi yurishlari haqida gaoirib, yo’lni chetidagi “Tulkivoy” “Bolalar o’tar” belgisini ushlab turganini, yerda ozgina salqinlab, chetda dam oladilar. Shunda tarbiyachi.
Bolalar bu belgi nimani bildiradi?
Yo’lni qaysi joylariga qo’yiladi?
Lotin alifbosida nechta tovush bor?
Kelinglar bolalar hozir sizlarga “Botir” M. Murodovni hikoyasini aytib beraman.
Dam olish daqiqasi.
Rangli tasvirlar orqali yo’l qoydalari haqida suhbatlashadilar.
Damni olib o’rinlarimizdan turamiz. Deb turganlarida haligi bola voy-voylab keladi va unga bolalar ogohlantiruvchi belgi orqali bolaga yordam beradilar, bola ulardan kechirim so’rab bolalarga qo’shiladi.
Tarbiyachi yo’l chirog’I haqida topishmoq aytadi.
Bolalar yo’l chirog’iga duch keladilar va yo’lni kesib o’tib oladilar.
“Uch hil chiroq” Yo’ldosh Sulaymonni qo’shigini kuylaydilar.
Tarbiyachi bolalarga hohlagan stollariga borishlarini, u yerda rasm, yelimlab yopishtirish orqali yo’l chirog’ini bajarishlarini aytdi, va mashg’ulot davomida bolalarni rag’batlantirib borildi.
1-guruh TIKO
So’zlarini yozib berishlarini aytdi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalarni rag’batlantirib, avtobusga chiqib ko’cha bo’ylab sayr qilishlarini aytdi. Mashg’ulot yakunlandi.
Maqsad:
Xayvonlarni nomini , bolalarini nomini ularni qanday ovoz chiqarishini aytib berishga o’rgatish. Uy hayvonlarini bir –biridan to’g’ri ajratish , sigir-buzoq, qo’y –qo’zichoq, it-kuchukcha, deb bir biridan to’g’ri farqlashga o’rgatish, nutqini o’stirish so’z boyliklarini boyitib borish. Mashg’ulot orqali bolalar hayvonlar ovoziga to’g’ri taqlid qilish.
Mo’…mo’…. Mo…mo…, ba…ba… ma…ma…., vov… vov…, vo…vo…
Ovozlariga taqlid qilishga o’rgatib boorish.
Do'stlaringiz bilan baham: |