Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya). Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi Mavzu bayoni


Jigar faoliyatining o`tkir yetishmovchiligi



Download 73,65 Kb.
bet8/9
Sana20.02.2023
Hajmi73,65 Kb.
#913248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 Мавзу Баёни

Jigar faoliyatining o`tkir yetishmovchiligi (O’tkir jigar enstefalopatiyasi)
Bunday holat virusli gepatitlar, leptospiroz, sepsis, jigar tsirrozi va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.
Jigar enstefalopatiyasida jigar hujayralari (gepatotsitlar)ning ko’p qismi parchalanib emiriladi, boshqacha aytganda, jigar nekrozga uchraydi, natijada jigar funktsiyasi izdan chiqadi. Avvalo jigarning turli moddalarni zaharsizlantirish va moddalar almashinuv jarayonida bevosita ishtiroq etishini ta’minlaydigan funktsiyalari izdan chiqadi. Natijada zaharli moddalar qonga o’tib, moddalar almashinuvi buziladi va organizmda atsidoz holati yuz beradi, jigar enstefalopatiyasi belgilari paydo bo’ladi. Jigar enstefalopatiyasining avj olib borishida IV davr ajratiladi: I prekoma, II prekoma, I koma va II koma. I prekoma davrida intoksikatsiya kuchayib, bemorni kunduz kuni uyqu tortaveradi, u kechasi uxlay olmaydi. Ishtahasi mutlaqo yo’qoladi. Bo’lar-bo’lmasga jahli chiqaveradi. Qornida og’irlik va og’riq sezadi. Gemorragiya alomatlari paydo bo’ladi badanida petexial toshma ko’rinadi, teriga va shilliq pardalarga qon qo`yiladi.
I prekoma holatidagi bemor laboratoriyada tekshirilganda giperbilirubinemiya aniqlanadi.Fermentlar ko’rsatkichi yo ko’payadi yoki juda kamayib ketadi. Gipoalbuminemiya, gipokoagulyatsiya kuzatiladi (qonning ivish muddati uzayadi).
Bemorda I prekoma alomatlari ko’ringanda intoksikatsiyani kamaytirish, gemodinamikani asli holatiga keltirish, suv-elektrolit almashinuvini yaxshilash va qondagi kaliy miqdoriniko’paytirish uchun darhol infuzion terapiya yo’lga qo’yiladi: reopoliglyukin (250-300 ml),glyukoza (10%li eritmasidan 400 ml),insulin (10 birlik),kaliy xlorid (7, 5%li eritmasidan20-50 ml),sorbitol (20% lieritmasidan 30 ml/kg hisobida) venaga yuboriladi.
II Prekoma holatida intoksikatsiyava badanning sarig’i yanadaqo’payadi. Bemorqayd qiladi, pulsi tezlashadi, vaqti-vaqti bilan hushini yo’qotadi, o’zining qaerdaliginn yaxshi bilmay, vaqti-vaqti bilan bezovtalanadi, to’lg’anadi, ba’zan tartibsiz va nojo’ya harakatlar qiladi, qichqiradi. U vaqti-vaqti bilan chuqur depressiya holatiga tushadi va uxlayveradi. Jigar hajmi kichiklashadi. Oyoqda pay reflekslari kuchayadi. Babinskiy simptomi musbat bo’ladi, ba’zi bemorlarda meningeal sindrom aniqlanadi. Qo’l-oyoq barmoqlari ixtiyorsiz harakat qiladi. Shuningdek, yuz muskullari ham uchib turadi. Ko’pincha bemorda gemorragiya alomatlari paydo bo’ladi: badanga petehial toshma toshib, teri va shilliq pardalarga qon quyilishiga xos belgilar aniqlanadi, burun, oshqozon, ichakdan, bachadondan qon oqadi. Qonda fibrinogen miqdori, protrombin indeksi va trombotsitlar soni kamaygan bo’lib chiqadi. Protrombin indeksining 30% dan kam bo’lib chiqishi xatarli belgi, u jigar hujayralarining qayta tiklanmaydigan holgacha zararlanganidan darak beradi.
Jigardagi degenerativ o’zgarishlar yanada ko’payishiga yo’l qo’ymaslik uchun bemorning musqo`li orasiga vitamin V6 (15%li eritmasidan 1 lidan kuniga 2 mahal),xolin xlorid (1%li eritmasidan 200-300 ml)ni fiziologik eritmada yoki glyukozaning 5%li eritmasida suyultirib, bemor venasiga tomchilab yuboriladi.
Gipoproteinemiyani bartaraf qilish uchun gemodez (5-10 ml/ kg hisobida),albumin (10 ml/kg hisobida) qo`yiladi. Tomirlarda qon ivishi sindromiga qarshi geparin (2500 birlikdan kuniga 4 mahal kindik atrofidagi teri ostiga) in’ektsiya qilinadi. Autoimmun jarayonini so’ndirish va gepatonekrozni kamaytirish uchun bemor venasiga yoki musqo`li orasiga prednizolon (2-5 ml/kg hisobida) yuboriladi.
Yuqorida qayd qilingan II prekomaga xos alomatlar avj olib boraveradigan bo’lsa, bemorda koma holati yuz beradi. Bemor hushsiz bo’lib yotadi, ko’z qorachig’i kengaygan holda bir nuqtaga qadalib turadi, pay reflekslari aniqlanmaydi, nojo’ya harakatlar to’xtaydi, faqat kamdan-kam hollarda talvasa tutishi mumkin.
Jigar enstefalopatiyasida yuqorida qayd qilingan simptomlardan tashqari jigar hajmi tez sur’at bilan kichrayib boradi. Ba’zan jigar og’riydi ham. Jigar komasi Holatida bemordan «jigar hidi» anqib turadi. Bemorni hiqichoq tutish va qusish holdan ketkazadi. I koma davrida bemor byohush bo’lib yotadi, u faqat in’ektsiya qilganda og’riqni sezadi. II komada bemor chuqur koma holatida yotib, hech narsani sezmaydi.Biokimyoviy o’zgarishlar ancha katta bo’ladi. Sulema reaktsiyasi 1,2 gacha tushadi va undan ham kamayadi, protrombin indeksi, y-lipoproteidlar darajasi ham kamayadi. Elektroenstefalogrammada ham talaygina o’zgarishlar ko’rinadi.
Koma holati yuz berganda quyidagi tadbir-choralar zudlik bilan amalga oshiriladi.
1) Intoksikatsiyaga qarshi infuzion terapiya o’tkaziladi, bemor venasiga 400 ml 10%li glyukoza 100 ml 3%li kaliy xlorid va 10 birlik insulindan iborat omuxta eritma asta-sekin tomchilab (har daqiqada 40-60 tomchidan) yuboriladi. 500-1000 ml Ringer-Lokk eritmasi ham tayinlanadi Bir kunda 1-1,5 litrgacha Lobari eritmasi berish ham mumkin (Lobari eritmasining tarkibi: ditsillangan suv - 1 litr, kaliy xlorid -1, 2 g, magniy sulfat -0, 8 g, kaltsiy xlorid 0, 4 g, glyukoza - 100 g).
Intoksikatsiyani kamaytirish uchun 20%li sorbil (kuniga 250-500 ml dan),15%li albumin eritmasidan bir kunda 200-300 ml, toza zardob (250 ml) va qon ham tayinlanadi (100-150 ml dan).Almashlab qon qo`yish usuli ham qo’llaniladi.
2) Autoimmun jarayonni susaytirish va gepatotsitlar parchalanishini kamaytirish uchun kortikosteroidlar katta dozada tayinlanadi. Bemor venasiga glyukoza yoki Ringer-Lokk eritmasiga qo’shib prednizolon (80-90 mg dan har 6 soatda) yuboriladi. Bemor ahvoli tuzala boshlagach, prednizolon dozasi asta-sekin kamaytiriladida, u yana 3-5 kun davomida berib boriladi.
3) Gepatotsitlar autolizini to’xtatish uchun antiferment preparat - kontrikal (trasilol) (10000-30000 birlikdan kuniga 2-3 marta) bemor venasiga yuboriladi. Gordoks tayinlash ham mumkin. 4) Gipergidratatsiya holati yuz bermasligi uchun dnurez kuzatib turiladi va zarur bo’lganda siydik haydaydigan dorilar tayinlanadi. Furosemidning 1% di eritmasidan 2-4 ml dan muskul orasigayuboriladi. 5) Ichak mikroflorasi faoliyatini susaytirish uchun yomon suriladigan va ichakda uzoq saqlanadigan antibiotiklar - neomitsin kuniga 1 grammdan 4 mahal yoki kanamitsin (0,5 g dan kuniga 4 mahal) ichiriladi. 6) Gemorragik sindrom alomatlari ko’ringanda 1%li vikasol eritmasidan 2-5 ml muskul orasiga yuboriladi. Aminokapronat kislotaning 5%li eritmasidan 100 ml vena orqali beriladi. Rezusi to’g’ri keladigan qon (100-150 ml) qo`yish tavsiya etiladi. Fibrinogen (1-3 gramm) berish ham mumkin.
7) Organizmda yuz beradigan gipoksiya holatiga, xususan miya gipoksiyasiga qarshi bemorga namlangan kislorod berib turiladi.
8) Nihoyat Ringer-Lokk yoki glyukoza eritmasiga qo’shib, 5%li vitamin S eritmasidan kuniga 10-20 ml, panangin – 10-20 ml, koqarboqsilaza -10 ml venadan yuboriladi. Muskul orasiga vitamin V6 (1%li eritmasidan kuniga 1 ml dan) va kaltsiy glyukonat (10% eritmasidan 10 ml) in’ektsiya qilinadi.
Bemorga vaqtincha oqsil moddalari kamroq beriladi. Har kuni 2%li natriy gidrokarbonat bilan klizma qilinadi va oshqozon yuvib turiladi. Qonni almashtirish tavsiya etiladi. Giperbarik oksigenatsiya yaxshi foyda qiladi. Birinchi kuni 1,5 -2, 4 atmosfera rejimida 45 minutdan 3-4 seans tayinlanadi. Keyingi kunlardan seanslar soni kamaytiriladi.
Faollashtirilgan ko’mir bilan gemosorbtsiya qilish ham yaxshi natija beradi. Gemosorbtsiya prekoma davrida ayniqsa samaralidir. Bemor bezovtalanib, to’lg’anib yotgan holatida droperidol (2,5-5 mg) va fentanil (0,1 mg) 5%li glyukoza eritmasi bilan bemor venasiga yuboriladi. Bu holatda seduksen (10-20 mg miqdorda venaga yuboriladi) yoki vnadril (15-20 mg/kg hisobdan) tayinlanadi. Bemor prekoma va hatto koma holatida yotgan vaqtida bir necha bor plazmoforez o’tkazib, organizmda toksinni kamaytirish (detoksikatsiya) ga erishish mumkin.
O’tkir jigar enstefalopatiyasining hamma davrlarida yuqorida qayd qilingan davo choralari qanchalik samarali bo’lmasin, organizmning kasallikka qarshi ko`ra sha olish qobiliyati hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bemor organizmining shu xususiyati uni parvarish qilishga, parheziga va uni ortiqcha charchashdan ehtiyot qilishga bog’liq.
Bemorning asabiga salbiy ta’sir etadigan har qanday sabablarga mutlaqo yo’l qo’ymaslik kerak. Imkoni boricha bemor kayfiyatini ko’tarish juda muhim. Bemor kayfiyatining yaxshi bo’lishi, uning ma’lum bir tartibga itoat qilib, kam harakat qilishi, parhezga alohida e’tibor berishi muhim.
Bemor prekoma va koma holatida yotganda ham reparatsiya jarayonini yaxshilash uchun zond orqali beriladigan kundalik ovqat tarkibida kamida 30-50 g oqsil modda bo’lishi kerak.
Bemor ichi klizma bilan tozalab turiladi. Koma jarayoni chuqurlashgan sari bemorning sog’ayish imkoni kamayib boradi. Ammo bemor ba’zan juda og’ir koma holatidan ham omon-eson chiqib sog’ayib ketishi kuzatilgan.
Oxirgi yillarda reoferon, qonga ultrabinafsha yoki lazer nurlari bilan ta’sir qilish usullari qo’llanilmoqda.

Download 73,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish