Mashg’ulot №11. Mavzu: Shoshilinch holatlar (infektsion toksik va gipovolemikkaraxtlik, O’JE, miya shishi, krup, tirishish va gipertermiya). Gemorragik sindrom b-n kechuvchi kasalliklar taqqoslash tashxisi Mavzu bayoni



Download 73,65 Kb.
bet6/9
Sana20.02.2023
Hajmi73,65 Kb.
#913248
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11 Мавзу Баёни

O’pka shishuvi
Pnevmoniya, virusli gepatitda yuz beradigan koma holatida, meningoenstefalitlar, leptospiroz, yurak faoliyatining o’tkir va surunkali yetishmovchiligi, anafilaktik shok va buyrakning og’ir kasalliklari mahalida to’satdan o’pka shishib ketishi mumkin. Bunda bemor nafasi juda tezlashib, yo’taladi, qon aralash balg’am tashlaydi, nafas olish vaqtida suv shildiraganga o’xshash tovush eshitiladi. Bemor badani ko’karib, sovuq ter bilan qoplanadi, u bezovtalanib, to’lg’anadi. O’pkada pufakchali xirillash eshitiladi. Elektroqardiogrammada o’ng yurak ortiqcha kuch bilan ishlayotgani va yurak-qon tomirlar faolkyatining o’tkir yetishmovchiligiga xos belgilar aniq ko’rinadi. Shuningdek respirator va metabolik atsidoz alomatlari va qonda SO2 ko’pligk aniqlanadi.
Gipoksemiyani, tsirkulyator gipoksiyani va nafas tangligi tufayli boshlangan atsidozni kamaytirish va bartaraf qilish, uchun o’pkaga sun’iy ravishda havo berish yo’li bilan oksigenoterapiya amalga oshiriladi. Buning uchun intubatsion naycha yoki ho’llangan doka orqali 40% kislorod va 60% havodan iborat gaz aralashmasi yuboriladi. O`pka shishini kamaytirish uchun spirt va antifomsilandan burun kateteri orqali ingalyatsiya qilinadi.
Diastolani uzaytirish, koronar qon aylanishi va miokard faoliyatini yaxshilash uchun venaga oqim bilan yurak glikozidlari korglikon (0, 06%li eritmasidan 1 ml),strofantin (0,05%li eritmasidan 1 ml) yuboriladi.
Kichik qon aylanish doirasidagi zo’riqishni kamaytirish uchun venaga arfonad (5% eritmasydan 5 ml),imexin (1%li eritmasidan 1 ml) qon bosimini nazorat qilib turgan holda tomchilab yuboriladi. Hujayra membranalari va gemodinamikani barqaror qilish uchun prednizolon (1-2 mg/kg), deksazon (0, 1-0, 3 mg/kg),gidroqorgazon (4-12 mg/kg) buyuriladi.
Antioksidant ta’sir ko’rsatish uchun droperidol (0, 25%li eritmasidan 10 ml) bosim orqali va tomchilab venaga qo`yiladi. Nafas markazi faoliyatini tormozlash va adrenoxolinolitika sedativ ta’sir ko’rsatish maqsadida aminazin (2,5%li eritmasidan 0, 5 ml),pipolfen (2,5%li eritmasidan 1 ml) aralashmasi 20 ml 40% liglyukoza eritmasi bilan birga venaga qo`yiladi.
Yosh bolalarga aminazin va pipolfen ularning har bir yoshiga 0, 1 ml hisobidan tayinlanadi.
Qon tomirlar devorining o’tkazuvchanligini kamaytirish uchun dskorbinat kislota (5%li eritmasidan 5 ml) bosim ostida venaga qo`yiladi. Yoshsh bolalarga askorbinat kislota har bir yoshiga 1 ml hisobidan tayinlanadi. Shuiingdek, nikotinat kislota (1%li eritmasidan 1 ml) va furasemid (1%li eritmasidan 2 ml) venaga yuboriladi.
Torayib qolgan bronxlarni va qon tomirlarni kengaytirish uchun eufillin (2,4%li eritmasidan 5-10 ml) venaga yuboriladi.
Nihoyat kislota-ishqor va suv-elektrolit muvozanati tartibga solib turiladi.

Download 73,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish