Anafilaktik shok
Anafilaktik shok allergiya reaktsiyasining eng og’ir xilidir. U sensibillanib qolgan organizmga profilaktika yoki davo maqsadida biror antigen, masalan, zardob parenteral usul bilan yuborilishi natijasida yuz beradi.
Turli dori-darmonlar, ayniqsa antibiotiklar (xususan, penitsillin) ishlatilganida ham anafilaktik shok yuz berishi mumkin. Anafilaktik shok juda tez avj olib boradi, shu sababdan organizmda yuz bergan o’zgarishlarni vaqtida tekshirib aniqlab olish ancha qiyin bo’ladi.
Klinikasi. Bemor bezovtalanadi, boshi aylanib og’riydi, ko’ngli ayniydi, yuzi, tili, labi jonsiz bo’lib qoladi, terisi (ayniqsa kafti) qichiydi, ko’kragi qisadi. Badaniga ko’pincha eshakemi toshadi, sovuq ter chiqadi, bemor nafas olishga qiynaladi, tovush chiqarib, xirillab nafas oladi, nafasi uzoqdan eshitilib turadi. Tomiri tez uradi, pulsi zo’rg’a qo’lga ilinadi. Qon bosimi juda pasayib ketadi. O’pkani tekshirganda tarqoq quruq xirillash eshitiladi. Nafas chiqarish vaqti cho’ziladi. O’pka shishganda nafas suv shildirashiga o’xshab eshitiladi va qiyinlashadi. Bemor yo’taladi, balg’ami pushtirang bo’ladi. O’pkaning orqa past qismida perkussiya tovushi bo’g’iqlashadi. Auskultatsiyada katta-kichik pufakchali xirillash eshitiladi.
Elektroqardiogrammada yurak urishi maromining o’zgargani aa. koronar qon aylanishining buzilganiga oid belgilar aniqlanadi. Ba’zan miokardda o’choqli o’zgarishlarga xos alomatlar bo’ladi. Goho bemorlarning qorni ham qattiq og’riydi, keyinchalik oshqozon va ichakdan qon oqadi.
Anafilaktik shokning dahshatli ko’rinishlaridan biri bemor hiqildog’i shishib bronxlarning tortishib qolishi, spazm bo’lishidir, bunda ko’pincha asfiksiya boshlanib, bemor ko’p o’tmay, o’lib qoladi.
Davosi. 1) Avvalo shokka sabab bo’lgan dorini ishlatishni darhol to’xtatiladi.
2) Dastlabki choralar gipotoniyani bartaraf etishga qaratilgan bo’ladi. Qon tomirlar devorlaridan tashqariga chiqqan suyuqlik o’rnini to’lg’azish uchun tuz eritmalari venaga yuboriladi. Bir kecha-kunduzda 5-6 litrgacha poliionli tuz eritmalari (atsesol, kvartosol va boshqalar) yuborish mumkin. Qon tomirini qisqartiradigan dorilar tavsiya etilmaydi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun kordiotonik dorilar tayinlash maqsadga muvofiqdir. Tuzli eritmalar yuborilgandan so’ng ham diurez yaxshilanmasa, buyrak hujayralari zararlangan bo’ladi. Bunday holda mannitol va laziks tayinlanadi.
3) Prednizolonniig 3%li eritmasidan 2-3 ml yoki deksometazonning 0,4% eritmasidan 2-3 ml (prednizolon – 60-90 mg, deksometazon – 8-12 mg) glyukozaning 10 ml iga qo’shib bemorning venasiga yuboriladi. Agar 15-20 daqiqada sezilarli natija bo’lmasa, kortikosteroid preparatlar yana in’ektsiya qilinadi.
4) Anafilaktik shokka sabab bo’lgan zardob yuborilgan joy ga 0, 1%li adrenalin eritmasidan 0, 5 ml ukol qilinadi Anafilaktik shokka penitsillin yoki uning guruhiga kiradigan boshqa antibiotiklar sabab bo’lgan hollarda ana shu dorilar yuborilgan joyga 1000000 birlik miqdorida penitsillinazaukol qilinadi. 5) Antigistamin preparatlar tayinlanadi (2-3 ml miqdoridagi 1%li dimedrol eritmasi venaga yoki 2, 5%li eritmasi muskullar orasiga yuboriladi).Anafilaktik shok fenotiazin preparatlarn tufayli boshlangan hollarda pipolfen tayinlash mumkin.
6) Bronxospazmni kamaytirish uchun eufillinning 2, 4%li eritmasidan 10 ml olib, uni 10-20 ml 40%li glyukoza eritmasida bemor venasiga yuboriladi. Hiqildoq shishi natijasida yaqqol asfiksiya boshlanganida darhol intubatsiya yoki traxeostomiya qilinadi.
7) Bemorda talvasa boshlanganida venasiga seduksenning 0,5%li erntmasidan 2-4 ml yuboriladi (10-2 ml 40%li glyukoza eritmasida).
8) Qon tomir devorlarini mustahkamlash uchun askorbinat kislotaning 5%li eritmasidan, 5-8 mlni 10 ml 10%li kaltsiy glyukonat eritmasida bemor venasiga yuboriladi;
9) Bemorni o’rab-chirmab isitiladi. Unga issiq shirin choy ichiriladi, oyog’iga va beliga isitgich qo’yiladi.
Kollaps
Kollaps — markaziy nerv sistemasi faoliyatining susayishi, arteriya va vena qon bosimining juda pasayib ketishi, haraqatdagi qon miqdorining kamayishi va modda almashinuvining buzilishi bilan ta’riflanadigan og’ir patologik holatdir.
Qon harakatining buzilishi natijasida organizmda, jumladan bosh miyada ham gipoksiya yuz beradi. Bosh miya pnyuksiyasi kollaps boshlanishida asosiy omil hisoblanadi.
Gkpoksiya holati o’z navbatida modda almashinuv jarayonining buzilishiga sabab bo’ladi, buning oqibatida organizmda atsidoz rivojlanadi.
Kollaps yuz bergan bemor rangi oqarib, lablari, burun uchi, oyoq-qo’l panjalari ko’kimtir tus oladi (tsianoz).Puls tez va sust uradi, aritmiya aniqlanadi, arteriya va vena qon bosimi juda pasaygan bo’ladi. Ko’z xira tortib, soqqalari ich-ichiga tushib ketadi, ko’z atrofida qoramtir doira paydo bo’ladi, bemorning oyoq-qo’llari muzlaydi, badanini yopishqoq sovuq ter bosadi. Ba’zan bu simptomlar tez zo’rayib boradi va yurak faoliyati so’nishi natijasida bemor haloq bo’ladi. Kollaps turli patologik holatlarda uchraydigan infektsion toksik shokning terminal davrida namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zi mo’taxassislar infektsion shok bilan kollapsni bir-biridan farqlamaydilar.
Kollaps holati ba’zi yuqumli kasalliklarda (vabo, zotiljam, dizenteriya, difteriya, toshmali tif, o’lat va boshqalarda) yuz berishi mumkin. Ko’pincha bemor harorati kritik ravishda birdaniga pasaygan vaqtda shunday bo’ladi.
Kollaps boshqa omillar ta’sirida va har xil vaziyatda yuz berishi ham mumkin. Masalan, ortostatik kollaps uzoq vaqt o’rinda yotgan bemor birdaniga o’rnidan tursa, ya’ni gorizontal holatdan to’satdan vertikal holatga o’tsa, bosh miya ishemiyasi tufayli yuz berishi mumkin. Kollaps natijasida organizmda boshlanadigan gipoksiya holati bosh miya, yurak, jigar va boshqa organlar faoliyatini yanada ko’proq izdan chiqaradi. Kollapsdan bemorning o’lishi asosan bosh miya faoliyatining izdan chiqishn va organizmdagi kislorod yetishmovchiligiga bog’liq bo’ladn.
Davo choralari asosan qon aylanishy va nafas jarayonlarini yaxshilashga qaratiladi. Yurak faoliyatini yaxshilash uchun bemor venasiga kofein (20% eritmasidan 1-2 ml),teri ostiga kamfora (2-5 ml),venaga yoki teri ostiga kordiamin (1 ml) yuboriladi. Periferik qon aylanishini yaxshilash uchun teri ostiga efedrin (5% eritmasidan 1 ml),bemor ahvoli og’ir bo’lganda esa venaga yuboriladi. Bemor venasiga 50 ml suyuqlikda eritilgan 10 mg gidrokortizon va 1:1000 ga hisobida suyultirilgan 1 ml noradrenalin in’ektsiya qilinadi. Bemor ahvoli juda tang bo’lganda (puls qo’lga ilinmagan holda) yurak chap qorinchasigasi ingichka igna bilan 1 ml noradrenalin yuboriladi. Bunda ignani 5-qovurg’a oralig`ida to’sh suyagi chetidan shipristda qon ko’ringunga qadar asta-sekin kirgiziladi.
Infektsion kollapsda bemor terisi ostiga strixninning 1:1000 eritmasi 1 ml dan kuniga 2-3 marta yuborish tavsiya etiladi.
Nafasni yaxshilash uchun bemorga karbogen (95% kislorod va 5% SO2) dan nafas oldirish va teri ostiga lobelin (0, 5%li eritmasidan 0, 5 ml) yuborish kerak bo’ladi. Mabodo nafas to’xtab qolsa, sun’iy nafas oldirish yo’lga qo’yiladi. Yuqorida qayd qilingan dori-darmonlar bilan bir qatorda reanimatsiya bo’limida boshqa hamma tadbir-choralar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |