O`zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan o`simliklar:
1—xolmon; 2— shirach; 3—sallagul.
O`rta Osiyo hududida ham tabiiy o`simliklar juda qadimdan o`rganib kelinmoqda. Abu Rayhon Beruniy tabobatga bag`ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tibb”, Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari”, “Kitob ush-shifo” kitoblarida, Mahmud Qoshg`ariyning “Devoni lug`atit turk “ kitoblarida bir qancha dorivor o`simliklar haqda ma’lumotlar uchraydi.
O`zbekistonning tabiatdagi o`simliklarini har tomonlama o`rganish ustida O`zRFA Botanika institutining xodimlari tomonidan nazariy va amaliy ahamiyatga ega ilmiy izlanishlar olib brogan va ularning natijalarini aks ettiruvchi ko`p tomli asarlar nashr etilgan.Bu ishda olimlarimizdan akademiklardan Zokirov, Muzaffarov, Korovin, Granitov, Rusanov, proffessorlardan Orifxonova, Saxobiddinov, Pratov va boshqalar ilmiy izlanishlar bilan bir qatorda darslik va boshqa asarlar yozgani bilan hissa qo`shmoqda. O`zbekistonda yo`qolish xavfi ostida bo`lgan o`simlik turlari O`zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.
Uyga vazifa berish:Mavzuni o`qib , o`rganib kelish,mavzuga doir qo`shimcha ma’lumotlarni topib kelish.
Ko’rildi: _________U. Ortiqov.
Mashg’ulot 4 Sana ________________
Mavzu: O`simliklarning hayotiy shakllari.
Mashg’ulotning maqsadi: Daraxtlar, butalar, yarimbutalar, ko`p yillik o`tlar, ikki yillik o`tlar, bir yillik o`tlar haqida, ularning yashash sharoiti va xususiyatlarini o`rganish.
Foydalanildigan jihozlar: darslik, qo’shimcha adabiyotlar, mavzuga oid rasmlar, kampyuter, slaydlar.
Mashg’ulotning borishi:
O`simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiy shakl deyiladi.
Gulli o`simliklar hayotiy shakllariga ko`ra daraxt, buta, yarimbuta, bir yillik, ikki yillik va ko`p yillik o`tlarga bo`linadi.
Daraxtlar — tanasi yog`ochlashgan, asosan, bitta yo`g`on tanali, baquvvat ildizli va keng shox-shabbali, baland bo`yli ko`p yillik o`simliklardir. Bular guli, mevasi, to`pguli, poyasining eni, bo`yi, shox-shabbasi va barglar* bilan birbiridan farq qiladi. Masalan, olma, o`rik, yong`oq va shaftolining shox-shabbasi yoyiq, qarag`ay va terakniki g`uj va tik, sada qayrag`ochniki sharsimon bo`ladi (8-rasm).
Daraxtlar oz yoki ko`p yil yashashiga ko`ra turli xil bo`ladi. Masalan, Afrikada o`sadigan baobab daraxti 4000-5000 yil, archa, sarv 3000 yil, soxta kashtan 2000 yil, chinor 800 yil, o`rik va yong`oq 70—100 yil yashashi mumkin.
Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab birbiridan keskin farq qiladi. Masalan, bir turga mansub bo`lgan va tog`larning shimoliy yonbag`irlarida o`sadigan daraxtlar janubiy yonbag`irlarida o`sadigan daraxtlardan shox-shabbasining ko`pligi, kengligi va balandligi bilan farq qiladi. Tog`larning o`rta qismidagi archa bo`ydor bo`lib o`ssa, eng balandlardagisi esa yerdan 0,5—1 m ko`tariladi, xolos. Bu hoi o`simliklarni doimiy esib turadigan shamoldan va qishning qattiq sovuqlaridan saqlaydi.
Daraxtlar orasida saksovulga o`xshagan nihoyatda mayda bargli yoki bargsiz, ildizlari baquvvat, jazirama cho`llarda, qumlarda o`sadigan ajoyib turlar ham bor.
Butalar — poyasi yog`ochlashgan, bo`yi 2—3 m dan oshmaydigan bitta yoki bir nechta poya hosil qiladigan sershox ko`p yillik o`simlik. Bularga, ayniqsa, tog`lar yonbag`rida keng tarqalgan irg`ay, singirtak, na'matak, zirk, bodomcha, uchqat, madaniy o`simliklardan anor, limon, qoraqat, ligustrum, nastarin kabi o`simliklarni misol qilib keltirish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |