Masafalari raajmuidan bahs etadi


botot kabi nomlar oxiridagi -ot qo’shimcha arabcha ko’plik affiksi. Lug’atda Qozog’istondagi Kentov



Download 4,7 Mb.
bet129/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145
Bog'liq
Топонимика

botot kabi nomlar oxiridagi -ot qo’shimcha arabcha ko’plik affiksi.
Lug’atda Qozog’istondagi Kentov shahrining «keng tog’» deyilishi to’g’ri emas (187-bet). Ken so’zi eroncha kon so’zining qozoqcha talaffuzi. o’zbekistondagi Nurota tog’larini mo’g’ulcha nuru («tog’ tizmasi») so’zidan kelib chiqqan deyish ham noto’g’ri. Narshaxiy Nur qishlog’i bundan qariyb 1000 yil muqaddam, Buxoro shahri vujudga kelmasdan oldin ham bor edi, deya yozgan. Demak, Nurota mo’g’ullar kelmasdan oldin ham Nur (boshqa Nurlardan, masalan, Miyonkol orolidagi Nuri Miyonkoldan farqli o’laroq) Nuri Buxoro nomi bilan ma'lum bo’lgan.
V.A. Nikonov Tataristondagi Shemordan (daryo, posyolka) sho-mort (to’g’risi shomo’rt), ya'ni «cheremuxa» butasi nomidan kelib chiqqan deydi va I.A. Iznoskovning Shemordan «asli Shohimardon bo'lgan» degan fikrini asossiz deb hisoblaydi. Bizning fikrimizcha, I.A. Iznoskov haqli. Birinchidan, islom dini tarqalgan hududlarda Shohimardon degan joylar ko’p. Ikkinchidan, agar bu joy cheremuxa nomidan olinganda Shomirtli bo’Iar edi.
o’rta Osiyoni, jumladan, o’zbekistonni tarixiy geografik jihatdan o’rganishda sharqshunoslarning xizmati katta. Yevropalik sharqshuno-slardan Jyul Tonnele, A. Vamberining o’rta Osiyodagi joy nomlari to’g’risida aytgan fikrlarini X. Hasanov o’z asarida qayd qilib o’tgan. o’rta Osiyo Rossiyaga qo’shib olingungacha kelgan rus sharqshunos-laridan N.V. Xanikov, N.F. Sitnyakovskiy, L.N. Sobolevlarning asar-larida o’zbekiston toponimikasiga doir materiallami ko’plab topish mumkm. N.V. Xanikovning «Buxoro xonligining tasviri» (OnHcaHHe ByxapcKoro xaHCTBa, CTTB 1848) kitobida bir qancha joy nomlari bilan birga o’zbek urug’lari haqida ham ma'lumotlar beradi,
L.N. Sobolevning ^feorpa^HwecKne n craTHCTMMecKHe csejieHHn o 3epaBinaHCKOM OKpyre c npnjKmeHHaeM cnwcKa HacejieHHbix MecT OKpyra. (CaHKT-lleTepSypr, 1874) geografik xarakterga ega boiib, unda Zarafshon vodiysidagi joy nomlari ro’yxati ilova qilingan. Joy nomlari arab yozuvida va rtischa transkripsiyada berilgan, har bir qishloqda qaysi o’zbek urug’i yashashi aytib o’tilgan.
Harbiy polkovnik N.F. Sitnyakovskiy asarida (N.F. Sitnyakovskiy, 3aMexKH ByxapcKOH nacrn ^o^hhh 3epaBinaHa. HTOPTO, t.[,
Bbin.2, 1900) Zarafshon vodiysida, muallif yerlarni sug’orish, ekin ekish to’g’risida mufassal to’xtalib o’tadi. Narshaxiyning «Buxoro tarixi»da aytib o’tilgan bir qancha ariqlar hozir ham mavjud ekanini aniqlaydi. Kitobga Zarafshon vodiysidagi ariqlar, qishloq hamda sha-harlarning ro’yxati ilova qilingan. N.F. Sitnyakovskiyning bu «ro'yxati» toponimika uchun «xomashyo» sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki eski ro’yxatlardagi ma'lumotlar qimmatli tadqiqotlar uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
o’zbekiston toponimikasini o’rganishda tadqiqotchi V. Vyatkin aiohida o’rin tutadi. Uning tarixiy-geografik asarlari orasida Toshkent tumani hamda Samarqand viloyatining tarixiy geografiyasiga oid tad-qiqotlari alohida diqqatga sazovor. (V.Vyatkin, K HCTopnHecKOH reorpa^MH TaiiiKeHTCKoro paftoHa. OTKJIA roa, V, 1900, 156-159 6eTJiap. B-Bhtkhh. MaTepHa/ibi k HCTOpnqecicoft reorpa4bHH CaMapKaH^cKoro BHiiaeTa. CKCO, Bbin. yn, 1902).
Muallif Samarqand viloyatining tarixiy geografiyasini temuriylar hukmronligi davridan XIX asrgacha vaqf hujjatlari asosida bayon etadi. V. Vyatkin tarixiy hujjatlarda tilga olingan qishloqlarning qayerda ekanini, eski geografik nomlarning hozirgi qaysi shaklda talaffuz etilishini, yo’q bo’lib ketgan qishloqlarning o’rnini aniqlaydi. Muallif XVIII asrning oxiriga qadar forscha geografik nomlar ko’pchilikni tashkil qilar edi va butun viloyatda hozir uchraydigan tarxiy geografik nom-larning aksari qismi asosan so’nggi asrda vujudga kelgan deb xulosa chiqaradi. WVyatkinning bu asari geografik nomlarning ruscha transkripsiyasida ham mnhim rol o’ynaydi. U XIX asr oxridayoq, Zeravshanni — Zarafshan, Agalik — Axaklik (Ohaklik), Sanzar emas -Sankzar (Sangzor), Angrenni - Axangaran (Ohangaron) shaklida to’g’ri yozgan edi. Shuningdek, diz, mitan kabi atamalarning ma'nosini («istehkom», «qal'a») aytib o’tgan va bu atamalardan tuzilgan joy nomlarini keltirgan.
Umuman V. Vyatkinning mazkur asari toponimik tadqiqotlarda, ayniqsa joy nomlari etimologiyasi va transripsiyasida katta yordam berishi mumkin.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlaridagi rus sharqshunosiari-dan akademik V.V. Bartoldning asarlari toponimikada alohida o’rin tutadi. V.V. Bartold asarlarini o’rganmasdan turib o’rta Osiyo toponi-mikasi bilan shug’ullanib bo’lmaydi.
V.V. Bartoldning 1900-yilda bosilib chiqqan «Turkiston mo’g’ui! hujumi davrida» nomli asari, ayniqsa uning Movarounnahrning ge< grafik ocherkiga bag’ishlagan bobi, toponimik ma'lumotlarga b Umuman, ushbu olimning tarixiy geografiyaiga taalluqli bo’lmagan ‘ geografik nomlarni o’z ichiga olmagan bironta ham asarini topis qiyin. Asarlarining toponimika uchun qimmati shundaki, u rus \ g’arbiy Yevropa tillaridagi adabiyotlarni o’qish bilan kifoyalanmayd balki arab, fors hamda turkiy tillardagi asarlarni asliyatida mutolai' qiladi, ularni tanqidiy o’rganadi va bir-birlari bilan taqqoslaydi. V arab va fors manbalarida tilga olingan yuzlab joy nomlarining tran skripsiyasini, etimologiyasini vao’rnini aniqladi.
V.V. Bartold joy nomlarini ayrim holda emas, balki mamlakat tarixi bilan bog’liq ravishda o’rganadi, shuning uchun ham birgina shahar, qishloq yoki ariq nomi etimologiyasi bir necha joyda takror-lanadi. Masalan, Qarshi shahri nomining ma'nosini V.V.Bartold o’z asarlarida o’ndan ortiq joyda aytib o’tgan. Shu narsa xarakterliki, V.V. Bartold dastlabki vaqtlarda «Qarshi mo’g’ulcha so’z bo’lib, saroy demakdir» deb yozadi, keyinroq lug’at ta'sirida «Bu so’zni mo’g’uIlar uyg’urlardan qabul qilgan» desa, «Islom ensiklopediyasi»da «Qarshi uyg’urcha so'z, u keyinchalik mo’g’ul tiliga o'tgan», deb yozadi. Shuningdek, Buxoro, Movarounnahr, Murg’ob, Shopurkom kabi toponimlar etimologiyasi ham bir necha marta takrorlangan.
V.V. Bartold etimologiyalarining hammasini ham bekami-ko’st to’g’ri deb bo’Imaydi, albatla. Masalan, Parkent qishlog’t nomini Barskent, ya'ni «bars (qoplon) shahri’ deb izohlaydi. Bunday deyish to’g’ri bo’Imasa kerak. Chunki, birinchidan, Parkent bitta emas - Xovos yaqinida ham Parkent degan qishloq bor. Ikkinchidan, arabnavis olim-lar p o’rniga ko’pincha b yozishgan. Masalan, Panjakent o’rniga Bun-jikat, Piskent o’rniga Biskent, Piskom o’rniga Biskom va Farob o’rniga Barab va h.k. V.V. Bartold Mang’ishloq yarim oroli nomint «ming qishloq» deb izohlagan. Qozoq olimi Musaboyev Mang’ishloq - ‘qo'y qishlog’i’ demakdir, deb yozadi, chunonchi, «Devonu lug’otit turk»da man (mang) «qo'y’ degan ma'noda keladi. V.V. Bartoid asarlarida qayta-riqlar, ba'zi bir chalkashliklar ham uchraydi. Masaian, Zul-Kifl raboti (hozirgi Kelif) bir joyda Amudajyoning o’ng qirg’og’ida deyilsa, ik-kinchi birjoyda (II tom, 160-bet) chap qirg(og’ida deyilgan. Geografik
nomlar transkripsiyasida ham har xilliklar bor. Bunday xilma-xilliklar ko’p emas. Ular asarlar turli davrlarda va xilma-xil manbalar asosida yozilishi, so’ngra arab yozuvining turkiy hamda tojikcha nomlami aynan ifoda eta olmasligi oqibatida kelib chiqqan.
V.V. Bartold joy nomlari etimologiyasi haqidagi xalq rivoyatlarini chala mullalarning turli bo’lmag’ur uydirmalaridan farq qilish kerak, deb ogohlantiradi. U joy nomlarining bora-bora butuniay o’zgarib, boshqa ma'no olishini ko’rsatib berdi. Chunonchi, «Qizilsuv»ni ruslar o’z tiliga moslashtirib «Kozelsi» shaklida talaffuz qilgan, Ko’handiz, ya'ni «ko'hna qai'a» o’zgarib qunduz shaklini olgan. V.V. Bartold asariga qarab Qashqadaryo nomi, «evolyutsiyasi»ni quyidagicha tasav-vur qilish mumkin: Keshrud—Keshirud, Xashqarud-Xashqadaryo-Qashqadaryo.
V.V. Bartold eski qo’Iyozmalardagi xatoliklarni ham aniqlagan. Masalan, «Boburnoma»dagi Tiroz shahri nomi N. Hminskiy nashrida bir nuqta tushib qolishi natijasida Tiror bo’lib ketganini qayd qilgan edi. Taroz qanday qilib Taror, keyinchalik esa Atrar (o’tror) bo’Iib ketganini H. Hasanov ham bir necha qo’lyozmalar asosida sinch-kovlik bilan aniqladi.
V.V. Bartold asarlarida uchraydigan atamalar ham toponimik tad-qiqotlarda eHibordan chetda qolmasligi kerak. Olim arna, anqor, ari birun, vaqf, vixara (bxar), diz, yob, yom, juybar, kat, kent, kom, langar, ko chorsu, shahriston, yayloq, qarya, g’akha, qisor, o’rchin, qaVa, qo’rg’on kabi yuzlab geografik atamalarni aytib o’tgan va ko’pincha ularning ma'nosini ham bergan. ,Bu atamalar ko’plab joy nomlari tarkibida uchraydi va ularning leksik-semantik xususiyatlarini tushunib olishda katta yordam beradi. Birgina misol kehiramiz. V.V. Bartold o’z asarida eron tillarida bog’ so’zining «xudo» degan ma'nosi ham bor deb yozadi. «Eronning tarixiy-geografik obzori» asarida Bog’iston degan joyni «xudo maskani» deb izohlaydi. Bag’dod ham «xudo bergan» demakdir. Ana shu munosobat bilan Toshkent viloyatidagi Bog’iston qishlog’ining etimologiyasi haqida ham o’yiab ko’rishga to’g’ri keladi.
V.V. Bartold joy nomlarini mamlakat tarixi va geografik muhiti bilan bog’liq ravishda o’rgandi, ayni vaqtda toponimlarning lingvistik tomoniga ham katta ahamiyat beradi. V.V. Bartold asarlari toponi-mistlar tomonidan tanqidiy ravishda chuqur o’rganilishi kerak. Har qanday tarixchi ozmi-ko’pmi toponimika biian shug’ullanadi, beixti-

yor joy nomlari tarixi, kelib chiqishi bilan qiziqadi. Shuning uchun ham har bir tarixiy asardan bir necha geografik nom to’g’risida ma'lumot topish mumkin. Tarixchilardan M.Ye.Masson, S.P. Tol-stov, O.A. Suxaryeva, O.D. Chexovich, Y.g’. g’ulomov, A.R. Muham-madjonov asarlarida o’zbekiston toponimikasiga doir talay material-lartopish mumkin. Masalan, akademik Y.g’. g’ulomovning «Xorazm-ning sug’orilish tarixi»da geografik nomlar ham juda ko’p. Umuman olganda jamiyat tarixi, xususan, irrigatsiya tarixi ma'lum ma'noda toponimlar tarixidan iboratdir.


Muallif bir qancha joy nomlarining kelib chiqishini, etimologi-yasini aylib o’tadi. Chunonchi, Qizilqum cho’lidagi Sulton Uvays tizmasi o’rta Osiyoda tasawuf ta'limotiga asos soluvchilardan biri -arab Uvays Qorniy (VII asr) nomi bilan atalgan, «sulton» unvoni unga keyinchalik o’rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Kaltepa degan do’ng o’simliksiz, yalan^ bo’tgani uchun shunday nom olgan. V.V. Bartold kabi Y.g’. g’ulomov ham g’azobod (xalq talaffuzida g’azovot) kanali nomi muqaddas urush ma'nosidagi g’azovot so’zidan emas, balki g’ozi (g’olib) laqabli xonlardan Abulg’ozixon ismidan kelib chiqqanini aniqladi. Xonqa asli «xonaqoh» degan so’zdir. «Mo’g’uI istilosi davrida Xonqa shahri vayron qilinib, faqat xonaqo saqlanib qolgan edi. Bu xonaqo atrofida keyinchalik hayot tiklangan. o’sha vaqtdan boshlab shahar «Xon(a)qo» (Xonqo) deb atalgan».
Toponimistlar ko’pgina joy nomlari aslida oddiy geografik atama-lardan iborat ekanini aniqladi. Y.g’. g’ulomov ham atamaologiyaga juda katta ahamiyat beradi. Bu esa ko’plab toponimlarning ma'nosini ochib beradi. Xorazmda arna (Mang’itaraa, Paxtaarna, Shovotarna, Otaliqarna, Polvonarna), yob (yop) (Bog’yop, Buzyop, Kaltaminor-yop, Polvonyop, Tozayop, Xonyop, Saribiyop, Tozabog’yop, Yangi-yop, Chirmonyop), qir (g’ir) (Manqir, Toyqir Tuzqir, Yassiqir, QaFaqir, Ko’zaqir), qaVa (BeshtomqaFa, Bozorqal'a BurgutqaKa, Qabulqafa, - QavatqaTa, Tuproqqal'a, Kofirqara) kabi atamalardan tuzilgan geografik nomlar juda ko’p. Y.g’. g’ulomov bu atamalarni tushuntirib o’tadi. Masalan, arna so’zi Xorazmda hozir «magistral kanal» ma'nosida keladi. Y.g’. G(ulomov esa arna atamasining asl ma'nosi «daryo tarmog’i», «shoxobcha» ekanini aytadi. Olim adoh, kat (kenO, sanglox ^toshloq), quyg’un (tashlama suv), qoq (ko’lmak),
:i'y (chuqurlik, botiq), qayir, qo’rg’oncha, tal (tepalik), singir (vaqtin-halik istehkom), degish (qirg’oqning yuvilishi, o’pirilishi), basi ^o’g’on), xaros (aynan — eshak tegirmoni), chordara (shiypon), ;ochi kabi geografik atamalarni, badoq, solma, doldarg’a, bedrov, to’qurtma, ikpma, sepma, nova, chig’lriq kabi irrigatsion atamalarni izohlab o’tgan.
Eski tarixiy hujjatlar, vasiqalar,. vaqfnomalar toponimika uchun katta ahamiyatga ega, Shu ma'noda tarix fanlari doktori O.D. Chexov-ich tomonidan tayyorlangan, XIII va XIV asrlarga doir «Buxoro 'uijjatlari’ (ByxapcKHH BaKb., M, 1979; EyxapCKHe mKyMeHTbi XIV b., 1965), XV-XVI asrlarga oid «Samarqand huj-;jilari» (CaMapKanacKHe zioKyMeHTbi XV XVI bb. o. BjiajXQnvmx Xqzpkh \xpapa b CpeaHeii A3hh m AtJ)raHHCTaHe. M., 1974) tengsiz topon-inik asarlardir. Masalan, birgina «Samarqand hujjatlari»da mingdan irtiq toponim-geografik va tarixiy topografik nomlar tilga olingan. Shundan ikki yuzdan ortiq toponimning o’mi, hozir nima deb ata-lishi, ba'zan kelib chiqishi aniqlangan.
Bundan tashqari, O.D. Chexovich yer-suv muomalasi, vasiqa, vaqf hujjatlariga doir ko’plab atamalami izohlab bergan (qfdoq, darg’ot, siqoya, tail, chorbog’).
Sharqshunos A.L. Troitskaya Qo’qon xonlarining (XIX asr) ar-xividagi 3800 hujjatTii tarjima va tahlil qilar ekan, ularda tilga olingan geografik nomlar ko’rsatkichini tuzdi. Geografik nomlarning ruscha transkripsiyasi yonida arabcha yoziivi ham keltirilganligi diqqatga sazovordir.
Hujjatlar bundan bir yarim asr oldin (XIX asrning 40—70-yillarida) yozilgani bilan ham qimmatli. Bu esa shu davr ichida ge-ografik nomlarning yozilishda va talaffuzida ro’y bergan o’zgarishlarni jjayqab olishga imkon beradi. Toponimlaming hozirgi shakli bilan hujjallarda qayd qilingan shakii ba'zan anchagina farq qiladi. Masalan:



Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish