tlozirgi yozilishi
|
Qo qon xonligi arxiv
|
|
qayd qilingan shakli
|
Marg’ilon
|
Marg’inon
|
Qo’qon
|
Xuqand
|
Yozyovon
|
Yoziyobon
|
Quva
|
Qubo
|
Qashqarqishloq
|
Koshg’arqishloq
|
Oqbuta
|
Oqburyo
|
Gurgtepa (tojikcha gurg - bo’ri)
Ulug’nahr
Yotuqtut
Yayfan
Bu o’rinda kotiblarning geografik nomlanii yozishda ularning mahalliy talafflizidan ko’ra tarixiy an'analarga va arab yozuvi qoidala-riga yon bosganini alohida qayd qilish kerak.
Toponimlarning hozirgi talaffuz shakli ularning asliyatini aynan to’g’ri aks ettiradi deb bo’lmaydi. Aksincha, toponim qancha qadimiy bo’lsa, uning talaffuz shakli shunchalik ko’p o’zgargan bo’lishi mumkin. Lekin nom shu shakl-shamoyilda ma'lum va mashhur hamda shunday standartlashtirishi mumkin.
Kitob oxirida bir necha yuz atamaning tarjimasi va izohi berilgan. Bunda atamalarning {darg’a, qariya, g’anchi) xonlikda qanday ma'noda ishlatilishi aniqlangan.
Bulaming hammasi mazkur yodgorlikning o’zbekiston topo-nimikasi uchun katta ahamiyatga ega manba ekanligini ko’rsatadi.
Quyida o’rta Osiyo, xususan, o’zbekiston toponimiyasi uchun qimmatli bo’lgan ayrim tarixiy, lingvistik yodgorliklarning toponimik merosi haqida so’z yurtiladi,
«HUDUD UL-OLAM’
«Hudud ul-olam» («Dunyoning hadlari») tarixiy-geografik asar boMib, 982-983-yillarda fors-tojik tilida noma'lum muallif tomonidan yozilgan. Asarda Yer kurrasining inson yashab turgan (to’rtdan bir) qismidagi mamlakatlar iqlimi, tabiati, xalqlari, urf-odatlari, mashg’ulotlari to’g’risida ma'lumotlar berilgan.
Qoiyozmani 1892-yilda tarjimon Abulfazl Gulpayoganiy Buxorodan topib, 1893-yilsharqshunosA.G. Tumanskiyga beigan. 1930-yili V.V.Bartold «Hudud ul-olam» matnini so’zboshi va izohlar bilan rus tilida, 1937-yili rus sharqshunosi V.F. Minorskiy ingliz tilida nashr ettirgan.
Professor H .Hasanov o’zining «O'rta Osiyolik geograf va say-yohlar» kitobida (Toshkent, 1964) «Hudud ul-olam«- haqida katta maqola yozgan va talay qismining o’zbekcha tarjimasini keltirgan.
«Hudud ul~olam»ning mazmun-mundarijasi haqida va raqamlab iqqan bo’limlari nomiga qarab tasavvur hosil qilish murnkin: 1. Muqaddima.
2. Yerning hadlari, obodonligi va vayronalari. 3. Dengizlar va qo’ltiqlar. 4. Orollar (jaziraho) 5. Tog’lar va ularning bag’ridagi ma'danlar.
6. Daryolar.
7. Cho’Uar va qumliklar (biyobonho va regho).
8. Jahon viloyatlari (nohiyathoi jahon).
9. Chiniston viloyatining xosiyati.
10. Hindiston viloyati.
11. Tibet viloyati va uning shaharlari.
12. To’g’uzg’uz viloyati va uning shaharlari.
13. Yag’mo viloyati va uning shaharlari.
14. Xirg’iz (qirg’iz) viloyati.
15. Xallux (qarluq) viloyati va uning shaharlari.
16. Jikil viloyati.
17. Tuxsi viloyati va uning shahariari.
18. Kimok viloyati va iming shaharlari.
19. g’uz viloyati.
20. Bajonaki Turk viloyati.
21. Xifchoq (qipchoq) viloyati.
22. Majg’ari viloyati.
23. Xuroson viloyati va uning shaharlari.
24. Xuroson chekkalari va uning shaharlari.
25. Movarounnahr viloyati va uning shaharlari.
26. Movarounnahr chekkalari va uning shaharlari.
27. Sind viloyati va uning shaharlari.
28. Kirmon viloyati va uning shaharlari.
29. Bors (Fors) viloyati va uning shaharlari.
30. Jibol viloyati va uning shaharlari.
31. Xuziston viloyati va uning shaharlari.
32. Daylamon viloyati va uning shaharlari.
33. Iroq viloyati va uning shaharlari.
34. Jazira viloyati va uning shaharlari.
35. Ozarbodgon viloyati va Arminiya hamda Arron viloyati.
36. Arab viloyati va uning shaharlari.
37. Shom viloyati va uning shaharlari.
38. Misr viloyati va uning shaharlari.
39. Mag’rib viloyati va uning shahariari.
40. Andalus viloyati va uning shaharlari:
41. Rum viloyati va uning shaharlari.
42. Saqalob viloyati.
43. Rus viloyati va uning shaharlari.
44. Ichki Bulg’or viloyati.
45. Mirvat viloyati.
46. Bajanoki Xazar viloyati.
47. Olon viloyati va uning shaharlari.
48. Sarir viloyati va uning shaharlari.
49. Xazarlar viloyati,
50, Barados viloyati.
51. Burtos viloyati.
52. Vanandar viloyati.
53. Janubdagi obodon yerlar va viloyatlar.
54. Zangiston viloyati va uning shaharlari.
55. Zobaj viloyati va uning shaharlari.
56. Habasha viloyati va uning shaharlari.
57. Buja viloyati.
58. Nuba viloyati.
59. Sudon viloyati va uning shaharlari.
60. Kitob oxiri.
Mundarijadan ko’rinadiki, «Hudud ul-olam» jahonning barcha mamlakatlarini tasvirlab bergan geografik, etnografik va iqtisodiy maMumotnomadir. Asarning fors tilida yozilganligi o’sha davrda (X asr) rnahalliy fors-tojik madaniyatining ancha yuksak bo’lganidan darak beradi. -
«Hudud ul-olam» geografiyasidagi ayrim geografik nomlar haqida so’z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |