o’guz - daryo. Olimlar Amudaryoning qadimiy nomi (o’ks, o’ksus, o’xsus) shu so’zdan kelib chiqqan deb biladilar. Buni Mahmud Koshg’ariy ham isbotlaydi: «o’kuz - Jayxun, Firot kabi daryolarga berilgan nom. Turk mamlakatlaridagi bir qancha boshqa daryolar ham shu nom bilan yuritiladi («Devonu lug’otit turk», I tom, Toshkent, 1960, 91-bet). Demak, o’kuz «katta daryo» demak.
o’zak, o’zek - 1) soy, daryo tarmog’i, jarlikdagi jilg’a, jar; 2) Amudaryo bilan Sirdaryo deltalaridagi tarvaqaylab ketgan ariq-tarmoqlar. Oltoydan Qozog’iston orqali Boshqirdiston va Tatariston-gacha, o’rta Osiyodan Shimoliy Kavkazgacha bo’lgan keng hududda toponimlar hosil qilgan.
Qoraqalpog’istonda Qorao’zek, Ko’ko’zek, Oltoyda va Qozog’istorming Toldiqo’rg’on viloyatida Sario’zek, Boshqirdistonda Tosho’zek degan toponimlar bor. Mirzacho’Ida suv jildirab oqib yotgan jilg’a
o’zak (o’zek) deyiladi. Qadimiy turkiy tilda
o’z — «dara», «vodiy»,
o’zak - «tog’lardagi tor o'tkil», «tor tog' yo’li».
Shu bilan birga o’kuz +ak «kicbik daryo» ma'nosida bo’lishi ham mumkin.
o’zan - daryo, soy, vodiy. o’zen, o’zun, o’zin, o’zen kabi fonetik variantlarda yana «soylik», «dara», «jar»
? «sel», «tog’ vodiysi’, «daryo tarmog’i» ma'nolarida turkiy xalqlar yashaydigan deyarli bar-cha hududlarda isblatilgan va toponimlar hosil qilgan. Eronda ham
o’zjan daryo ma'nosida uchraydi. Janubiy Uraldagi nis shevalarida
uzen «daryo tarmog’i», «soy»ni anglatadi.
Etimologiyasi haqida ma'lumot olish uchun
o’zak so’ziga qarang.
o’y ~
chuqurlik, pastlik, botiqlik, o’yilgan yer. Turkiy xalqlar
yashaydigan barcha hududlarda o’y, o ‘ydung, o ‘ypat, o ytuq, o yjuq, o ytaq kabi shakllarda ko’plab toponimlar hosil qilgan. o’zbekistonda ham Qorao’y (Konimex, Tomdi, Kegayli tumanlari), Qizilo’y (Uchquduq, Navbahor tumanlari), Kattao’y, Kichiko’y kabi toponimlar, va mikro-toponimlar uchraydi.
Zomin tumanidagi Tamtum qishlog’ida Ishtono’y degan joy bor. o’rtadagi suyri tepalikka chiqib qarasangiz jarlik orasidagi shu may-don shaklan xuddi shimga o’xshaydi.
o’y so’zi
o’ymoq «kavlab yoki zarb bilan urib chuqur hosil qilmoq» fe'lidan kelib chiqqan, «o'ydim-chuqur, o'nqir-cho'nqir» bilan ma'nodosh.
o’ymovut, uymovut - ko’chmancht o’zbeklar, kenagas, qozoq-larning dulat, qoraqalpoqlarning keneges qabilalari tarkibidagi urug’. g’allaorol, Chinoz, Shahrisabz, Chiroqchi, Qibray, Dang’ara, Payariq tumanlarida o’ymovut qishloqlari qayd qilingan.
O
4r - (1) chuqurlik, xandak, uzun o’ra. o’rda atrofiga xon saroyi tevaragiga xandak olmoq (kavlamoq). o’r so’zining «jarlik», «botiqlik» ma'nosi ham bor. Turkiy xalqlar yashaydigan hududlarda bir qancha toponimlar hosil qilgan.
o’r - (2) (til oldi «oV tovushi bilan) yuksaklik, balandlik. Masalan,
tutun o’rladi ~ yuqoriga ko’tarildi,
yilqi o’rladi ~ yilqi tepaga ketdi kabi. o’jar odamni
o(r odam deyishadi.
«Tepalik», «balandlik», «yuksaklik» ma'nosida mikrotoponimlar hosil qilgan.
o’rda - davlat boshlig’i qarorgohi, poytaxti.
o’rda so’zining dast-labki ma'nosi «xon o'tovi», «podshoh saroyi». Qirg’izchada
o’rdo’ -«boy o'tovi», «saroy», qozoqchada
o’rda — «o'tov», «qo'nar joy», o’zbekchada «ark’.
Joy nomlari shaklida uchraydi: Quva, Toshloq tumanlarida o’rda degan qishloqlar bor. Toshkentda shahar qal'asi o’rta asrlarda o’rda deb atalgan. Qo’qon xoni Toshkentni bosib olgandan keyin XIX asrning 30-yillarida Anhor kanalining chap sohiliga yangi O
(rda barpo etgan. o’rdada mustahkamlangan qasr, aslahaxonalar, lashkargohlar, ma'muriy binolar bo’Igan.
o’roqli, o’roq - o’zbeklarning
yuz qabilasi, qozoqlarning jaloyir qabilasi (o’raqti), no’g’aylar, Volgabo’yi tatarlari tarkibida qayd qi-lingan urug’. Tamg’asi o’roq shaklida bo’lgan. Bulung’ur, Jomboy tumanlarida o’roqli oykonimlari qayd qilingan. «So’loqlining to’yida o’roqlining ne ishi bor» degan matal bor
(q. So’loqlf).
o’tar, otar — qo’y podasi, suruv. Asli
o’tar — «yaylov» (o’t -«yashil o’simlik») degani. Uning «ovul», «og’ilxona» ma'nolari ham bo’lgan. Tomdi tumanida o’tar, Qonliko'1 tumanida O^tarovul aholi punktlari qayd qilingan. Qozog’istonda, Sibirda va Kavkazda joy nom-lari shaklida uchraydi.
o’tarchi — ko’chmanchi o’zbeklar, jumladan, laqay qabilasi tarkibiga kirgan urug’. Urug’ vakillari Farg’ona vodiysida, Buxoro va Samarqand viloyatlarida tarqoq holda yashagan. Oqdaryo, Ishtixon,