Ijtimoiy xamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruxlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Millatlararo totuvlik – muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi
Diniy bag‘rikenglik – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi
Ichki taxdidlar – o‘z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga qaratilgan g‘oya, xattiharakatlardir.
Tashqi taxdidlar – tashqi tahdidlar asosan g‘oyaviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘ladi.
Ekstremizm – O‘z maqsadi yo‘lida har qanday keskin tadbir-choralar ko‘rishga tarafdorlik.
Hizbut-taxrir – reaksion ruxdagi diniy-siyosiy tashkilot bo‘lib, arab tilidan “Ozodlik partiyasi” degan ma’noni bildiradi
Mulk – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarish va kishilar o‘rtasidagi munosabatlarda ifodalanadi. Mulkning ijtimoiy va xususiy shakllari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |