Qadriyat – umumbashariy, umuminsoniy, milliy, mintaqaviy, shaxsiy, diniy turlarga bo‘linadi.
Aksiologiya – (yun. «axio» - qadriyat va «logos» - fan, ta’limot) – qadriyatshunoslik; qadriyatlar haqidagi fan.
Milliylik – muayyan xalqqa xos bo‘lgan, uni boshqalardan farqini ko‘rsatuvchi xususiyatlar majmui.
Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, an’analari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ma’naviyat – (arab. – ma’nolar majmui) – kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |