Milliy istiqlol g‘oyasining bosh g‘oyasi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Shovinizm – millatchilikning o‘ziga xos shakli, boshqa millatlarni mensimaslik va o‘z millatining ularga nisbatan ustunligini asoslashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi va amaliyoti
Millatchilik – o‘z millatining manfaatlarini boshqa millatlar haq-huquqlaridan yuqori qo‘yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim
Davlat – butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus boshqaruv apparatiga tayanadigan, barcha uchun qonunlar chiqaradigan va suverenitetga ega bo‘lgan siyosiy tashkiloti
Modernizm – dindagi zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanishni yoqlab chiquvchi oqim
Do'stlaringiz bilan baham: |