Mustaqil ta’lim mavzulari
Korrupsiyaga karshi kurashishning goyaviy va xukukiy asoslari.
Mafkuraviy kurashlarning kurinishlari.
Glossariy G‘OYA -arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat, qasd deganma’nolarni anglatib, inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrdir.
MAFKURA - fikrlar majmui, g‘oyalar tizimi, e’tiqod
G‘OYANING TURLI KO‘RINISHLARI mazmuni va namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra – ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga bo‘linadi.
MILLIY G‘OYA - millatning o‘tmishi, buguni, istiqboli, manfaat va maqsadini ifodalovchi ijtimoiy g‘oya.
BUNYODKOR G‘OYALAR - 1) Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan tushuncha; 2) Jamiyat va odamlarni, turli guruh va qatlamlar, millat va davlatlarni taraqqiyot sari yyetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda harakat qilishga undovchi g‘oya.
Do'stlaringiz bilan baham: |