Ko’rgazmali harakat;
Ko’rgazmali-obrazli;
Mavhum (nazariy) tafakkur.
Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o’z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar; keyinchalik undan nazariy faoliyat ajralib chiqqan. Amaliy va nazariy faoliyat o’zaro chambarchas bog’langandir. «G’oyalar, tasavvurlar va ong ishlab chiqarishi dastavval bevosita moddiy faoliyatga qo’shilib ketgan bo’ladi…» Bu shuni anglatadi, sof nazariy faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o’zi birlamchidir. Amaliy faoliyatning taraqqiyoti davomida undan nisbatan mustaqil nazariy fikr yuritish faoliyati ajralib chiqadi.
Faqat butun insoniyatning tarixiy taraqqiyotida emas, balki har bir bolaning psixik taraqqiyoti jarayonida ham asos sof nazariy faoliyat emas, balki amaliy faoliyat asos qilib olinadi. So’nggi faoliyat ichida avval bola tafakkuri rivojlanadi. Bog’chagacha yosh davrida (3 yoshgacha) asosan ko’rgazmali harakat tafakkuri bo’ladi. Bola bilayotgan ob’yektlarini o’z qo’llari bilan amaliy ravishda va go’yo tabiiy ravishda ajratadi, bo’laklarga bo’ladi hamda, ayni chog’da idrok qilinayotgan narsalarni birlashtiradi, solishtirib ko’radi, narsalarni bir-biri bilan bog’lab, analiz va sintez qiladi. Qiziquvchan bolalar ko’pincha «ichida nima borligini» bilash maqsadida o’z o’yinchoqlarini buzib sindirib ko’radilar.
Ko’rgazmali-obrazli tafakkur formada ko’pincha bog’cha yoshidagi bolalarda paydo bo’ladi (4-7 yosh). Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi garchi saqlanib qolsa ham, lekin bu aloqa avvalgidek mustahkam, to’g’ri va bevosita bo’lmaydi. Bola bilayotgan ob’yektni analiz va sintez qilishi davomida qiziqtirayotgan narsani qo’llari bilan albatta va hamma vaqt ham ushlab ko’rishi shart emas. Juda ko’p hollarda sistemali ravishda ob’yektni amaliy timirsklab ko’rish talab qilinmaydi. Lekin barcha hollarda mazkur ob’yektni aniq idrok qilish va yaqqol tasavvur etish shartdir. Boshqacha qilib aytganda, bog’cha yoshidagi bolalar faqat ko’rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va hali tushunchalarga ega bo’lmaydilar.
Bolalar amaliy va ko’rgazmali-hissiy tajribalari asosida ularning maktab yoshidagi davrlarida shakladgi mavhum tafakkur, ya’ni mavhum tushunchalar shaklidagi tafakkur rivojlanadi. Tafakkur bu yerda faqat amaliy harakatlar tarzida va ko’rgazmali obraz shaklida emas, balki avval mavhum tushunchalar va muhokamalar shaklida namoyon bo’ladi.
Maktab o’quvchilarining turli fanlar-matematika, fizika, tarix asoslarini o’zlashtirishlari davomida tushunchalarni egallashlari ularning aqliy taraqqiyotlari uchun katta ahamiyatga egadir. Matematika, geografiya, fizika, biologiya va boshqa ko’plab tushunchalarnimaktab ta’limi davomida tarkib toptirish va o’zlashtirish juda ko’p tadqiqotlarning predmetini tashkil etadi. Bu ishlarda tushunchalarning xususan qaysi belgilari, qanday izchillikda, qanday sharoitlarda o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi batafsil qarab chiqiladi. Maktab ta’limining oxiriga kelib, bolalarda ma’lum darajada tushunchalar sistemasi tarkib topadi.
Har xil odamlarda tafakkurning individual xususiyatlari eng avvalo ularda fikrlash faoliyatining har xil va o’zaro bir-birini to’ldiruvchi turlari hamda shakllari turlicha nisbatda tarkib topgani uchun yuzaga keladi. Tafakkurning individual xususiyatlariga bilish faoliyatiining mustaqillik, epchillik, fikrning tezligi kabi boshqa sifatlari kiradi.
Tafakkurning mustaqilligi dastavval yangi masala, yangi muammoni ko’ra bilish va qo’ya bilishda, undan so’ng esa ularni o’z kuchi bilan yecha bilishda namoyon bo’ladi. Tafakkurning ijodiy xarakteri mana shunday mustaqillikda yorqin ifodalanadi.
Tafakkurning o’zgaruvchanligi shundan iboratki, masalani yechishning boshda belgilangan yo’li (plani) chiqib asta-sekin yuzaga chiqadigan va avvaldan hisobga olib bo’lmagan muammo shartlarini qanoatlantirmasa, ana shu yo’lni o’zgartira olishdan iboratdir.
Fikrning tezligi xususan shunday hollarda kerak bo’ladiki, ba’zan (masalan, jang paytida, avariya paytida) kishidan biror qarorni juda qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilinadi. Fikrning tezligi maktab o’quvchilariga ham kerakdir.
Tafakkurning yuqorida ko’rsatilgan barcha va juda ko’p sifatlari uning asosiy sifati yoki belgisi bilan chambarchas bog’liqdir. Har qanday tafakkurning eng muhim belgisi, uning ayrim individual xususiyatlardan qat’iy nazar muhim tomonlarini ajratib, mustaqil ravishda tobora yangi umumlashtirishlarga kela bilishdan iboratdir. Kishi o’ylayotgan paytda, bu o’yning hatto juda yorqin, qiziq, yangi va favqulodda bo’lishiga qaramay, biror narsa yoki hodisalarni sharxlash bilan cheklanmaydi. Tafakkur mazkur hodisaning mohiyatiga chuqur kirgan va tashqi jihatdan bir-biridan farq qilishidan qat’iy nazar, ozmi yoki ko’pmi bir xil hodislarni barchasining umumiy taraqqiyot qonunini kashf etgan holda zarur ravishda oldinga qarab boradi.
Nutk. Nutk-bu ogzaki kommunikasiya, ya'ni til yordamida munosabat kilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron-bir moxiyatni anglatadigan suzlar ogzaki kommunikasiya vositasi xisoblanadi. Suzlar eshittirib yo ovoz chikarmasdan aytilishi, yozib kuyilishi, yoki kar-sokov kishilarda biron-bir moxiyatga ega bulgan imo-ishoralar bilan almashtirilishi (buni xar bir xarf barmoklar xarakati bilan ioda etiladigan daktilologiya va imo-ishora butun bir suz yoki suzlar turkumini anglatadigan imo-ishorali nutk deb ataladi) mumkin.
Kuyidagi nutk turlari fark kilinadi: yozma va ogzaki nutk. Uz navbatida ogzaki nutk dialogik va monologik nutklarga ajratiladi. Ogzaki nutkning eng sodda turi dialog, ya'niallakanday masalalarni birgalikda muxokama kilayotgan va xal etilayotgan xamsuxbatlar tomonidan olib boriladigan suxbat xisoblanadi. Gapirishayotganlarning bir-birlariga lukmalari, suxbatdoshidan keyin iboralarni va ayrim suzlarni takrorlash, savollar berish, kushimchalar kilish, izox berish, fakat suzlashayotganlar tushunadigan sha'malar kilish, turli xil yordamchi suzlar va undovlar suzlashuv nutki uchun xos xususiyatdir. Bu nutkning uziga xos xususiyatlari kup jixatdan xamsuxbatlarning xamjixatligi darajasiga,ularning uzaro munosabatlariga boglik buladi. Aksariyat xamma joyda xam pedagog oilaviy muxitdagi dialogni xech kachon sinfda ukuvchilar bilan munosabatda bulgani kabi olib bormaydi. Suzlashuv chogida xissiy xayajonlanish darajasi katta axamiyatga ega buladi. Iymangan, xayratlangan, kuvongan, kurkkan, jaxli chikkan kishi xotirjam xolatidagi kabi gapirmaydi, uzgacha oxangdagina gapirib kolmasdan, balki kupincha boshka suzlarni, iboralarni ishlatadi.
Ogzaki nutkning ikkinchi bir turi monolog nutk bulib, uni bitta kishi boshkasiga yoki uni tinglayotgan kuplab kishilarga karata gapiradi: bunga ukituvchining xikoyasi, ukuvchining kengaytirilgan javobi, doklad va shu kabilar kiradi. Monologik nutk tuzilishi jixatidan juda xam murakkab bulib, fikrning tugallanganligini, grammatik koidalarga ancha kat'iy amal kilinishini, monolog aytayotgan kishining bayon etmokchi bulgan fikrda kat'iy mantik diologik va izchillik bulishini takozo etadi. Monologik nutkni egallash nutkka nisbatan katta kiyinchiliklar tugdiradi, uning kengaytirilgan shakllari ontogenezida (yuzaga kela boshlaganidan takomillashuviga kadar) kechikibrok rivojlanadi, ukuvchilarda bu nutkni shakllalntirish maxsus vazifa xisoblanadi va pedagoglar uni ta'limning kator yillari mobaynida bajarishlariga tugri keladi. Kiynalmasdan, bemalol suxbatlasha oladigan, lekin oldindan yozilgan tekstdan foydalanmasdan monologik xarakterga ega bulgan ogzaki axborot (doklad, keng ma'ruza va shu kabilar) bilan chikishga kiynaladigan katta yoshli odamlar xam uchrab trishi tasodifiy xol emas. Kupincha bu ukituvchilarning ukuvchilarda monologik nutkni shakllantirish ishiga e'tibor bermaganliklari okibati xisoblanadi.
Yozma nutk insoniyat tarixida ogzaki nutkdan ancha keyin paydo buldi. U bir-birlaridan makon va zamon bilan ajralib turuvchi odamlar urtasida munosabat kilish extiyojining natijasi sifatida paydo buldi va fikr shartli sxematik suratlar yordamida ifoda etiladigan paytlardagi piktografiyadan minglab suzlar bir necha unlab xarflar yordamida ifoda etilayotgan xozirgi zamon yozuviga kadar rivojlandi.
Yozuv tufayli odamlar tuplagan tajribani avloddan avlodga eng yaxshi tarzda yetkazish imkoni tugildi. Negaki, ogzaki nutk yordamida utkazilgan takdirda u buzulishi, uzgarib va xatto beiz yukolib ketishi mumkin edi. Yozma nutk fanda foydalaniladigan murakkab umumlashmalarning rivojlantirilishida, badiiy timsollar (obrazlar) ni yetkazishda muxim rol uynaydi. Bolaga ta'lim berishning dastlabki kunlaridanok rivojlantirilishi maktabning eng muxim vazifasi bulib xisoblanadigan yozuv va ukuv bolaning akliy saviyasini kengaytiradi xamda bilimlarni egallash va bayon kilishning eng muxim vositasi xisoblanadi. Yozma nutkdan foydalanish mumkin kadar tugri ta'rif berilishiga erishish, logika va grammatika koidalariga kat'iyrok amal kilish, mazmun va fikrlarni ifoda etish usuli ustida chukurrok muloxaza yuritish imkoniyatini yaratadi. Kupincha biron-ir narsani yozib kuyish-bu uni yaxshi anglab olish va eslab kolish demakdir.
Nutk mexanizmi. Nutk uzining fiziologik negiziga kura eshitish va xarakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya kobigida tashki olam tomonidan buladigan turli xil kuzgatuvchilar bilan suzlarning talaffuz kilinishini boshkarib turadigan tovush paychalari, xikildok, til va boshka a'zolar xarakati urtasidagi muvakkat boglanishlar urnatiladi. Nutk ikkinchi signallar sistemasi negizida amal kiladi. Suz, I.P.Pavlov aytganidek, "signallar signali"dir. Suzlar birinchi signallar sistemasi signallarini,olamning timsolllar tarzida mavjud bulgan turli-tuman taassurotlarni xabar kilgan xolda bevosita kuzgatuvchilar keltirib chikaradigan ta'sirlarga turtki berishi mumkin. Suzlar va ularning birikmalari xar doim miyada birinchi signallar sistemasi signallarining mavxumlashtirilishi, umumlashtirilishi va kayta ishlanishi natijasi xisoblanadi. Ogzaki munosabatdek murakkab jarayon uni ta'min etuvchi mexanizmlarning izchillik bilan xarakatga keltirishga tayanadi. Nutkni programmalashtirish-nutkiy ifodaning, ya'ni kishi bildirmokchi bulgan fikrning ma'naviy uzagini tuzish birinchi boskich xisoblanadi. Buning uchun inson muxim deb xisoblaydigan axborot ajratib olinib, yaroksizlari, ya'ni ikkinchi darajalilari bir chetga surib kuyiladi. Ikkinchi boskich-jumlaning sintaktik strukturasini tuzishdan iboratdir. Iboraning umumiy tuzilishi, uning grammatik shakli taxmin kilib kuriladi. kerakli suzlarning kidirib topilishini, ularni eng anik talaffuz etadigan tovushlarning tanlanishini ta'min etadigan mexanizmlar ishga solinadi. Va nixoyat, jumlani ovoz chikarib aytila boshlaydi, ya'ni nutk real tarzda ruyobga chikadi. Shunday kilib, "gapirish" jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bulgan axborotni kodlashtiradi. xamsuxbat (resipiyent) tinglash jarayonida olinga axborotning kodini ochadi. Bu uz navbatida eshitilgan nutkning tovushlarini boskichma-boskich suzlar moxiyatiga aylantirishdan iborat bulib, kommunikatorning aytmokchi bulgan suzi anglab yetilishini ta'minlaydi. Tinglovchining unga xabar kilingan narsani tugri tushunganligi kommunikator uchun fakat resipiyenning uzi kommunikatorga aylanib (kommunikativ rollar almashgan xolda), unga xabar kilingan narsani kabul kilgani va tushunib yetganini ma'lum kilganidan keyingina anik-ravshan buladi. Diologik munosabatda kommunikativ rollar navbatma-navbat uzgarib turadi, natijada sekin-asta xamjixatlar tarikb topadi. Mulokat kilayotganlarning xatti-xarakatlari va xulk-atvori muvofiklashgan bulish extimoli tugiladi. Buning birgalikda faoliyat kursatishda biron natijaga erishib bulmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |