Ma`ruzalar matni Kasbiy ta`lim yo`nalishi talabalari uchun 2014 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r



Download 0,85 Mb.
bet2/53
Sana30.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#519799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Kasb psixologiyasi, rux, aks ettirish, psixika, Aristotel, refleks, emperizm, sensualizm, faktlar, jarayonlar, individual xususiyatlar, vazifalar, psixik holatlar. Prinsip, determinizm, ong, faoliyat, amaliyot, nazariya, soha, ijtimoiy psixologiya, psixika, tadqiqot, psixik taraqqiyot, ijtimoiy borliq.
Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardanoiinganbo'iib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytgandapsixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak)), - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi
Xo‘sh, psixika nimaq
Psixika - yuqori darajada tashkil topgan materiyaning tizimli xossasi (xususiyati), subyekt tomonidan obyektiv borliqni faol aks ettirish, mazkur borliq manzaralarini subyekt o‘zidan uzoqlashtirmay ifodalashi, xuddi shu asnoda o‘z xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o‘tmishning, hozirgi davr va kelgusi zamonning hodisalari ifodalangan, tartibga solingan1. Psixikaning asosiy vazifalari - aks ettirish - faoliyat va xatti-harakatlarni boshqarishdir.
Uning namoyon bo‘lish shakllari va ularning o‘zaro bog‘liqligi psixik (bilish) jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq va diqqat), psixologik holatlar (hissiyot, emotsiya, e’tiqodlilik, bardamlik, tetiklik, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish), shaxsning xususiyatlari (yo‘nalishlar, temperament, xarakter, qobiliyat, iqtidor, aqliy salohiyat, xulq motivatsiyasi, ish uslubi, mas’uliyat)da kuzatiladi.
Psixologiya - psixikaning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek insondagi onglilik va ongsizlik fenomenlarining xilma-xil ko‘rinishlarini o‘rganuvchi fan.
Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.
Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi (Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq. Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan masalalar).
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish