Nazorat uchun savollar:
1. Idrokning psixik ta'rifi.
2. Idrokning anglanganliligi.
3. Idrokning fiziologik asosi.
4. Idkroning asosiy xususiyatlari.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.Qodirov B.R., Qodirov I.B. “Kasbiy tashxis mеtodikalari to`plami”Toshkеnt, 2003 yil
2.Qoziеv E.Q., Mamеdov K.K. “Kasb psixologiyasi” Toshkеnt 2003 yil
3.Z.Ibodullaev. Tibbiet psixologiyasi. T., 2008 yil darslik.
4. P.I.Ivanov va M.Zufarova Umumiy psixologiya. T., 2008 yil darslik.
5.Z.Nishonova va Sh.Asomiddinova. Psixologik maslahat.T. 2010 yil
6.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. Toshkent 2010
7.Kondakov I.M. “Diagnostika profеssionalno`x ustanovokpodrostkov” 1997y.
8-Mavzu: XOTIRA VA KASBIY MASLAHAT.
R e j a :
Xotiraning ta'rifi.
Xotira turlari..
Xotira jarayonlari.Esda olib qolish shartlari.
Kasbiy maslahatda xotira qonuniyatlarini hisobga olish.
T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r :
Xotira, assosiasiya, esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish, unutish, harakat, emosional, obrazli, so'z-mantiq, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qisqa muddatli, uzoq mudatli, operativ, hayol, fantaziya, obraz, tasavvur, passiv hayol, ijodiy hayol, shirin hayol, aktiv hayol, anatilik, sintetik agglyutinasiya, gipertolizasiya, sxematizasiya, katta yarim sharlar po’stlog’I, nerv, orzu.
Odam ko‘rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qoladi. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi taassurotlardan o‘zining keyingi xatti-harakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba orta borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashadi. Agar tashqi dunyoning miya qobig‘ida hosil bo‘ladigan obrazlari beiz yo‘qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo‘lmay dolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o‘zaro turli xil aloqalar bog‘lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo‘ladi.
Individning o ‘z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deyiladi.
Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o‘sha faoliyat bilan belgilanadi.
Xotira mexanizmlarini o‘rganishning psixologik darajasi xronologik jihatdan boshqalaridan ustunroq bo‘lib, fanda turli yo‘nalishlar va nazariyalarning ilgari surilganligi bilan ma’lumdir. Bu nazariyalarni ular xotira jarayonlarining shakllantirilishida subyektning faolligi qanday rol o‘ynashiga va faollikning mohiyatiga qanday yondashuviga bog‘liq holda tasniflash va baholash mumkin.
Xotiraning esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo‘ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo‘linadi:
faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, his-hayajon, obrazli va so‘z-mantiqli turlarga bo‘linadi;
xotira faoliyatning maqsadi, xususiyatiga ko‘ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi;
materialni gancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o‘rniga bog‘liq ravishda) xotira qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ turlarga bo‘linadi.
Shu o‘rinda xotirani mustahkamlashning quyidagi sakkizta qonunini eslab bolish tavsiya etiladi:
Anglanganlik bonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni xotirada mustahkam muhrlagan bo‘lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans «Bilimlarni yaxshi hazm qilish uchun uni ishtaha bilan yutish kerak» deganda, albatta, materialga jonli qiziqish bilan munosabatda bo‘lishimiz va uni yaxshi ko‘rishimiz kerakligini nazarda tutgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |