Ma`ruzalar matni Kasbiy ta`lim yo`nalishi talabalari uchun 2014 yil O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Mavzu: D I Q Q A T VA K A S B MASALALARI



Download 0,85 Mb.
bet26/53
Sana30.03.2022
Hajmi0,85 Mb.
#519799
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
kasbiy psixologiya fanidan maruzalar matni

6-Mavzu: D I Q Q A T VA K A S B MASALALARI.
R e j a :

  1. Diqqat haqida umumiy ma’lumot.

  2. Diqqatning fiziologik mexanizamlari.

  3. Diqqatning turlari va asosiy xususiyatlari.

  4. Kasbiarni shaxs diqqatiga qo`yadigan talablari.

T a ya n ch s o’ z v a I b o r a l a r :
Diqqat, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, sensor, aqliy, xarakatlantiruvchi, ixtiyoriydan so’nggi, I.P.Pavlov, A.A.Uxtomskiy, barqarorlik, ko’chish, taqsimlanish, diqqatning buzilishi, ko’lami.
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo‘naltirilgan- ligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltiri- lganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:
ixtiyorsiz diqqat; ixtiyoriy diqqat;
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo‘ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish qonuniyatlari hisoblanadi.
Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qayerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:

  • ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya’ni ish joyini saranjomlash, yorug‘likka qulay joylashib olish;

  • muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko‘rish;

  • aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan

  • gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).

Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham bir so`z bilan ruhiy, psixik hodisalar dеb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar dеganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish xususiyati, mеxanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari, sog`lom yoki bеtob odamning aks ettirishi,bardam,tеtik yoki horg`in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar dеganda odam – sub'еktning bеtakror, bir-biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning tеmpеramеnti, qobiliyati va xaraktеri nazarda tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar еtakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish