Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet89/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Ja'fariy   mazhabi,  Ja'fariy   mazhabi   shia   yo'nalishidagi   diniy-huquqiy   tizimga   kirib,   12
imomga e'tiqod qiluvchi imomiylarning asosiy oqimidir. Imomiylar 6-imom Ja'far as-Sodiq (vafoti
765 yil)ni shialik fiqh tizimining asoschisi deb biladilar. Aslida bu tizim bir qator mujtahid va
ilohiyotchilar tomonidan IX-X asrlarda ijtihod qilingan bo'lib, bunda imom Ja'farning deyarli roli
bo'lmagan,  undan fiqh va ilohiyotga  oid hech qanday asar qolmagan.  Shunga qaramay,  shialik
diniy-huquq majmuasi hozirgacha ham ja'fariya, deb nomlanadi. 
Ja'fariya   XVI   asr   boshlarida   Eronda   hukmron   diniy-huquq   tizimiga   aylangan.   Eron   va
Iroqdagi shialar o'rtasida bu mazhab hozirda ham kuchli ta'sirga ega. Shialikdagi mazhablardan
birining   nomi,  o`n ikki   imomga  e’tiqod   qiluvchi   imomiylarning  asosiy  oqimi  «ja’fariylar»  deb
ataladi. Oltinchi imom, shialik fiqhi asoschisi Ja’fari Sodiq nomi bilan bog`liq. Shialikning diniy-
huquq majmuasi hozirgacha «ja’fariya» deb yuritiladi. Ja’fariya milodiy 16-asr boshlarida Eronda
hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan. Eron va Iroqdagi shialar o`rtasida bu mazhab hozirda
ham kuchli ta’sirga ega.
Xorijiylar,   "Xaraja" - "fe'lidan chiqmoq" mazmunida bo'lib, "xorijiylar ajralib chiqqanlar",
"isyonchilar" ma'nosida keladi. Islomdagi ilk diniy-siyosiy oqim hisoblanib, xalifa Ali ibn Abu
Tolib va Muaviya tarafdorlari bilan xalifalikda hukmronlik uchun kurash ketayotgan bir davrda
vujudga keldi. Siffin yaqinida 657 yili xalifa Ali Muaviya tarafdorlari (umaviylar) bilan muzokara
olib borishga ko'nishi uni haqiqiy vorislik huquqiga ega deb hisoblagan tarafdorlarning o'rtasida
norozilik  tug'irgan. Qo'shinning bir qismi (12 ming kishi) xalifa Alini kelishuvchilikda  ayblab,
undan ajralib Kufadan Harura degan qishloqqa ketadilar. Shuning uchun ba'zi ilk manbalarda ular
haruriylar, deb ham yuritiladi. 
Yo'nalish ta'limoti: xalifa diniy jamoa tomonidan saylanadi va unga bo'ysunadi, har qanday
taqvodor musulmon (hatto qul yoki habash bo'lsa ham) xalifa bo'lib saylanishi mumkin, agar xalifa
81

jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo'shatiladi va hatto qatl qilinadi. E'tiqod amaliy


faoliyat   bilan   mustahkamlanishi   lozim.   E'tiqodsiz   va   gunohkor   kishilarni   jazolashda   murjiiylar
tarafdorlari (jazo muddatini kechiktirish)ga qarshi turganlar. 
Zaydiylar. Milodiy sakkizinchi asr o`rtalarida shialikda vujudga kelgan bir firqa tarafdorlari
«zaydiylar» deb atalgan. Bu firqaga shialarning beshinchi imomi Muhammad Boqirning ukasi Zayd
ibn Ali asos solgan. U imomlikka da’vogar bo`lib, milodiy 739 yili Kufada umaviylar hokimiyatiga
qarshi   isyon   ko`targan.  Xalifa   Hishom   isyonni   bostiradi,   Zaydning   o`zi   jangda   halok   bo`ladi.
Zaydiylar Ajamdan bir payg`ambar kelishiga va u Payg`ambarimizning (s.a.v.) shariatlarini nasx
(bekor) qilishiga ishonganlari uchun Islomdan tashqarida qoldi, kufri vojibdir deyiladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish