Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


mazhablar ixtilofi haqida



Download 0,57 Mb.
bet91/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Birinchidan:  mazhablar ixtilofi haqida:  Musulmon yurtlaridagi fikriy mazhablar orasidagi
mavjud ixtiloflar ikki xildir:
(a) Aqidaviy mazhablar orasidagi ixtilof.
(b) Fiqhiy mazhablar orasidagi ixtilof.
Birinchi xildagisi, e’tiqodga oid ixtilofdir. Bu ish voqe’likda Islom yurtlariga balo-ofatlar olib
kelgan,   musulmonlarning   safini   buzgan   va   tafriqaga   solgan   katta   musibatdir.   Bu   juda   ham
afsuslanarli va bo`lmasligi vojib ishdir. Islom ummati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning
davrlaridagi va roshid xalifalar davridagi salomat va pok islom fikrini tamsil qiluvchi «Ahli sunnat
val   jamoat»   mazhabida   jam   bo`lmog`i   lozimdir.   Bu   haqda   Rasululloh   sollallohu   alayhi
vasallamning  O`zlari:  «Sizlarga  Mening   sunnatimni   va  roshid  xalifalarning  sunnatini  tutmoqlik
lozimdir. Bas uni mahkam tutinglar», deb e’lon qilganlar.
Ikkinchisi,  fiqhiy mazhablarning ba’zi masalalarga oid ixtilofidir. Buni taqozo qilgan ilmiy
sabablari bor. Bu ishda Alloh Taoloning katta hikmati, jumladan, bandalariga rahmat va shar’iy
dalillardan   hukm   chiqarishga   keng   yo`l   ochish   bordir.   So`ngra   bu   narsa   bir   ne’mat   va   fiqhiy-
qonuniy boylik bo`lib, Islom ummatiga diniy va shar’iy ishlarda kenglik yaratib beradi. Shunda
birgina, boshqasiga o`tib bo`lmaydigan shar’iy tatbiq ila chegaralanib qolinmaydi. Balki, ummatga
ba’zi   vaqtlarda   va   ishlarda   faqih   imomlardan   birlarining   mazhabi   torlik   qilib   qolsa,   boshqa
mazhabda kenglik, yumshoqlik va osonlik topiladi. Mazkur narsa ibodatga, muomalotga yoki oila,
mahkama va jinoiy ishlarga hamda hayotning boshqa sohalariga oid bo`lishi mumkin.
Mazhablarning   ushbu  ikkinchi   xildagi  ixtilofi-fiqhiy  ixtilofdir.  Bu  dinimizning  kamchiligi
ham, dinimizdagi qarama-qarshilik ham emas. Bundoq ixtilofning bo`lmasligi mumkin ham emas.
O`zining komil fiqhi, ijtihodi va qonuniy nizomiga ega bo`lgan har bir ummatning fiqhiy ijtihodiy
ixtilofi bo`lmay iloji yo`q.
Voqe’likdan kelib chiqib aytiladigan bo`lsa, ushbu xildagi ixtilof bo`lmasligi mumkin emas.
Chunki   asliy   dalillar   ko`pincha   bir   necha   ma’noni   o`z   ichiga   olgan   bo`ladi.   Shuningdek,   dalil
hamma   muhtamal   hodisalarni   qamrab   ololmaydi.   Chunki   ba’zi   ulamolarimiz   rahmatullohi
alayhimlar   aytganlaridek,   dalillar   chegaralangandir,   hodisalar   esa   chegaralanmagandir.   Bas,
shundoq   ekan,   qiyosga   murojaat   qilish   va   hukmlarning   illatiga,   shariat   sohibining   g`araziga,
shariatning umumiy maqsadlariga nazar solish hamda hodisalaru yangi paydo bo`lgan masalalarda
uning   hukmini   joriy   qilish   lozim   bo`ladi.   Bundoq   holatda   ulamolarning   fahmlari   va   bir   necha
ehtimoldan birini ustun qo`yishlari hamda shunga binoan bir masala bo`yicha chiqaradigan hukmlar
har xil bo`lishi tabiiydir. Ulardan har birlari haqni qasd qiladi va uni izlaydi. Bas, ulardan kim
to`g`ri topsa ikki ajr, kim xato qilsa, bir ajr oladi. Xuddi shu joydan kengchilik chiqib, torchilik
yo`qoladi.
83

Ushbu   mazhabiy   ixtilofning   nimasi   kamchilik   bo`lishi   mumkin?!   Avval   ochiqlab


o`tganimizdek   bunda   faqat   yaxshilik   va   rahmatdan   boshqa   narsa   yo`q.   Voqe’likda   bu   narsa
Allohning mo`min bandalariga ne’mat va rahmatidir. Shu bilan bir vaqtda bu narsa qonunshunoslik
bo`yicha ulkan boylik va Islom ummati faxrlansa arziydigan ustunlikdir. Lekin ba’zi musulmon
yoshlarning, xususan, ulardan chet ellarda dars olayotganlarining islomiy madaniyati zaifligidan
foydalangan ajnabiy zalolatga boshlovchilar, ularga fiqhiy mazhablar ixtilofini zulm va bo`hton ila
e’tiqodiy ixtiloflarga teng qilib ko`rsatmoqdalar. Ular mazkur ikki xil ixtilofni farqlamay, shariatda
qarama-qar-shilik bor demoqdalar. Aslida esa undoq emas.
Ikkinchidan: mazhablarni tark qilishga da’vat qilayotgan, odamlarni yangi ijtihodiy yo`lga
majburlamoqchi bo`layotgan va mavjud fiqhiy mazhablarga va ularning imomlariga ta’na toshini
otayotgan   toifalarga   kelsak,   bizning   fiqhiy   mazhablar   va   ularning   imomlari   fazilatlari   haqidagi
hozirgi bayonotimizda ular uchun o`zlarining tutgan bu jirkanch uslublaridan tiyilishni, odamlarni
adashtirib, oralarini buzishni va ularni tafriqaga solishni vojib qiluvchi narsa bor. Hozirgi paytda biz
behuda,   odamlarni   tafriqaga   soluvchi   da’vatga   emas,   Islom   dushmanlarining   xatarli   urinishlari
qarshisida birlashishga muhtojmiz.
Alloh   sayyidimiz   Muhammadga   va   U   zotning   Oli-lariyu   ashoblariga   ko`plab   salovotu
salomlar
 
yo`llasin.
 
Olamlarning
 
Robbisi
 
Allohga
 
hamdlar
 
bo`lsin.
(Hujjat «Islom Fiqhi Akademiyasi majallasi»ning sakkizinchi sana, o`ninchi sonidan so`zma-so`z
tarjima qilindi.)
Albatta,   jahondagi   eng   mo`’tabar   islomiy   tashkilotlardan   biri   bo`lmish   Robitai   Olami
Islomiyning Islom Fiqhi Akademiyasi kengashining ushbu bayonotidan keyin o`zini bilgan har bir
musulmonda   fiqhiy   mazhabni   haq   ekanligida   va   ularni   ehtirom   qilish   zarurligida   hech   shubha
qolmasligi lozim. Shu ila gapga xotima yasasak bo`lardi. Lekin... Lekin hozirda mazhabni inkor
etib, mujtahid ulamolarimizga ta’na toshi otib turgan birodarlarimiz, «bu hujjatga qariyb o`n yil
bo`libdi.   Uning   ustiga   shayx   Ibn   Boz   va   u   kishining   hamfikrlariga   qo`shilib,   hujjatga   ba’zi
«mazhabparast»   mutaassiblar   ham   imzo   qo`ygan.   Bu   esa   hujjatning   kuchini   yo`qotadi»,   deb
qolishlari e’tiboridan xotimani ortga surib turamiz.
Endi e’tiboringizga shayx Ibn Boz va u kishining hamfikrlarining fiqhiy mazhablar haqidagi
1997 melodiy sana oxirlarida chiqargan ba’zi fatvolarini taqdim qilamiz: 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish