Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet97/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo’lib ahl as-sunnaning
to’rtinchi   imomi   deb   e’tirof   etiladigan   Imom   Ahmad   ibn   Hanbal   (164-241G’781-855)   o’z
faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad»
asarining muallifidir.
Buyuk mujtahidlar davrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog’liq asosiy sunniy
huquqiy mazhablar paydo bo’ldi va o’z ta’limotini shakllantirdi. 
Taqlid davri. X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o’zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, ya’ni
«taqlid davri»ga o’tdi. Bu davr fiqh ilmi avvalgi davrlar an’anasi ta’siri ostida rivojlanib, yuksak bir
maqomga   erishgan   vaqtga   to’g’ri   keladi.   YUqoridagi   davrlardan   ma’lum   bo’lgani   kabi,   buyuk
mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo’ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi
va   sharh   etildi.   Bu   davr   faqihlarida   taqlid   ruhi   kuchli   edi.   Ularda   asosan   o’zlaridan   oldingi
mujtahidlarning fikrlarini «shar’iy nass» (shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. Shunday bo’lsada bu
davr   faqihlari   orasida   o’zlarining   ilmiy-amaliy   faoliyatlari   natijasida   mislsiz   bebaho   asarlarlar
yaratgan allomalar etishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davr mobaynida muhim manba bo’lib
xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o’z mavqeini va qadr-qimmatini yo’qotgani yo’q.
VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O’rta Osiyoning aksariyat
qismi)   islomdagi   ahl   as-sunnaning   Hanafiyya   mazhabi   tarqala   boshladi.   Buxoro   va  Samarqand
shaharlarida   shu   mazhab   ta’limoti   asosida   Movarounnahr   fiqh   maktabi   tarkib   topdi.
Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat
qozondilar. Faqihlarning davlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta’siri juda kuchli edi. Diniy va
ijtimoiy hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali echilgan. Fiqh shaxs, oila
va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi tufayli Movarounnahr maktabi
namoyandalari   bu   o’lka   xalqlari   an’analari,   urf-odatlarini   umumislom   mavqelaridan   turib   tahlil
qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avlodlari faoliyati orqali
mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o’z aksini topdi. 
VIII-X   asrlarda   Movarounnahrning   ayrim   shaharlardagi   hanafiylikka   asoslangan   ilmiy
markazlar   paydo   bo’ldi.   Bunga   Iroq   va   Xuroson   maktablarining   ta’siri   katta   bo’ldi.   Buxoro
maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand
ilmiy markazining shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samo‘a va Shaddod ibn Hukaym
kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo’ldi. Buxoro faqihlari bu davrda asosan fiqhning amaliy
masalalari (furu‘ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o’z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din)
mavzui bilan shug’ullanishga qaratdilar. 
XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o’zining yuksak taraqqiyotiga etishdi. Qoraxoniylar (999-1212)
davri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Turkiyalik olim Y. Z. Kavakci bu davrda uch yuzga
yaqin faqihlar etishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy
asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o’tadi.  Haqiqatan ham
88

Movarounnahr hanafiy mazhabining «qal’asi» edi desak adashmaymiz. «Hanafiylik sharqqa yoyilar


ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o’ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy
faqihlari ham shu diyorlarga mansubdir. Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari  Buxoroda
Ibn Moza Mahmud   oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan «Sadr» unvoni bilan
mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori mansab sohiblari edilar, ar-Rig’damuniy,
az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Saffor, al-Pazdaviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy,
al-Marg’inoniy oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavqega ega bo’ldilar. Ilm-fan rivojlandi.
Ko’plab yirik olimlar etishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo’ldi. Bir necha avloddan
avlodga ulanib davom etgan faqihlar sulolalari nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida
katta nufuzga ega edilar.
Umuman   fiqh,   xususan   hanafiy   mazhabining   rivojlanish   tarixida  XI-XII  asrlardagi
Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o’rin tutadi. Bu davrda etishib chiqqan
hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd, al-Halvo’iy, Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy, al-
Pazdaviy ‘Ali, as-Sadr ash-Shahid ‘Umar, an-Nasafiy ‘Umar, Alouddin as-Samarqandiy, Ibn Moza
Mahmud, al-‘Attobiy Ahmad, al-Kosoniy Mas‘ud, Qozixon va yuqorida zikr etilgan al-Marg’inoniy
‘Ali kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.
Umuman olganda yuqorida bir necha davrlar va ularda mavjud bo’lgan fiqh maktablari, bu
maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo’lsada tanishib chiqish va fiqh
ilmining Payg’ambar s.a.v. davrlaridan toki taqlid davriga bo’lgan tadrijiy rivojlanishini o’rganish
bizga:
-
ㄱ VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;
-
ㄴ O’sha davrlarda mavjud bo’lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan
muhim shaxslar;
-
ㄷ XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;
-
ㄹ Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anaviy fiqh maktablarining o’ziga xos qirralarini ochish
va ularning ahamiyati;
-
ㅁ XI-XII  asrlardagi faqihlar sulolalarining Movaroun-nahr fiqh maktabida tutgan o’rni
qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi.
Modomiki,  biz  yoshlarimizni, Prezidentiz  aytganidek  Imom  Buxoriylar,  Naqshbandiylar  va
YAssaviylar  ta’limoti  asosida  tarbiyalar  ekanmiz,  biz  ularni  turli  islom  niqobi  ostidagi  g’arazli
guruhlar  bilan  buyuk  ajdodlarimiz  amal  qilgan  va  bizlarga  ham  tavsiya  etgan  musaffo  islom
o’rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish