Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet105/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Missionerlik - eng umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod  qiluvchi xalqlar orasida boshqa
dinni   targ’ib   qilishni   anglatadi.   Missionerlik,   asosan,   xristianlikka   xosdir.   Bunday   harakat
xristianlik Vizantiya imperiyasining davlat dini sifatida e’lon qilingan paytdan beri olib borilmoqda.
Xristian ruhoniylari dastlab missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko’p xudolikka
e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka targ’ib qilish bayrog’i ostida olib bordilar. Shu tariqa
IV asrda paydo bo’lgan xristian missionerligi  XIII–XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga
kirib bordi. 
Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII–
XVI asrlar) kuchaydi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi erlarni o’z ta’siri ostiga olishda katta
yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy
targ’ibot kongregatsiyasini ta’sis etdi. Missionerlik XIX asrda yangidan faollashdi, ayniqsa, xristian
missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va o’z mamlakatlarining siyosatini o’tkazishga
yordam berdilar.  
Yuqoridagi   ma’lumotlar   ham  missionerlik  o’z   tarixiga   ega   ekanini   ko’rsatadi.   Shunday
bo’lsada,   xristian   diniy   tashkilotlari   tomonidan   olib   borilayotgan   missionerlik   harakati   bugungi
kungacha ko’pdan-ko’p bahslarga sabab bo’lmoqda. Zero, hozirgi davrda jahon aholisining mutlaq
ko’pchiligi o’z diniga, aksariyat hollarda yakkaxudolikka ega bo’lgan davrda «missionerlik» salbiy
bir holatga aylanib  qolganini ta’kidlash zarur.
Ayni   paytda,  «missionerlik»  tushunchasining  o’zi   turlicha  talqin  etilayotganini  ham   qayd
etish   lozim.   Xususan,   protestant   diniy   tashkilotlari   «missionerlik»   so’zini   inkor   etadilar   va   o’z
faoliyatlarini   «evangellashtirish»   tushunchasi   bilan   izohlashga   harakat   qiladilar.   Buni   ular
Bibliyaning tarkibiy qismi bo’lgan avliyo Markdan kelgan Evangeliyadagi xristianlar uchun jahon
uzra o’z dinlarini barcha xalqlarga etkazish zarurligi to’g’risidagi ko’rsatmaning bajarilishi sifatida
taqdim etadilar.
  Shu o’rinda bir holatga e’tibor qaratish zarur. Bibliyaning muqaddas kitobligini hech kim
inkor etmaydi. Shu bilan birga, unda qayd etilgan yuqoridagiga o’xshash fikrlarning aynan Bibliya
yozilgan   davr   uchun   to’g’ri   kelishligini   ayrim   xristian   diniy   tashkilotlari   tushunishni
xohlamayotganliklarini   va   ular   olib   borayotgan   harakatlar   haqli   noroziliklarni   keltirib
chiqarayotganini ta’kidlash zarur. 
Qayd etilgan holatlar ham missionerlik bugungi kunda mutaassiblikning o’ziga xos ko’rinishi
sifatida namoyon bo’layotganini ko’rsatadi.
“  P
  rozelitizm”
 
   -  bu   to’g’ridan-to’g’ri   biron   bir   dinga   ishongan   fuqaroni   o’z   dinidan   voz
kechishga va o’zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir. 
Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko’rish
mumkin. Xususan, bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar
vafot etganda  jasadni qabristonga qo’yish bilan bog’liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayyitning
musulmon ota-onalari o’z farzandlarini xristian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar
esa xristian dini vakili jasadini o’z musulmon birodarlari yotgan joyga qo’yishni istamaganliklari
natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
100

Shuningdek,   xristian   dinini   qabul   qilgan   kishi   o’z   o’g’lini   xatna   qildirishni   xohlamagani,


uning otasi esa, o’z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko’ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-
bola o’rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
Yuqoridagi   kabi   misollarni   yana   davom   ettirish   mumkin.   Ammo   shularning   o’zi   ham
missionerlik  va prozelitizm  harakatlari  boshqa dinni qabul qilgan tub millat  vakillari  oilalarida
nizolar   va   janjallarning   avj   olishiga   hamda   islom   diniga   mansub   aholida   xristianlikning   ayrim
yo’nalishlari  vakillariga  nisbatan  dushmanlik  hissiyotlarining  paydo bo’lishi  orqali  dinlararo  va
millatlararo   nizolarni   keltirib   chiqarishiga   zamin   yaratishi   mumkinligini   yaqqol   tasavvur   qilish
imkonini beradi. 
Shu bilan birga, din milliy ma’naviyat va madaniyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib
turuvchi muhim omillardan biri ekanini ham yoddan chiqarmaslik lozim.  Bir tilda gaplashadigan,
umumiy tarix va yagona davlatga ega bo’lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo’nalishlarga e’tiqod
qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina   bir sabab qayta-
qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani ham shunday
xulosa   chiqarish   imkonini   beradi.   Masalaning   ana   shu   jihatiga   e’tibor   berilsa,   missionerlik   va
prozelitizm harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo’lib tashlashga qaratilgan g’arazli
siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish