Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


      Diniy sektalar faoliyatining oqibatlari va missionerlikning milliy hayotga tahdidi



Download 0,57 Mb.
bet107/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

6.2  
 
 Diniy sektalar faoliyatining oqibatlari va missionerlikning milliy hayotga tahdidi.
 
 
Asrlar davomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va   yaxshilik, tinchlik va do’stlik
g’oyalariga asoslanadigan, ularni targ’ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar hamkor va
hamjihat yashab kelgan. Xususan,   qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar
yonma-yon   yashab   kelgan.   Yirik   shaharlarimizda   masjid,   cherkov   va   sinagogalar   faoliyat
ko’rsatgani, tariximizning eng murakkab va og’ir davrlarida ham ular o’rtasida kelishmovchilik va
mojarolar bo’lmagani ham  buning tasdig’idir. 
Bugun   ham   mamlakatimizda   turli   konfessiyaga   mansub   diniy   tashkilotlar   faoliyat
ko’rsatmoqda, fuqarolarimiz o’z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. 
Diniy tashkilotlar o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok
etishlari   uchun   barcha   shart-sharoitlar   yaratilgan.   Bu   boradagi   huquqiy   asoslar   O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonunda
o’z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat
bo’lib, ulug’ va mushtarak g’oyalar yo’lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
Istiqlol   yillarida   din   sohasida   sodir   bo’lgan   o’zgarishlarni   aniq   misollarda   ham   ko’rish
mumkin. Xususan, 2007 yilning 15 aprel holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi hududida jami
181 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ular qatorida Rus Pravoslav cherkovi (36),
Rim-katolik   cherkovi   (5),   Evangel   xristian-baptistlar   cherkovi   (23),   To’liq   injilchi   xristianlar
cherkovi (21), Ettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi (10), Novoapostol cherkovi (4), Nemis
Evangel-lyuteranlar cherkovi (3), Arman Apostollik cherkovi (2), «Iegov guvohlari» cherkovi (1),
«Tolos Bojiy» cherkovi (1), Koreys protestant cherkovlari   (58), yahudiylar diniy jamoalari (8),
Bahoiylar   diniy   jamoalari   (6),     Buddaviylar   ibodatxonasi   (1),   Krishnani   anglash   jamiyati   (1),
Bibliya kitob jamiyati (1) ni sanash mumkin.
Shu   bilan   birga   mustaqillik   yillarida   Pravoslav   va   Protestant   seminariyalari   ham   faoliyat
ko’rsata boshlaganini qayd etish zarur. 2006–2007 o’quv yilida Pravoslav seminariyasida 47 nafar
va Protestant seminariyasida 33 nafar talaba ta’lim olmoqda.  
Qayd etilgan dalillar ham o’tgan yillarda sodir bo’lgan o’zgarishlar keng ko’lamli ekanini,
yurtimizda  diniy bag’rikenglik  (tolerantlik),  konfessiyalararo  hurmat, bir-birini tushunish asosiy
hayotiy tamoyillardan biriga aylanganini ko’rsatadi.
Ilmiy   manbalar   O’zbekiston   ilk   diniy   qarash   va   tasavvurlar   yuzaga   kelgan   eng   qadimiy
o’lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O’lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm,
Yahudiylik   ,   nasroniylik   kabi   dinlar   vakillari   tinch-totuv   faoliyat   olib   borganlar.  Bu   haqda
Respublikamiz   Prezidenti   Islom   Karimov   shunday   deydi:   «Musulmonlar   va   xristianlarning
O’zbekiston   zaminida   birgalikda   hamnafas   bo’lib   yashashi   diniy-ma’naviy   totuvlikning   nodir
timsoli   va   barcha   din   vakillariga   nisbatan   bag’rikenglikning   eng   yaxshi   namunasi   deb
hisoblanishiga arzigulikdir».
Mamlakatimizda   o’tkazib   kelinayotgan   nufuzli   xalqaro   anjumanlar   ishtirokchilari   ham
O’zbekistonda din sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda boshqa davlatlarga namuna bo’la
oladigan diniy bag’rikenglikni e’tirof etgan holda hukumatimiz siyosati, O’zbekistonda barcha din
vakillariga yaratilgan erkinliklar va diniy sohadagi katta o’zgarishlardan zo’r taassurot olganlarini
ham ta’kidlab kelmoqdalar.
102

Haqiqatan ham, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag’rikenglik sohasidagi


davlat   siyosati   boshqalarga   namuna   bo’la   oladigan   darajada   desak   mubolag’a   bo’lmaydi.
Respublikamizda   YuNESKO   raxnamoligida   «Jahon   dinlari   –   tinchlik   madaniyati   yo’lida»
mavzuida dinlararo muloqot xalqaro Kongressi, musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida
«Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferentsiyasi o’tkazilgani, Rus pravoslav cherkovi
Toshkent va O’rta Osiyo eparxiyasining 125 va 130 yilligi, Evangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik
cherkovi va Arman apostollik cherkovlarining 100 yilligi nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
Avvalo,   zamonaviy   missionerlikka   xos   xususiyatlar   bunday   harakatlarni   respublikamizda
amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim. 
Shu   bilan   birga,   mamlakatimizdagi   barqaror   ijtimoiy-iqtisodiy   vaziyat,   olib   borilayotgan
kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g’oya kontseptsiyasining ishlab chiqilgani va
unga asoslangan holda olib borilayotgan g’oyaviy tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlari,
xalqimizning   o’z   e’tiqodida   mustahkamligi   missionerlik   harakatlari   yo’lida   jiddiy   to’siq   bo’lib
xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur. 
Bizga qo’shni bo’lgan ayrim davlatlardan farqli ravishda, mehribonlik va qariyalar uylari,
nogironlar   uyushmalarining   davlat   qaramog’ida   va   himoyasida   ekani,     yosh   avlodni   jismonan
baquvvat   va   ma’naviy   barkamol   qilib   tarbiyalash   yo’lida   olib   borilayotgan   tizimli   ishlar   ham
bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
Shunday   bo’lsa-da,   missionerlar   mamlakatimizdagi   vaziyatga   moslashgan   holda   o’z
harakatlarini   tashkil   qilishga   urinayotganliklarini   ham   yoddan   chiqarmaslik   lozim.   Jumladan,
xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o’zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus
diniy Adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish  yo’lidagi harakatlar  batamom
to’xtadi, deb bo’lmaydi. Xususan ko’rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov
guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o’z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davom
ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy
nashrlaridan biri bo’lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo’riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta
o’zbek   tilida   bosmadan   chiqdi   va   turli   noqonuniy   yo’llar   bilan   respublikamizga   olib   kirishga
harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o’z dinlariga da’vat qilishga,
go’yoki   faqat   ularning   dinlari   haqiqiyligi,   boshqa   dinlar   esa   botil   ekani   haqidagi   g’oyani
singdirishga harakat qilmoqdalar. 
Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech
bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq
tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga
qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish
ham tez-tez kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o’qituvchilar,
vrachlar, san’atkorlar orasida targ’ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur.
Afsuski, bunday targ’ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo’lgan fuqarolar ham kam
bo’lsada borligini qayd etish lozim.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng, uning hududi ko’pgina xristian yo’nalishlari
uchun  go’yoki «ochilmagan  qo’riq»ni anglatdi  va ular  bizning  yurtimizda  birinchilardan  bo’lib
o’rnashib   olishga   harakat   qila   boshladilar.   Shu   tariqa   yuqorida   nomi   tilga   olingan  «Iegov

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish