Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja


Missionerlik   va   prozelitizmning  shakllari



Download 0,57 Mb.
bet106/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Missionerlik   va   prozelitizmning  shakllari.  XXI   asr   boshida   missionerlik   haqiqatan   ham
o’ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda. Eng avvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-
iqtisodiy   vaziyatdan   o’zlarining  g’arazli   maqsadlariga   erishishda   unumli   foydalanishga   harakat
qilayotganliklarini   ta’kidlash   zarur.   Bunda   boquvchisini   yo’qotgan   bolalar,   qarovchisiz   qolgan
qariyalar   hamda   nogironlar   muammolari   bilan   shug’ullanuvchi   tashkilotlar   va   muassasalarga
xayriya   yordamlarini   ko’rsatish,   aholining   nochor   qatlamlarini   moddiy   qo’llab-quvvatlash   va
muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o’z qarashlari va
harakatlariga xayrixohlikni uyg’otishga intilmoqdalar.
Missionerlarning  turli  davlatlar,  jumladan,  Markaziy Osiyo mintaqasi  mamlakatlarida  olib
borayotgan   amaliyoti   tahlili     xristianlikni   targ’ib   qilishda   maxsus   Adabiyotlar,   audio   va
videokassetalarni mahalliy tillarda   tayyorlash   va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g’oyalari
bilan   sug’orilgan   maxsus   gazeta   va   jurnallarni   nashr   qilish   masalalariga   ham   alohida   e’tibor
berilayotganini ko’rsatadi. 
Ayni   paytda,   sport   to’garaklari   tashkil   qilish   va   musobaqalar     uyushtirish,   ularning
ishtirokchilariga xristianlikni targ’ib qiluvchi maxsus bukletlar  tarqatish va sovg’alar berish hamda
aholining turli qatlamlari bilan doimiy muloqotda bo’lish va ta’sir o’tkazish doirasini kengaytirish
maqsadida   tibbiyot,   ta’lim-tarbiya   sohasiga   maxsus   kadrlarni   yuborish   (tibbiy   xizmatchi,
o’qituvchi-murabbiy va sh.k.) yo’li bilan «tayanch nuqtani» tashkil etish va unga suyangan holda
missionerlikni kuchaytirishga intilish ham mavjudligini ta’kidlash joiz.
Erkin   targ’ibot   olib   borish   va   faoliyat   doirasini   keskin   kengaytirish   maqsadida   ayrim
missionerlik tashkilotlarining o’z harakatlarini xalqaro nodavlat   tashkilotlari maqomida amalga
oshirishga intilayotgani  ham hozirgi davrdagi missionerlikning   muhim xususiyatlaridan biridir.
Bunday intilish ortida o’ziga xos mantiq bor, albatta. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati
haqli   e’tirozlarni   keltirib   chiqarganda   ularning   xalqaro   huquq   normalarini   ro’kach   qilishiga   va
uning himoya mexanizmlaridan foydalanishga urinishlariga, o’z harakatlarini xas-po’shlashga va
javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko’rsatadi. 
Missionerlar   zamonaviy   texnika   va   texnologiya,   ommaviy   axborot   va   kommunikatsiya
vositalari   imkoniyatlaridan   ham   samarali   foydalanishga   harakat   qilmoqdalar.   Turli   davlatlar   va
mintaqalarda   ish   yuritayotgan   missionerlar   internet   tarmog’i   orqali   o’z   faoliyatlarini
101

muvofiqlashtirayotgani,   moliyaviy   mablag’larni   bemalol   u   mamlakatdan   bu   mamlakatga


o’tkazayotgani  ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo’ladi. Bunday yo’l bilan missionerlar
va ularning homiylari u yoki bu davlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik
yordami ko’rsatish bahonasida o’z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqdalar.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish