Aqidaparastlik (arab. - ishonch so’zidan) – biron g’oya yoki tamoyilni mutlaqlashtirib
konkret ob’ektiv sharoitni hisobga olmagan holda ko’r-ko’rona qo’llash buni ijtimoiy hayotning
istagan sohasidan topish mumkin. Keyingi davrlarda diniy aqidaparastlik faollashib ketdi. Barcha
dinlarda shak keltirmasdan, muhokama qilmasdan e’tiqod qilish lozim bo’lgan fikrlar – aqidalarni
mutlaqlashtirib ularni saqlab qolishga, tiklashga urinishlar kuchaydi.
Kalom – (arabcha – ravon nutq, so`z, gap, jumla ma’nolarini bildiradi) islom ilohiyot ilmi.
Mu’taziliylar paydo bo`lgandan keyin “aqida” ilmining nomi “kalom” deb atala boshlangan. 8
asrda Arab xalifaligida paydo bo’lgan. Kalom islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi.
Kalom tarafdorlari mutakallimlar deyiladi. Kalom turli diniy-siyosiy guruhlar (xorijiylar,
qadariylar, jabariylar, murji’iylar va hak.) paydo bo’lishi bilan bog’liq bahslar jarayonida vujudga
keldi va taraqqiy qildi.
Ulamolar ilmi kalomning ta’rifida ham bir necha xil fikrlar aytganlar. Eng qadimgi ta’rif Abu
Nasr Farobiyga tegishli bo’lib, u, “Kalom sinoati ila millatning asoschisi aytgan chegaralangan
gap va ishlarga nusrat berilur va unga xilof qilgan barcha so’zlarni behudaga chiqarilur”, degan.
G’azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: “U bir ilm bo’lib uning maqsadi ahli
sunnaning aqidasini – ahli bid’atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo’riqlashdir. Alloh taolo o’z
bandalariga o’z payg’ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi
bordir. Shuningdek, ular haqida Qur’on va xabarlar nutq qildi. So’ngra shaytonlar o’z vasvasasi ila
bid’atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o’sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning
aqidasini buzmoqchi bo’ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning
himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo’lida harakatga soldi. Shu orqali ahli
bid’atning sunnatga xilof ravishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom
paydo bo’ldi”.
Ilmi kalom paydo bo’lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvalgi vaqtlarga o’xshab
faqat Qur’on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo’lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy
dalil keltirishni ham talab etardi.
Ilmi kalomga xos uslub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn Dirham (742 yil qatl
etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati
ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish mumkin, deb
hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g’oyasini davom
ettirdi. Jahmning qarashlari mu’taziliylarga yaqin bo’lgani bois odatda bu ikki ta’limotni bir-
biridan farqlamaydilar.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |