Ma’ruzalar matni 1- ma’ruza: dinshunoslik faniga kirish. Reja



Download 0,57 Mb.
bet16/125
Sana12.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#306888
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125
Bog'liq
MA’ruzalar matni 1- ma’ruza dinshunoslik faniga kirish. Reja D-fayllar

Neotomizm  ta’limotida   haqiqatga   erishishda   iymon,   e’tiqod   va   aqidaning   uyg’unligi
tamoyillariga e’tibor qaratildi. Yana u, haqiqatga erishishning uch shakli bor deydi: fan, falsafa va
ilohiyot (teologiya).
1)   Fan   -   eng   quyi   va   oqibatlarni   aniklashdan   nariga   o’tmaydi;
12

2)   filosofiya bu aqliy bilimining muayyan yuqori bosqichi bo’lib, uning vazifasi olamning


yaratgan birinchi sababchisi Xudoni bilishdan iborat;
3)      ilohiyot     (teologiya)ga     asoslangan     bilimlar     neotomistlarcha qimmatlidir,
chunki u, haqikdtni ochishga yordam beradi. Shunga asosan neotomistlar    Xudoning    mavjudligi,
inson    ruhining    abadiyligi haqidagi aqidalarni ilgari suradi.
Ontologiya  (borliq   haqidagi   ta’limot)   neotomizm   falsafasining   asosiy   qismlaridan   birini
tashkil etadi
 
. Neotomizm bo’yicha borliqka ta’rif berib bo’lmaydi. Borliq ilohiyotchilar uchun «birinchi
mutloq   tushuncha»   deb   qaraladi.   Neotomistlarning   talqinida   bir   tomondan   borliq   moddiy   va
nomoddiy   ob’ektlar   umumiy   xususiyatlari   mavhumiy   (abstraktsiya)   bo’lib   gavdalansa,   ikkinchi
tomondan - Xudo deb qaraladi. Shuning uchun neotomistlarda borliq ham tabiat hodisalarining
xususiyati haqidagi ta’limot ham Xudo borlig’i haqidagi ta’limot, deb qaraladi.
Bilish   nazariyasi   xususida   Foma   Akvinskiy   tarafdorlari   o’ziga   xos   ta’limot   yaratganlar.
Boshqa diniy-falsafiy qarashlardan farkli o’laroq neotomistlar ob’ektiv voqelikni tan olib, unga
suyangan holda, bilish jarayonida tajribaning ahamiyatiga e’tibor qaratib, insonda ana shu tajriba
yo’li bilan elementar tushunchalar paydo bo’ladi. Ammo bunday tajriba nomaterial mohiyat haqida
bilim bera olmaydi.
Neotomistlar   bilish   jarayonini   sub’ekt   va  ob’ektning   o’zaro   aloqalarida   deb   belgilaydilar.
Sub’ekt bu insonning abadiy ruhi sifatida, ob’ekt esa narsalarning mohiyatidir. Shunday qilib, inson
moddiy ob’ektning o’zini emas, balki undagi mavjud g’oyaviy mohiyatni biladi. Neotomistlarning
gnoseologik nazariyasida moddiy borliq chetda qoladi.
Neotomizmning   borliq   va   bilish   nazariyasi   II   Vatikan   sobori   (1962-1965)gacha   nafaqat
yagona rasmiy falsafiy tizim deb qabul qilindi, balki katolitsizmning asosiy sotsial t’limoti bo’lib
keldi. Ammo neotomizmning barcha anoxroniklardan tozalab, uni boshqa faleafiy tizimlar bilan
boyitish maqsadida cherkov ulamolari tomonidan ham ta’qib qilina boshladi. Shundan so’ng uni
zamonga  muvofiqlashtirish,  ayrim  elementlardan  tozalash  bo’yicha yangi  diniy-falsafiy tizimlar
vujudga kela boshladi. Shulardan biri neoavgustinizmdir.
Neoavgustinchilik   falsafasi.   XX   asrda   neotomizm   bilan   bir   qatorda   katolik   falsafasida
neoavgustinlik   qarashlari   ham   muhim   o’rin   egalladi.   Unda   intuitivizm   tamoyillariga   asoslanish
mavjud.  Neoavgustinizm  qarashlarida hissiy ta’sir ko’rsatish vositalarini mutloqlashtirish, insoniy
fikrlash   qobiliyati   inkor   etilib,   uning   hissiy   va   axloqiy   tajribasiga   xavola   qilish   asosiy   o’rinni
egallaydi. Bu ta’limotga ko’ra din bu bilish emas, balki odamning bevosita Xudo bilan   boshdan
kechiradigan   aloqasi,   ilohiylik   ehtiyojlari   tufayli vujudga keladigan ichki tuyg’usidir. Uning
bir   qancha   diniy-falsafiy   maktablari   bor.   Bular   -   harakat   filosofiyasi  M.Blondel’  (1861-1949)
katolik   ekzistentsalizm   vakili  G.Marsel’  (1889-1973)   personalist    J.Lakrua  (1900-1986)   va
boshqalar.
Neoavgustinchilik  maktablarining   vakillari   quyidagi   tamoyillarni   yoqlab   chiqdilar:   tashqi
olamni bilish uchun insoniyatning ichki tajribasi etarliligini; Xudo bilan inson o’rtasidagi bevosita
aloqa haqidagi ta’limotni;  ob’ektiv voqelikni bilishda ichki-hissiyot vositalarini  birinchi o’ringa
qo’yishni; shaxs muammolariga alohida e’tibor qaratishni va boshqalar.
Neoavgustinchilarning   nazariyasi   bo’yicha   neotomistik   kontseptsiya   (nazariya)ning   asosiy
kamchiligi   shundaki,   ular   dinni   begonalashgan   haqiqat   shaklida   tasavvur   qilib,   unga   bilish
jarayonida erishiladi deydilar. Neoavgusxinchilar kontseptsiyasida diniy imon bilish emas, balki
dinga erishysh va Xudo bilan uchrashish shaxsga oid betakror tajribadir.
Neoavgustinchilar ob’ektiv voqelik dunyoni bilishda aqlning qobiliyatini tan oladilar, ammo
aql bilan fan o’rtasini qat’iy chegaralab qo’yadilar. Ularning fikricha, fan borliqning mohiyatiga
13

etolmaydigan   bilishning   kuyi   bosqichidir   Neoavgustinchilar   bilish   chegarasini   kengaytirib,


shaxsning   bunga   ekzistentsial   (mavjudlik)   tajribasi   orqali   erishish   mumkin   deydilar,   Bunda
bilishning   axloqiy   jihatdan   taxdili   ko’zda   tutiladi.   Yana   ular   falsafasida   Xudo   bilan   iison
munosabati markaziy o’rinni egallaydi.
Borliq  mavjudlikning  manbai   va  maqsadidir.   Ammo  ularning  fikricha,  voqelik  mavjudlik
bilan qo’shilib ketishga to’sqinlik qiladi. Ayni paytda voqelik mavjudlikning qaror topishida muhim
komponent hisoblanadi.
Katolik falsafasidagi neotomizm, neavgustinizm falsafiy oqimlarning mazmun mohiyati bilan
tanishishdan shunday xulosaga kelish mumkin: birinchidan, ularning qarashlaridagi borliq, bilish
nazariyasi,   ijtimoiy,   madaniy   va   axloqiy   masalalar   ilohiy   nuqtai   nazardan   taxdil   qylinadi;
ikkinchidan, masalaga turlicha yondashuv va har xil talqin berishda fan yutuklaridan foydalanib,
Xudo borlig’ini isbotlashga harakat qilinadi; uchinchidan, katolitsizm yo’nalishidagi diniy falsafada
xozirgi zamon fani va talabiga moslashish tendentsiyasi ko’zga taishanadi.
Ontologiyada   Xudo   borlig’i,   dunyo   va   insonning   ilohiy   kelib   chiqishiga   markaziy   o’rin
ajratiladi.  Akademik  falsafa bo’yicha,  ratsional  bilish  uchun kosmologik,  ideologik,  psixologik,
ontologik,   axloqiylik   etarli   emas.   Faqat   ular   Iisus   Xristos   haqidaga   tasavvurlar   bilan
qo’shilgandagina to’liq bo’ladi.
G’ayritabiiy,   ilohiy   g’oya   xukmronligi   masalasi  V.S.Solov’ev  falsafasida   borliq
boshlanishining belgilovchisi bo’lib, olam uning intixosidir. Moddiy olam rivoji tugallangan deb
tasavvur qilinmaydi, balki Xudo irodasi marhamati bilan rivojlana boradi. Bunda hayotning pastdan
yuqori shakllariga qarab rivojlanish evolyutsiyasi kuzatiladi. Ya’ni ijodiy jarayonning boshlanishi
bo’lgan minerallar, o’simlik dunyosini vujudga keltirishga asos bo’ladi, o’z navbatida bu hayvonot
dunyosini, so’ng ma’naviy, dunyo insoniyatni vujudga kelishiga olib keladi.
V.S.Solov’ev  qarashlarida ilohiy haqiqat, yaxshilik, go’zallik kabi ijobiy umumbirlikka to’liq
bilim asosida erishish mumkin. To’liq bilimga shshiy-empirik yoki ratsional vositalar bilan erishib
bo’lmaydi. Faqat bunga mistik (absolyut boshlanishni tan olgan holda) yo’l bilan erishish mumkin.
V.S.Solov’evning axloqiy nazariyasi shundan iboratki, insoniyat axloqiy mukammalikka faqat
Iisus Xristos ko’rsatgan axloqiy qadriyatlarga to’liq e’tiqod qilish orqali erishadi. Bundan tashqari,
insonda tabiiy hissiyotlar - uyat, achinish, muruvvatlilik kabi axloqiy normalar mavjud. Ammo ular
kishilardagi individual o’ziga xos axloqiy tamoyillarning yuqori ko’rsatgichlari shaklida namoyon
bo’lishi mumkin.
XIX   asrning   ikkinchi   yarmi   va   XX   asrda   rus   pravoslaviyasida   xristiashgakning   teologik
yangilash   tendentsiyasi   yuzaga   keldi.   Bunga   ilohiyotchilar,   faylasuf   olimlar   o’z   fikrlari   bilan
qatnashdilar.   Bularning   ichida   ilohiyotchi,   faylasuf  P.A.Florenskiy  (1882-1937)   o’zining   qator
ishlarini xristianlikdagi teologik-yangilanish falsafasiga bag’ishladi.
P.A.Florenskiy fikriga ko’ra, haqiqatni bilishga aqliy intiutsnya, diniy kechinmalar ayniyligi
asosida erishish mumkin. Bunda yuqoridan pastga, butunliqdan har xil cheksiz rivojlanish jaaryoni
sodir bo’ladi.

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish