Jismoniy va aqliy mehnat. Jismoniy mehnat deganda tayanch-harakat apparati va uning ishlashi uchun zarur tizimlar harakatini ta’minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan bog‘liq ishlab chiqarish faoliyatining turi tushuniladi. Jismoniy ish dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Dinamik ish-yukni yuqoriga, pastga, umuman olganda kuch sarf qilgan holda ko‘tarishdir. Fizik nuqtai nazardan ish miqdori fazoda o‘rni almashtiriladigan jism massasi (Sarflangan kuch) ning tik yoki fazoviy masofaga ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi.
Buni fizikaviy formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
, n m.
Statik ish – odamning fazoda tana, qo‘l va oyoqlarini o‘zgartirmagan holda kuch sarflab ishlashidir. Fazoda yuk ko‘tarilmasligi sababli bu ishni kilogramm-metrlarda o‘lchash mumkin emas, yuk massasini uni tutib turish davomiyligiga ko‘paytirib, ish vaqti mobaynida xronometrajlash bilan aniqlanadi. Statik yuk kattaligi sekundiga kilogrammlarda ifodalanadi, ya’ni
, kg sek.
Aqliy mehnat-odamning ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va ijodiy faoliyat bilan band bo‘lishidir.
Ortiqcha zo‘riqish, o‘ziga xos bajariladigan funksiyalarning bir xilligi va soddaligi, ayrim mehnat turlarining xususiyati hisoblanadi. Aqliy faoliyatning hamma hollarida asab tizimi, uning markaziy bo‘limlarining ishtirok etishi asosiy belgi sanaladi. Aksariyat aqliy mehnatni bajarish mushak faolligining pasayishi bilan birga o‘tadi. Mehnatning kuchiga, shuningdek, smena bilan ishlash rejasi ham ta’sir qiladi, muntazam ravishda ertalabki smenada bajariladigan ish kam kuch sarflanadigan mehnat, ish smenasi o‘zgarib turadigan, jumladan, tunda ishlash jarayonida ko‘p kuch sarflanadigan mehnat deyiladi.
“Inson - muhit” tizimida inson omili. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, asosiy prinsip va usullari
Ishlab chiqarishda “Inson-mashina-ishlab chiqarish” tizimida “Inson-muhit” – insonning ishlab chiqarish muhiti bilan bo‘ladigan munosabati asosiy o‘rinda turadi. CHunki muhit sog‘lom bo‘lsagina ishlab chiqarish yaxshi bo‘ladi.
Muntazam mashq qilib borish unumli ishlashning eng ishonchli usuli hisoblanadi. Mashq jarayonida ishdagi hatti-harakatlar takomillashadi, ular birmuncha tartibli va tejamli bo‘lib qoladi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish ham mehnat unumdorligini oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda avvalo, eng zamonaviy texnologiyadan, mashina, mexanizmlar va boshqa jihozlarning mukammal turlaridan foydalanishga, mehnatni to‘g‘ri tashkil qilishga asoslaniladi. Ayni vaqtda mehnat fiziologiyasi va ruhiyati talablariga rioya qilish uning ajralmas qismidir.
Uskunalarning nosozligi, materiallar, asbob-uskunalarning bo‘lmasligi sababli ishdagi majburiy tanaffuslar ish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahnat maromining buzilishi ishga berilish bosqichida erishilgan natijani yo‘qotishga sabab bo‘lib, ish qobiliyatining boshlang‘ich bosqichini birmuncha past darajaga qaytaradi. Qator korxonalarda maromli ishni joriy qilish mehnat unumdorligining 18-20 % ga oshishiga va umumiy hamda kasbga doir kasallanishning pasayishiga olib keladi.
Mehnat va dam olishning oqilona tartibini belgilash, ish qobiliyatini yuksak darajada saqlab turishning eng muhim sharti hisoblanadi. Mehnat tartibi deganda ish va dam olish davrlari(vaqtlari)ni taqsimlash tushuniladi.
Toliqish profilaktikasida so‘nggi vaqtda ergonomika (grekcha ergon-ish, nomos-qonun) degan nom bilan yangi yo‘nalish vujudga keldi. Bu fan mehnat unumdorligini oshirish, sog‘liqni muhofaza qilish, ishda xavfsizlikni va qulay sharoitni ta’minlash maqsadida odamni ishga moslashtirish uchun boshqa qator fanlarning ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan. Mashinalar va boshqa uskunalarni, jihozlarni ixtiro qilishda, ish joylarini uyushtirishda va rejalashtirishda fiziologik va psixologik talablarga rioya qilish ergonomikaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mashinalarni ixtiro qilishda ishlayotgan kishining ortiqcha harakatlardan holi etish, turli noqulayliklarga barham beradigan choralar ko‘zda tutilishi kerak. CHunonchi, ozgina engashib ishlashda quvvat sarfi atiga 22 % ga oshsa, ko‘proq engashib bajaradigan ishda 45 % ga oshadi. Boshqaruv qo‘l va oyoq bilan amalga oshiriladigan hollarda odamning oyoq va qo‘llari uchun mo‘ljallangan ish maydonining samarali o‘lchamlarini hisobga olish lozim. Masalan, ayrim ish turlarida xona bo‘ylab yuk ko‘tarish ishlari davriy ravishda talab etiladi, bunda ishchining bosib o‘tishi lozim bo‘lgan masofa yukning ko‘tarib borish va yuk qo‘yilgandan keyingi qaytib kelishi bo‘yicha bosib o‘tgan masofasi yig‘indisi hisoblanadi. ya’ni,
,
bu erda: – ishchining yuk ko‘targan holda bosib o‘tgan masofasi, m; – ishchining yuksiz bosib o‘tgan masofasi, m; – ishchining yuk tashish soni, marta. Bu masofa me’yoridan ortiqcha bo‘lib chiqsa, bu ishchiga qo‘shimcha tanaffus tashkil etilishi bilan ish unumi oshiriladi.
Ishlab chiqarish estetikasini joriy qilish: xonalarni ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘yoqda bo‘yash, yoritish, musiqa, intererni bezash toliqishning oldini olishda ruhiy fiziologik yo‘nalish hisoblanadi. Ko‘pchilik ishlab chiqarish binolarining yashil rangga bo‘yash maqsadga muvofiq, chunki bu rang ta’sirsiz bo‘lib, markaziy asab tizimini uyg‘otishga ham, tormozlashga ham sabab bo‘lmaydi. Asabga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatadigan ko‘k va havo rang bo‘yoqlar bilan issiqlikni ko‘p ajratadigan yoki shovqin hosil qiladigan xonalarni hamda uskunalarni bo‘yash maqsadga muvofiqdir. Qizil va sariq ranglar ko‘zga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun ulardan ishchilar qisqa ishlaydigan sozlash ishlarini bajarish vaqtidagina bo‘ladigan xonalarda foydalanish mumkin.
Mehnatni tibbiy sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarish muhitining gigienik talablarga muvofiq kelishi mehnat unumdorligini oshirish yo‘llaridan biri hisobalandi. CHang, gaz, shovqin va tebranishni kamaytirish, me’yoriy mikroiqlim sharoitlarini yaratish, bularning hammasi kasbga aloqador va kasbga aloqasi bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish uchungina emas, balki ish qobiliyatining yuksak bo‘lishi uchun ham zarur shart hisoblanadi.
Aqliy mehnatda ish qobiliyatini yuksak darajada tutib turish uchun quyidagi qator shartlarga rioya qilish: uxlashdan yoki dam olishdan so‘ng mehnat jarayoniga asta-sekin kirishish, mehnat faoliyati davrida dam olish davrlarini to‘g‘ri rejalashtirish va tashkillashtirish zarur. Bulardan tashqari, ish joyini qulayligi, gavda vaziyatini vaqtida o‘zgartirib turish imkoniyati borligi hamda ish sathining bir tekis yoritilishi ham muhim ahamiyatga ega.
Takrorlash uchun savollar:
Mehnat muhofazasi deb nimaga aytiladi?
Mehnat muhofazasi fani qanday masalalarni ko‘rib chiqadi?
Korxonada mehnat muhofazasini to‘g‘ri tashkil etish bilan nimalarga erishish mumkin?
Mehnat muhofazasi qaysi bo‘limlardan tashkil topgan?
Nima uchun mehnat muhofazasi fani bo‘limlarga bo‘lib o‘rganiladi?
Mehnat muhofazasining asosiy metodi metodi nimalardan iborat?
Ergonomikaning asosiy metodi metodi nimalardan iborat?
Ishlab chiqarish estetikasi va madaniyatining vazifasi nimalardan iborat?
Mehnat muhofazasi qaysi fanlar bilan bog‘langan?
Tayanch so‘z va iboralar:
Mehnat muhofazasi.
Mehnat muhofazasining ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligining ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligining ijtimoiy ahamiyati.
Hayot faoliyati xavfsizligining iqtisodiy ahamiyati.
Mehnat muhofazasining vazifasi.
Mehnat muhofazasining tarkibiy qismlari.
Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy terminlari.
Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini echishda chet el olimlarining o‘rni.
Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini echishda chet el olimlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |