Ma`ruzalar:
1-ma’ruza: Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash asoslari
Reja:
1.Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
2.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining mazmuni va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
3.Hayot faoliyati xavfsizligi masalalarini echishda Respublikamiz va chet el olimlarining ilmiy ishlari va qo‘shgan hissalari. A. Hayot faoliyati xavfsizligi tarkibiy qismlari va ularning tekshirish ob’ektlari. B. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Mehnat muhofazasining tekshirish(tadqiqot) ob’ektlari V. Hayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalari, ularning mazmuni Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy terminlari va tushunchalari, boshqa fanlar bilan aloqasi Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi, vazifasi G. Xavflar, ularning tasnifi.
4.Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari.
5.Faoliyat xavfsizligi psixologiyasi. Inson faoliyatining psixologik asoslari.
6.Xavfli omillar va ularning zararli omillardan farqi. D. “Inson - muhit”
tizimida inson omili.
7.Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari, asosiy
prinsip va usullari.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.
Hayot faoliyati xavfsizligi asosan insonning turmushda, mehnat faoliyati davrida yuzaga keladigan zararli va xavfli omillar ta’sirida salomatligini yo‘qotishi, kasb kasalligiga yo‘liqishi, jarohat olishi yoki baxtsiz hodisaga yo‘liqishi mumkin. SHuning uchun har bir kishi quyidagilarni bilishi kerak:
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining mazmuni va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fani Kasbiy ta’lim yo‘nalishlarining umumkasbiy fanlar blokidan o‘rin olgan bo‘lib, mehnatni muhofaza qilishning nazariy asoslarini o‘rgatadi.
Kishilik jamiyati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson ishlab chiqarish faoliyati davrida turli zararli, xavfli, psixo-fiziologik omillarning insonga salbiy ta’sirlaridan muhofazalash, ish unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash muammolari insoniyat oldida turgan eng asosiy ahamiyatga molik masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Barcha korxona va tashkilotlarda ishchi-xizmatchilarga qulay mehnat sharoitlari yaratish, ishlab chiqarish muhiti zararli omillarini me’yorlashtirish, kasb kasalliklari hamda jarohatlanishlarni kamaytirish va baxtsiz hodisalarni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish muammolarini muvaffaqiyatli hal etish hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy, bosh masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda jamiyatning har bir kishisi ma’lumoti, sohasi, yoshi, jinsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar hayot faoliyati xavfsizligidan muayyan darajadagi bilimga, tarbiya va madaniyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. Ayniqsa, bu borada o‘z oldiga pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan va yosh avlodni tarbiyalashga dahldor bo‘lgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan pedagog bakalavriat talabalariga boshqa fanlar qatori «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan chuqur, mukammal bilim berish muhim ahamiyatga ega.
Ushbu hayotiy zaruriyatdan kelib chiqib, so‘nggi yillarda bakalavriaturaning turli ta’lim yo‘nalishlari uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Oliy ta’limning barcha Davlat standartlarida «Hayot faoliyati xavfsizligi»ga keng o‘rin berilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining hozirgi kun talabi asosida o‘qitishda o‘qitishning turli zamonaviy usullaridan foydalanish zarur. CHunki zamonaviy ilmiy-texnika rivoji talablariga faqat har tomonlama chuqur tahlil etib ishlab chiqilgan mehnat muhofazasi majmua tizimigina javob bera oladi. Uning zamirida ishlab chiqarishga yuqori samarali va xavfsiz yangi texnika va texnologiyalar, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullarini tadbiq qilish yotadi. Ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kun talabidir. SHu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligi bilan Mehnat Vazirligining 1 mart 2000 yildagi 62 va 407.04-2 sonli qo‘shma buyrug‘ida bu masalaga alohida to‘xtalib, hatto bitiruv malakaviy ishlarining «Mehnatni muhofaza qilish» bo‘limini barcha mutaxassisliklarning bitiruvchilari tomonidan bajarilishi majburiyligi belgilab qo‘yilgan.
Barcha yo‘nalishlarda ta’lim oluvchi bakalavriat talabalariga «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanini o‘qitishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, ularga ishlab chiqarish bilan inson orasidagi o‘zaro aloqadorlikka xos bo‘lgan qonuniyatlarni yaxlit bir tizimda tadqiq etishni o‘rgatishdan iborat.
Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun talaba ongiga:
Ishlab chiqarish-inson va jamiyat bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan yaxlit funksional tizim ekanligini, inson va jamiyatning moddiy negizida ishlab chiqarish turishi, buning zamirida inson salomatligi yotishini, mehnatni muhofazalash hayotiy zaruriyat ekanligini, insonning mehnat qilishi bo‘yicha amal qilinishi zarur bo‘lgan qonunlarni, mavjud mehnat faoliyatlardagi muammolar va ularni oldini olish yo‘llarini, insonga ta’sir etuvchi turli darajadagi zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay yo‘qotishni hal etishning ilmiy asoslarini, mehnatni muhofazalashga bo‘lgan ongli va izchil ehtiyojni shakllantirish kabi masalalarni singdirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |