Qidiruv prognozi – ijtimoiy ob’ektning kelajagi qanday bo‘lishi mumkinligini
ko‘rsatish uchun tuziladigan prognoz. U rivojlanish qaysi yo‘nalishda yuz beradi, kelajakning
muayyan davrida prognoz ob’ektining holati qanday bo‘lishi mumkin, degan savollarga javob
beradi.
Normativ prognoz – boshqaruvni optimallashtirish yo‘llarining oqilona tashkil etilgan
tahlili. Bu prognoz obrazli qilib «teskari prognoz» deb ataladi, chunki unda o‘rganish teskari
yo‘nalishda – kelajakdan hozirgi davrga qarab amalga oshiriladi. Normativ prognoz qo‘yilgan
maqsadlarga erishish yoki qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak,
degan savolga javob beradi. Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar
xususiyatini butunlay o‘zgartirishga qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy
me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va mo‘ljallar amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |