1 Global muammolarning paydo bo‘lishi.
Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida
eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashyo
muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu
muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi.
Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan oldingi shunga o‘xshash muammolardan ular shunisi bilan
farq qiladiki, mazkur muammolar planetar xarakterga ega. XX arsning 40-yillardayoq
K.YAspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari bo‘lib qoldi,
vaziyat - umum insoniyatning vaziyatiga aylandi»
1
. Bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan har bir
hodisa, u ekologik tanglik bo‘ladimi, urushmi, ochlikmi, energetik va boshqa resurslarning
kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi bundan qat’iy nazar ular
endi lokal, mahalliy, milliy muammolar bo‘lib qolmay planeta miqyosidagi global xususiyat
kasb etmoqda.
Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl
qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki
bilangina hal etilishi mumkin.
XX asrgacha mavjud bo‘lgan muammolar hech qachon butun planeta hamjamiyatining
mavjudligiga xavf solmagan. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi
inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati
bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.
Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi:
1.
«jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq sabablar.
2.
Jamiyatning o‘zining ichidagi ijtimoiy tuzilmalar (individlar, ijtimoiy guruhlar,
davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar.
Global muammolar paydo bo‘lgan paytdan boshlab olimlar, siyosatdonlar, ijtimoiy va
xalqaro tashkilotlar e’tiborini jalb etdilar. SHu munosabat bilan global rivojlanishning turli-
tuman matematik va kompyuter modellari va prognozlari yuzaga kela boshladi.
1
Ясперс К. Смысл и назначение истории. М., 1994. 141-б.
XX asrning 70-yillarida olimlar, biznesmenlar va siyosatchilarni o‘z safida birlashtirgan
nohukumat tashkilot - Rim klubi tomonidan bir qator prognoz modellari yaratildi. Dastlabki ana
shunday matematik modellarning birinchisi faylasuf va kibernetik olim X.O‘zbekxon tomonidan
yaratilgan edi. Keyingi imitatsion model («Mir-1») Dj.Forrester tomonidan yaratilgan bo‘lib,
unda aholining ko‘payishi, kapital mablag‘larning, tabiiy resurslar, atrof-muhitning ifloslanishi
va oziq-ovqat muammolarining rivojlanishi hamda o‘sib borishi ko‘rsatilgan edi. Tez orada shu
olimning o‘zi tomonidan yanada takomillashtirilgan model - «Mir-2» yaratildi.
1972 yilda D.Medouz va Massachuset texnologiya institutining bir guruh yosh olimlari «Mir-
3» modelini yaratdilar va mazkur model Rim klubining «O‘sib borish chegaralari» nomli
ma’ruzasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Model 1900 yildan 2100 yilgacha bo‘lgan davrdagi
global rivojlanish jarayonlarini tasvirlar edi. Model mualliflari shunday xulosaga keldilar: agar
aholi o‘sishining, sanoatning, qishloq xo‘jaligining, tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishining
hamda atrof-muhitning ifloslanishining asosiy tamoyillari saqlanib qoladigan bo‘lsa, insoniyat
global tanglikka duchor bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |