Oziq-ovqat muammosi. Oziq-ovqat muammosi hozirgi paytda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi:
och qolayotganlar soni 1970 yilda 460 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990 yilda 550 millionga etdi.
2000 yilga bu ko‘rsatkich 650 million kishiga etishgan (sayyora aholisining 10%).
Hisoblarga qaraganda me’yordagi ovqatlanish uchun bir kishiga eng kamida 0,6 ga ishlov
beriladigan er to‘g‘ri kelishi lozim. Bu ko‘rsatkich esa hozirning o‘zidayoq me’yordan ikki
baravar (2000 yilda u 2,5 baravar kam bo‘ldi, ya’ni 0,23 - 0,15ga, ya’ni to‘rt baravar kamaydi,
shunda ham agar ishlov beriladigan erlar soni ilgarigi miqdorda qolsa). Faqat Osiyo va Afrika
mamlakatlarining o‘zidagina ochlikdan bir kunda 1200 tagacha kishi halok bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |