Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir
Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi.
Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi
savdo aloqalari rivojlandi, er ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi.
yirik vakili edi. U Niso (Ashxobod) shahri yaqinidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ildi. Al-Ijiy va
Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniy kabi mashhur olimlardan ta’lim oldi. Taftazoniy o‘ttiz yilga
yaqin davr ichida G‘ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Mavoraunnahrning boshqa shaharlaridagi
erkinligidir. Ma’lumki, iroda erkinligi masalasida ko‘plab faylasuflar har xil fikrlar bayon
etishgan va inson o‘z xulq-atvorida erkinmi, ya’ni ixtiyori o‘z qo‘lidami, degan savolga javob
topishga intilganlar.
Bilish nazariyasida Taftazoniyning qarashlari Ibn Sinonikidan farq qiladi. Masalan, Ibn Sino
narsa, hodisalar haqidagi ma’lumotlarni bilim deb bilsa, Taftazoniy ularni alohida his-tuyg‘u va
bilim o‘rtasidagi vositaviy bosqich deb tushunadi. Ashyolar va hodisalar mavjudligi tufayli ular
uyg‘otgan his-tuyg‘u shakllaridan bilim yuzaga keladi. CHunki hissiyot moddadan uning zaruriy
sifatlari va aloqalari bilan birgalikda tashqi qiyofasinigina qabul qilib oladi. SHu sababdan
mutafakkirning fikricha, hissiy tasavvurga ega bo‘lish uchun moddaning bo‘lishligi shartdir.
Lekin aqliy, mantiqiy bilish esa moddiy asosdan ancha uzoqlashgan bo‘lib, hissiy bilimlarga
qaraganda yuqoriroq bosqichda hosil bo‘ladi.
Taftazoniyning asarlari o‘z ilmiy qimmatini hozirda ham yo‘qotgani yo‘q.
Mir Sayyid SHarif Jurjoniyning (1339-1413) falsafiy qarashlari va mantig‘i. Amir Temur
tomonidan SHeroz fath etilishi munosabati bilan 1387 yilda u erdagi yirik olimlar qatorida
Samarqandga kelganlar orasida mashhur faylasuf va mantiqshunoslardan Ali ibn Muhammad
Mir Sayyid SHarif Jurjoniy ham bor edi. Jurjoniy yoshlik yillaridan SHarqda mavjud bo‘lgan
fanlarning barcha turlari bilan shug‘ullandi. Islom falsafasi va kalom, mantiq, til masalalaridan
tashqari tabiatshunoslikka doir barcha sohalarni qunt bilan o‘rganib, ular haqida katta ilmiy
asarlar yozib qoldirdi.
Jurjoniyning bizgacha «Borliq haqida risola» va «Dunyoni aks ettiruvchi ko‘zgu» deb
nomlangan falsafiy asarlari qo‘lyozma holida etib kelgan.
Borliq haqida ta’limot. Jurjoniyning dunyoqarashi, undan oldin o‘tgan salaflarinikidek, o‘rta
asrlardagi butun falsafiy masalalarni, chunonchi, borliq haqidagi ta’limot, koinot jumboqlari,
modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning xususiyatlari, jismoniy va ruhiy
munosabatlar, bilish muammolari, mantiqiy fikrlash haqidagi ta’limot, til va tafakkur aloqalari
va boshqalarni o‘z ichiga oladi. U koinot, inson va aqlni qamrab oluvchi dunyoning umumiy
manzarasini yaratishga harakat qildi.
Jurjoniy fikricha, vojib ul-vujud xudo bo‘lib, mumkin ul-vujud esa –moddiy olamdir. U
borliqning birinchi sababi sifatida vojib ul-vujudni, ya’ni xudoning borligini tan oladi. Uning
fikricha, mumkin ul-vujud o‘zining bor bo‘lishi uchun qandaydir tarzda bo‘lsa ham, biror bir
sbaabga ehtiyoj sezadi. U biror bir narsa tufayli, ya’ni birinchi sabab mohiyatiga ko‘ra, mumkin
ul-vujud darajasiga ko‘tariladi.
Jurjoniy javharni (substansiya) besh turga bo‘ladi: aql, ruh, birlamchi javxar, shakl va jism,
javxarlar vositasida narsalar sifatida qarab chiqadi. Jurjoniy tabiiy borliqni tasnif qilib, jismlarni
oddiy va murakkabga bo‘ladi. Murakkab jismlar to‘rt unsurdan tashkil topadilar, oddiy jismlar
yuqori va quyida joylashgan bo‘ladilar –sayyoralar va unsurlarning o‘zlari. YUkoridagi jismlar
nurli va nursiz bo‘lishlari mumkin, birinchilari sayyoralar va yulduzlar mohiyati bo‘lsa,
ikkinchilari –doiralar va ruhlardir. Murakkab jismlar o‘zlariga quyidagilarni, kamrab oladilar:
o‘smaydigan narslaar – minerallar, o‘sadigan ammo his-tuyg‘uga ega bo‘lib, xarakat ham
qiladigan, biroq nutqdan mahrum – hayvonlar, nutqqa ega bo‘lganlar –odamlar. Demak, Jurjoniy
aqidasicha, butun Dunyo yagona jism bo‘lib, uning turli a’zolari qonuniy ravishda bir-birlari
bilan bog‘langandirlar.
XV olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449)
edi. Movaraunnahr hukmdori bo‘lgan sulton Ulug‘bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga kata
e’tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix va
boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida Aflotun,
Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid SHarif Jurjoniy
va boshqa olimlarning asarlari katta o‘rin tutdi.
Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U Er yuzining har
qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy
tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil
fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini
tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash