Muhammad al-Xorazmiy (780-850) IX asrning eng yirik ensiklopedik olimi bo‘lib,
Xorazmda tug‘ilgan. U riyoziyot, astronomiya, jug‘rofiya sohalarida tadqiqotlar olib borib, ilmiy
ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. SHarqning birinchi Akademiyasi bo‘lgan Bag‘doddagi «Baytul
hikma» - «Donishmandlik uyi»da Al-Xorazmiy rahbarligi ostida Ahmad ibn Muhammad al-
Farg‘oniy, Ahmad ibn Abdulla al-Marvaziy, Xolid Marvarudiy, Abbos Javhariy kabi o‘sha
zamonning eng yirik olimlari xizmat qildilar. Xorazmiy qalamiga «Astranomik jadvallar», «Hind
hisobi haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Musiqa bo‘yicha risola» va boshqa
asarlar mansubdir. Xorazmiyning asosiy kashfiyoti algoritmni kashf etishi bo‘lib, u barcha
matematik tenglamalarni echishning umumiy vositasidir.
Al-jabr, ya’ni algebraning kashf etilishi bir-biriga qarama-qarshi munosabatda turgan ikki
miqdor: «ma’lum» va «noma’lum» ning dialektik tahlil qilish natijasidir. Har qanday tenglama
bu bir-birini inkor qiluvchi tushunchalarning dialektik birligidir. Qarama-qarshilikning birligi,
ma’lum va noma’lum, - bu masaladir. Ushbu qarama-qarshilikni echish – masalani echishdir.
Tenglamalar Xorazmiygacha ham ma’lum edi. Ammo u har safar, turlicha, yakka holda, ayrim
yo‘l bilan echilar edi. Xorazmiyning xizmati shunda ediki, u turli xususiy tenglamalar tahlili
asosida umumiy ko‘rinishni vujudga keltirdi. «Algoritm» so‘zi al-Xorazmiy ismining lotincha
talaffuzidir. Asosiy poydevorini Xorazmiy qo‘ygan algoritmlar nazariyasi bugungi kunda
zamonaviy matematika, informatika va kibernetikaning eng muhim qismidir.
Al-Xorazmiyning eng yirik asari uning astronomiyaga oid «Zij»idir. Bu asari 37 bob, 116
ta jadvaldan iborat.
SHaxamaiddin Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy (797-865) Farg‘onada
tug‘ilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoda, Iroq va Misrda ijod qildi. Uning asosiy tadqiqot mavzusi
astronomiya, jug‘rofiya, geodeziya sohalarida edi. U o‘z asarlarida o‘quvchini dunyoning
tuzilishiga doir ma’lumotlar bilan tanishtiradi, sayyoralar harakati, taqvim va jug‘rofiyani
sharhlab beradi. O‘z tadqiqotlarining natijalarini u arab, eron, yunon, fors, Misr va boshqa
mamlakatlar olimlarining ilmiy xulosalari bilan solishtiradi. Farg‘oniy fikricha, osmon doiraga
o‘xshashdir, negaki, samoviy jismlarning burchakli harakatlari tezligi bir xildir. Er ham doiradir.
Uning kattaligi osmon diametriga nisbatan ozginadir. Bu shu bilan tasdiqlanadiki, inson hamisha
osmonning teng yarmini ko‘radi. Quyoshning chiqishi va botishi turli kengliklarda quyidagicha:
qutblarda barcha qishki kechalar bir kechani tashkil etadi; bu erda yil bir kecha va kunduzga
teng, kunduz kun 6 oyga, qorong‘u kecha ham 6-oyga teng. Osmon ekvatorining doirasi ufq
doirasi bilan mos tushadi, zenit (osmonning kuzatuvchi boshi ustidan ko‘ringan eng yuqori
nuqtasi) esa qutb bilan mos tushadi.
Farg‘oniy sayyoralar harakatining tasnifini beradi. Sobit yulduzlarning harakati – bu barcha
sayyoralarga zarur bo‘lgan, yagona harakatdir. Quyosh ikki harakatda ishtirok etadi: g‘arbdan
sharqqa tomon va ekliptika (Erning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislik) qutblari atrofida.
Oy beshta aylanma harakatlarda ishtirok etadi. Osmon doirasidagi ekliptika bilan ekvator
o‘rtasidagi eng aniq burchak hisobining natijalaridan biri Farg‘oniyga tegishlidir
2
.
O‘zining ensiklopedik (hamma tomonlama) bilimlari sharofati bilan «SHarq Arastusi» va
«Ikkinchi muallim» (Arastudan keyin) unvonlariga sazovor bo‘lgan Abu Nasr ibn Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |