Zokirjon Furqatning ma’rifatparvarlik qarashlari uning «Ilm xosiyati», «Aql majlisi
xususida», «Vistavka xususida» va boshqa mashhur she’rlarida o‘z ifodasini topgan. U
madaniyatning otashin targ‘ibotchisi edi. Evropa madaniyatiga katta ahamiyat berib, ilg‘or
xalqlar safidan joy olish uchun yoshlarni bilim egallashga chaqiradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziyva Qoraqalpoq shoiri Berdimurod Berdaq(1827-1900) lar ijodida
nafaqat xalqni ma’rifatli qilish masalalari, shu bilan birga, hurriyat va adolatga intilish, Vatanga
muhabbat, ma’naviy-axloqiy mavzular ham o‘z aksini topdi.
Xullas, XIX-XX asr boshlaridagi ilg‘or shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar va jamoat
arboblarining ijodi komil inson, erkin jamiyat haqidagi g‘oyalarni rivojlantirdi va
mustamlakachilikka qarshi kurash g‘oyasi yo‘lidagi ilg‘or milliy tafakkurning shakllanishida
falsafiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |