8.3-jadval 1 kg suyuqlikni normal atmosfera bosimida va qaynash temperaturasida to‘la bug‘ga aylantirish uchun kerak bo‘ladigan issiqlik miqdoriga solishtirma bug‘lanish issiqligi deyiladi va r bilan belgilanadi. Masalan, 1000C temperaturadagi 1 kg suvni 1000C li bug‘ga aylantirish uchun 2,3 MJ issiqlik kerak bo‘ladi. Suv uchun solishtirma issiqlik sig‘imi ancha katta bo‘lgani uchun ham Quyosh ta’sirida hech qachon okeanlardagi barcha suv to‘la bug‘lanib ketmas ekan. Boshqacha aytganda, okeanlardagi suv planetamizni 1000C dan qizib ketmasligini oldini olar ekan.
Normal atmosfera bosimida va qaynash temperaturasida turgan m massali suyuqlikni to‘la bug‘lash uchun kerak bo‘lgan issiqlik quyidagicha bo‘ladi:
Bug‘lanish jarayoniga teskari jarayon–bu kondensatsiyalanishdir. Suyuqlik bug‘langanda qancha issiqlik yutilgan bo‘lsa, kondensatsiyalanganda esa o‘shancha issiqlik ajralib chiqadi. Yozgi mavsumda dengiz va okeanlardan suv bug‘lansa, kuzgi va qishki mavsumda esa o‘sha bug‘langan suyuqlik yomg‘ir va qor ko‘rinishida kondensatsiyalanib qaytib tushadi.
Erish temperaturasi nisbatan yuqoriroq bo‘lgan qattiq jismlarni qizdirganda shunday hodisa ro‘y beradiki, jism yuza qismidagi molekulalar erimasdan turib bug‘ga aylanib ketadi. Boshqacha aytganda tashqaridan berilgan issiqlik birdaniga uni bug‘lashga etarli bo‘lib qoladi. Qattiq jismning erimasdan turib bug‘ga aylanish hodisasi sublimatsiya deyiladi.
4) Solishtirma issiqlik sig‘imi. Jismni isitish va sovitish jarayonida jism ichki energiyasi o‘zgarishining modda turiga bog‘liqligini xarakterlaydigan c kattalikka solishtirma issiqlik sig‘imi deyiladi.
1 kg moddaning temperaturasini 10C ga isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdoriga solishtima issiqlik sig‘imi deyiladi va c bilan belgilanadi.
Solishtirma issiqlik sig‘imi moddaning agregat holatiga bog‘liq. Masalan, muz uchun cmuz=2100 J/(kg∙K) bo‘lsa, suv uchun cmuz=4200 J/(kg∙K) ga teng. Undan tashqari gazni qizdirganda solishtirma issiqlik sig‘imining qiymati qaysi jarayonda qizdirilayotganiga bog‘liq bo‘ladi. Qattiq jismlarda esa solishtirma issiqlik sig‘imining qiymati juda past temperaturalarda ancha kichik bo‘lib, temperatura ortishi bilan ortib boradi. Odatdagi temperaturalarda esa bu o‘zgarish sust bo‘ladi. Solishtirma issiqlik sig‘imining jadvallarda beriladigan qiymati normal sharoitlardagi o‘rtacha qiymat bo‘lib, quyida jadvalda berilgan.