Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


II. Issiqlik miqdori. Moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imlari



Download 0,61 Mb.
bet2/10
Sana30.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#518650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-Taqdimot

II. Issiqlik miqdori. Moddalarning solishtirma issiqlik sig‘imlari.
Issiqlik almashinuvi jarayonida jism ustida mexanik ish bajarmasdan olingan yoki berilgan energiyaga issiqlik miqdori deyiladi. Issiqlik miqdori Q bilan belgilanadi. Issiqlik miqdori uzatilgan energiya bo‘lgani uchun uning o‘lchov birligi ham xuddi energiya kabi J (joul) larda o‘lchanadi. Jismni isitish, eritish, bug‘lash uchun albatta unga issiqlik uzatish kerak bo‘ladi. Shuningdek, yonuvchi biror maxsulot yonganda ham atrofga issiqlik ajraladi. Ana shu turdagi issiqliklar bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
1) Solishtirma yonish issiqligi.
Yonuvchi moddalarning yonish jarayoni–bu ximiyaviy jarayon bo‘lib, asosan bunda maxsulot tarkibidagi uglevodorodli birikmalar havodagi kislorod molekulalari bilan birikishi yoki parchalanib qayta birikmalar hosil qilish hodisasidir. Yonish jarayoni ekzotermik reaksiya bo‘lib, issiqlik ajralishi bilan kechadi.
1 kg yonuvchi maxsulot to‘la yonganda ajralib chiqadigan energiyaga solishtirma yonish issiqligi deyiladi va q bilan belgilanadi. Solishtirma yonish issiqligi–modda yonishidan hosil bo‘lgan issiqlikni modda turiga bog‘liqligini xarakterlaydigan kattalikdir. Masalan, 1 kg benzin yoki kerosin to‘la yonganda 44 – 46 MJ issiqlik ajralib chiqar ekan. Ichki yonish dvigatellarida xuddi ana shu issiqlikni mexanik energiyaga aylantirib foydali ishlar olinadi. Quyida jadvalda yonuvchi ba’zi maxsulotlarning solishtirma yonish issiqliklari berilgan.

Yonilg‘i

q, MJ/kg

Yonilg‘i

q, MJ/kg

Benzin

46

Toshko‘mir (AI markali)

20,5

Dizel yonilg‘isi

42

Porox

3

Kerosin

43,1

Etil spirti

27,1

Pista ko‘mir

29,7

Shartli yonilg‘i

29,3

Toshko‘mir (AII markali)

30,3



8.1-jadval
m massali yonuvchi maxsulot to‘la yonganda ajralib chiqadigan issiqlik quyidagicha bo‘ladi:
2) Solishtirma erish issiqligi.
Har qanday qattiq jismni isitib borsak qaysidir temperaturadan boshlab suyuqlikka aylana boshlaydi. Amorf jismlarda erish ma’lum temperaturalar oralig‘ida kechsa, kristall tuzilishga ega bo‘lgan jismlar esa aniq erish temperaturasiga ega bo‘ladi.
1 kg kristall jismni erish temperaturasida va normal atmosfera bosimi sharoitida suyuqlikka aylantirish uchun kerak bo‘lgan energiyaga solishtirma erish issiqligi deyiladi va λ bilan belgilanadi. Solishtirma erish issiqligi–kristall tuzilishga ega bo‘lgan jismni eritish uchun kerak bo‘lgan issiqlikni modda turiga bog‘liqligini xarakterlaydigan kattalikdir. Masalan, 00C temperaturadagi 1 kg muzni eritib 00C li suvga aylantirish uchun 330 kJ issiqlik kerak bo‘ladi. Solishtirma erish issiqligining qiymati ancha katta bo‘lgani uchun ham qishki mavsumda dengiz va okeanlardagi barcha suv muzlab qolmas ekan. Boshqacha aytganda, okeanlardagi suv sayyoramiz juda sovib ketmasligini oldini olar ekan. Quyida jadvalda ba’zi kristallarning solishtirma erish issiqliklari berilgan.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish