Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


Qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tishda entropiya o‘zgarishi



Download 0,8 Mb.
bet4/9
Sana05.07.2022
Hajmi0,8 Mb.
#742839
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-Taqdimot

Qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tishda entropiya o‘zgarishi.
Shu paytgacha bizga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra bu o‘tishda quyidagi to‘rtta faktni sanab keltirish mumkin:
1-fakt: qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tishni – erish (yoki suyulish) deb, teskari o‘tishni esa – qotish (yoki kristallanish) deb ataladi;
2-fakt: erishda sistema issiqlik yutadi, qotishda esa issiqlik ajratadi;
3-fakt; erish (yoki qotish) jarayonida sistema to‘la qotmagunga qadar (yoki suyulmagunga qadar) temperatura o‘zgarmaydi;
4-fakt; dm massali qattiq jismni eritish uchun massaga proporsional bo‘lgan δQ issiqlik miqdori kerak bo‘ladi.
Erish yoki qotish jarayonida entropiya o‘zgarishini hisoblaylik.
Bu yerda: Ter – qattiq jismning erish temperaturasi; ± -shoradan esa qattiq jism eriyotganda (+) ishorani, suyuqlik qotayotganda (-) ishorani olush kerakligini bildiradi.
Boshqacha aytganda, erishda entropiya ortadi, qotishda esa entropiya kamayadi. Erish temperaturasida turgan qattiq jismning entropiyasi u erigandagiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Buni shunday tushuntirish mumkin: qattiq holatda har bir molekula yoki atom kristall yacheyka tugunidagina tebranma harakat qilib turadi, ya’ni cheklangan fazo hajmidagina bo‘la oladi. Suyuqlikda esa tanlangan molekula yoki atom biror lokal holatdan boshqasiga vaqti-vaqti bilan ko‘chib turadi, ya’ni kattaroq hajmda bo‘la oladi, imloniyati qattiq holatdagidan ko‘ra kattaroq. Shu ma’noda qattiq jism molekulalarini tartibliroq, suyuqlik molekulalarini esa betartibroq deyish mumkin.
Masalan, m=1 kg massali erish temperaturasida turgan kristallni to‘la eritish uchun entropiya o‘zgarishini hisoblaylik.
Suyuq fazadan gazsimon fazaga o‘tishda entropiya o‘zgarishi.
Bu o‘tish ham oldingi o‘tishdagi kabi barcha xossalarga ega. Bu o‘tishda ham bizga ma’lum quyidagi to‘rtta faktni sanab o‘tish mumkin:
1-fakt: suyuq fazadan gaz fazaga o‘tishni – bug‘lanish deb, teskari o‘tishni esa – kondensatsiyalanish deb ataladi;
2-fakt: bug‘lanishda sistema issiqlik yutadi, kondensatsiyalanishda esa issiqlik ajratadi;
3-fakt; bug‘lanish (yoki kondenatsiyalanish) jarayonida sistema to‘la bug‘lanmagunga qadar (yoki kondensatsiyalanlmagunga qadar) temperatura o‘zgarmaydi;
4-fakt; dm massali suyuqlikni bug‘lash uchun massaga proporsional bo‘lgan δQ issiqlik miqdori kerak bo‘ladi.
Bug‘lanish yoki kondensatsiyalanish jarayonida entropiya o‘zgarishini hisoblaylik.
Bu yerda: Tqay – suyuqlikning qaynash temperaturasi; r – suyuqlining solishtirma bug‘lanish issiqligi; ± shoradan esa suyuqlik bug‘lanayotganda (+) ishorani, gaz kondensatsiyalanayotganda esa (-) ishorani olush kerakligini bildiradi.
Boshqacha aytganda, bug‘lanishda entropiya ortadi, kondensatsiyalanishda esa entropiya kamayadi. Qaynash temperaturasida turgan suyuqlikning entropiyasi u bug‘langandagiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Buni shunday tushuntirish mumkin: suyuq va gaz holatining har ikkisida ham tanlangan bror molekula yoki atom fazoning barcha qismida harakatlanish imkoniga ega bo‘lsa-da, lekin, suyuqlikda bu imkoniyat kamroq.
Chunki, suyuqlik molekulalari yoki atomlari o‘troqlashib-o‘troqlashib sakrashsimon harakat qiladi, ya’ni gaz molekulalari kabi shiddat bilan harakat qilish imkoni biroz cheklangan. Shu ma’noda suyuqlik molekulalarini tartibliroq, gaz molekulalarini esa betartibroq deyish mumkin.
Masalan, m=1 kg massali normal bosimda qaynab turgan suyuqlikni to‘la bug‘ga entropiya o‘zgarishini hisoblaylik.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish