Erishda bo‘Iadigan issiqlik hodisalari Diffuziya hodisasi



Download 20,3 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2022
Hajmi20,3 Kb.
#862468
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu qurilish kimyo


5-Mavzu : Erishda boladigan issiqlik hodisalari.Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari
Reja:
1 Erishda bo‘Iadigan issiqlik hodisalari
2 Diffuziya hodisasi
3 Eritmalarning asosiy xarakteristikasi ularning konsentratsiyasidir
Erishda bo‘ladigan issiqlik hodisalari :Moddalarning erishida issiqlik effekti sodir bo'ladi: moddaning
tabiatiga qarab issiqlik chiqadi yoki yutiladi. Suvda masalan, kaliy
gidroksid, sulfat kislota eriganida eritma qattiq qizib ketadi, ya’ni
issiqlik chiqadi, ammoniy nitrat eritilganda esa eritma qattiq soviydi,
ya ’ni issiqlik yutiladi. Birinchi holda ekzotermik jarayon (H<0),
ikkinchi holda esa endotermik (H>0) jarayon amalga oshadi. Erish
issiqligi H= bu 1 mol modda eriganda ajralib chiqadigan yoki
yutiladigan issiqlik miqdoridir. Masalan, kaliy gidroksid uchun H°= —55,65 kJ/mol, ammoniy nitrat uchun esa H=+26,48 kJ/mol.
Erigan moddaning erituvchi bilan kimyoviy o'zaro ta’siri
natijasida solvatlar deyiladigan (erituvchi suv bo'lganida gidratlar
 deyiladi) birikmalar hosil bo'ladi. Bunday birikmalarning hosil
bo'lishi jihatdan eritmalar kimyoviy birikmalarga o'xshaydi.
Rus kimyogari D. I. Mendeleyev eritmalarning
kimyoviy nazariyasini yaratdi va uni juda ko'p tajriba
ma’lumotlari bilan asoslab berdi; bu ma’lumotlar uning 1887-
yilda rus tilida bosilib chiqqan «Suvdagi eritmalarni solishtirma
og'irligiga ko'ra tekshirish» nomli kitobida bayon qilingan. Mendeleyev
bu kitobida «Eritmalar kimyoviy birikmalar bo'lib, erituvchi va
modda orasida ta’sir etadigan kuchlar bilan aniqlanadi», deb yoz
gan edi. Endilikda bu kuchlarning tabiatini biz bilamiz.
Gidratlanishga (suv bilan birikishga) ayniqsa ionlar ko'proq
moyil bo'ladi. Ionlar suvning qutbli molekulalarini biriktirib oladi,
natijada gitratlangan ionlar hosil bo'ladi. Shu sababli,
masalan, eritmada mis (II) ioni havorang, suvsiz mis sulfatda u
rangsiz bo'ladi. Bunday birikmalarning ko'pchiligi beqaror bo'lib,
ularni erkin holda ajratib olish vaqtida oson parchalanib ketadi;
lekin ko'pchilik hollarda puxta birikmalar hosil bo'ladi; ularni
eritmadan kristallga tushirish yo'li bilan oson ajratib olish mumkin.
Bunda tarkibida suv molekulalari bor kristallar cho'kmaga tushadi.
Tarkibida suv molekulalari bor kristall moddalar kristall
gidratlar, ularning tarkibiga kiradigan suv esa kristallanish suvi
deb ataldi. Ko'pchilik tabiiy minerallar kristallgidratlar hisoblanadi.
Qator moddalar (shu jumladan, organik moddalar ham) sof
holda faqat kristallgidratlar shaklida olinadi. D. I. Mendeleyev sulfat
kislota gidratlarining, shuningdek, boshqa moddalar gidratlari-
ning mavjudligini isbotladi.
Suyuq eritmalar o'zgarmas tarkibli kimyoviy birikmalar bilan
mexanik aralashmalar orasidagi holatni egallaydi. Ular kimyoviy
birikmalar kabi bir jinsli bo'lib, issiqlik hodisalari bilan xarak-
terlanadi, shuningdek, ularda ko'pincha kontraksiya ham kuzatiladi suyuqliklar arralashtirilganda hajmi qisqaradi. Ikkinchi tomondan,
eritmalar kimyoviy birikmalardan farq qilib, tarkibning doimiylik
qonuniga bo'ysunmaydi. Ularni aralashmalar kabi tarkibiy qismlarga
oson ajratish mumkin. Erish jarayoni fizik-kimyoviy jarayon,
eritmalar esa fizik-kimyoviy sistemalardir.
D. I. Mendeleyev 40 yilga yaqin ilmiy ishini eritmalarni o'rganish) bag'ishladi. U yaratgan eritmalarning kimyoviy nazariyasi nihoyatda unumli
bo'ldi. Shu nazariya asosida yangi ilmiy fanlar — fizik-kimyoviy nali.
kompleks birikmalar kimyosi, suvsiz eritmalar elektrokimyosi kabi fani;
vujudga keldi. Hozirgi vaqtda bu nazariya umum tomonidan e’tirof etilgan.

Download 20,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish