Маърузачи: Физика ўқитувчиси Дусмуратов Мансур Байсоатович


III. Zamonaviy IYoD lar hamda reaktiv dvigatellari haqida tushuncha



Download 1,76 Mb.
bet5/9
Sana22.04.2022
Hajmi1,76 Mb.
#572615
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
11-Taqdimot

III. Zamonaviy IYoD lar hamda reaktiv dvigatellari haqida tushuncha.
Ichki yonuv dvigateli haqida qisqacha ma’lumot.
Yoqilg‘ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradigan qurilmaga ichki yonuv dvigateli (IYoD) deyiladi. Boshqacha aytganda ichki yonuv dvigatellari issiqlikdan harakat olish uchun mo‘ljallangan. IyoDlar 4ta sistema (o‘t oldirish sistemasi, ta’minlash sistemasi, sovitish sistemasi, moylash sitemasi) va 2ta mexanizm (krivoship-shatun mexanizmi, gaz taqsimlash mexanizmi) dan iborat. Dvigatellar taktlar soniga qarab (2 taktli, 4 taktli), shamollatish turiga qarab (tabiiy shamol yoki ventilyator yordamida sovitiladigan), ishlatiladigan yoqilg‘i turiga qarab (gazda, benzinda, dizel yoqilg‘isida ishlaydigan), aralashma hosil qilish turiga qarab (slindr ichkarisida, slindr tashqarisida), o‘t oldirish turiga qarab (karbyuratorli, forsunkali), slindrlarning joylashishiga qarab (slindrlari bir qator, 1800 burchak tashkil qiluvchi, V simon) turlanadi.
IYoDlar aralashma hosil qilish turiga qarab 2 turga bo‘linadi:
1) aralashma silindrdan tashqarida hosil qilinadigan (karbyuratorli) dvigatel. Karbyuratorli dvigateli benzinda yoki gazda ishlaydi. Uni birinchi bo‘lib 1867-yilda nemis ixtirochisi N.Otto kashf qilgan.
2) aralashma slindr ichkarisida hosil qilinadigan (dizel) dvigatel. Dizel dvigateli solyar moyida ishlaydi. Uni birinchi bo‘lib nemis ixtirochisi 1897-yilda R.Dizel kashf etdi.
IyoDlar slindrlarning joylashishiga qarab 3 turga bo‘linadi (11.3-rasm):
1) slindrlari bir qator joylashgan;
2) slindrlari 1800 burchak tashkil qiluvchi;
3) slindrlari V simon.
a)
b)
c)
11.4-rasmda IyoDlarning asosiy ish bajaruvchi qismi tasvirlangan. Bunda 1–slindr, 2–porshen, 3–shatun, 4–tirsakli val (krivoship), 5–shatun va krivoship mahkalanadigan bo‘yin, 6–yonish kamerasi, 7–kiritish klapani, 8–chiqarish klapani, 9–alangalatgich (svecha).
11.3-rasm
IYoDlarning bir ish sikli to‘rtta taktdan iborat bo‘lib, har bir takt tirsakli valning yarim aylanishidan iborat. Demak, bir ish sikli tirsakli valning ikki aylanishidan iborat ekan. Har bir taktning vazifasi bilan qisqacha tanishib o‘taylik (11.4-rasm).
Birinchi takt (so‘rish takti)­─porshen pastga qarab harakatlanadi va silindrga kirituvchi klapan orqali karbyuratorda tayyorlangan benzin-havo aralashmasini so‘rib kiradi. Bu taktda porshen yuqorigi chetki nuqta (Yu.Ch.N.)dan pastki chetki nuqta(P.Ch.N.)ga tirsakli valning yarim aylanishi natijasida tushib boradi.
11.4-rasm
Ikkinchi takt (siqish takti)­─porshen yuqoriga qarab harakatlanadi. Kirituvchi klapan berkilib, aralashma taxminan 4–7 marta siqiladi. Taktning oxirida bosim 6–12 atm. ga, temperatura esa 200–4000C gacha yetadi. Bu taktda porshen P.Ch.N.dan Yu.Ch.N.ga tomon tirsakli valning yarim aylanishi natijasida chiqib boradi.
Uchinchi takt (yonish yoki ishchi takti)­─taktning boshida elektr uchqun yordamida yonuvchi aralashma yondiriladi (dizel dvigatellarida katta bosim tufayli o‘z-o‘zidan alangalanish sodir bo‘ladi) va portlash natijasida temperatura 1600–18000C gacha, bosim esa 25–50 atm. gacha etadi. Natijada porshen kuchli tepki olib tez pastga qarab harakatlanadi va o‘zining energiyasini tirsakli valga uzatadi. Tirsakli val esa bu harakat energiyasini maxovikka, uzatmalar qutisi va kardan val orqali yetakchi g‘ildiraklarga uzatadi. Ana shundan avtomobillar harakatga keladi. Bu taktda porshen Yu.Ch.N.dan P.Ch.N.ga tirsakli valning yarim aylanishi natijasida tushib boradi.
To‘rtinchi takt (chiqarish takti)­─porshen yuqoriga harakatlanib, ish bajargan 400–6000C temperaturali gaz qoldig‘ini so‘ndirgich va chiqarish trubasi orqali atmosferaga siqib chiqaradi. Bu taktda porshen P.Ch.N.dan Yu.Ch.N.ga tomon tirsakli valning yarim aylanishi natijasida chiqib boradi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish