- ARTERIAL QON BOSIMI
- Sistolik, diastolik, puls va o'rtacha bosim. Arteriyalarninf asosiy vazifasi qonning kapillyarlardagi uzluksiz harakatini ta'minlash uchun doimiy bosimni hosil qilishdan iborat.
- Arteriyalardagi bosim (P) yurakning qisqarishi natijasida arteriyalarga chiqadigan qon hajmiga (Q) va mayda arteriyalar, arteriolalar, hamda kapillyarlarda qon oqimiga bo'lgan qarshilikka ® bog'liq. Bu bog'lanish oddiy P = Q x R tenglarna bilan ifodalanadi.
- Arteriyalardagi qon bosimi doim bir xilda turmay, o'rtacha bir miqdordan ko'tarilib-tushib turadi. Qonli usulda qayd qilingan arterial bosim egri chizig'ida bu o'zgarishlar uch xil to'lqin shaklida kuzatiladi.
ARTERIAL PULS - ARTERIAL PULS
- Arteriyalardagi bosimning sistolada ko'tarilishiga bog'liq bo'lgan arteriya devorlarining ritmik tebranishi arterial puls, deb ataladi. Puls to'lqini (boshqacha aytganda, bosimning ko'tarilish to'lqini) aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so'nadi.
- Puls to'lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog'liq emas. Arteriaylarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmaydi, yosh va o'rta yashar odamlarda puls to'lqinining tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/s, periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/s ga yetadi. Aorta va yirik arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikkita asosiy qism: ko'tarilish – anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi. Katakrota qismida chuqurcha (insizura) va dikrotik ko'tarilishni ko'riish mumkin. Insizura va dikrotik ko'tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni yopib, orqaga qaytishiga bog'liq.
- Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo'llaniladi. Bunda uning bir qancha xususiyatlariga, jumladan chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga ahamiyat berish kerak.
- VENALARDA QONNING HARAKATI
- Venalarda qon harakati umuman qon qylanishining muhim omili hisoblanadi, chunki diastola vaqtida yurakning qon bilan to'lishi shu omil bilan bbelgilanadi. Venalarning muskul qavati uncha qalin bo'lmaganidan, ularning devori arteriyalar devoriga qaraganda ko'proq cho'ziladi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo'lganda ham, devori ancha cho'ziladi va ularda talaygina qon to'planib qolishi mumkin.
- Venoz bosim va venalarda qonning oqish tezligi. Venalarda bosim tez pasayadi. Postkapillyarlarda bosim 20 mm s.u. da bo'lsa, mayda venalarda 12-15 mm.s.u. da bo'ladi. Ko'krak qafasidan tashqaridagi yirik venalarda bosim 5-6 mm.s.u. ga teng, venalarning o'ng bo'lmachaga o'tadigan qismida bundan ham past, ya'ni 2-5 mm.s.u. ga teng. Nafas olganda 0 atrofida bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |