- YURAK FAOLIYATINING REFLEKTOR BOSHQARILISHI
- Markaziy nerv tizimining deyerli hamma qismlari yurak faoliyatini boshqarishda ishtirok etishini ko'rdik. Ammo bu markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi impulslar hosil bo'lishi uchun sabab kerak. Bu sabablar juda xilma-xil bo'lib, ularning paydo bo'lishi to'g'risidagi ahborotni markaziy nerv tizimiga turli retseptorlardan keladigan afferent impulslar yetkazadi. Ularga javoban markazlarda yurak faoliyatini o'zgartiruvchi efferent impulslar shakllanadi. Demak, yurak faoliyati reflektor yo'l bilan boshqarilib turar ekan. Yurak reflekslarining efferent yo'llari ikkita – bu adashgan va simpatik nerv tolalaridir. Afferent yo'llari juda ko'p. Ular turli intero- va eksteroretseptorlardan boshlanadi.
- YURAK FAOLIYATINING GUMORAL BOSHQARILISHI
- Bir qator bioligik faol moddalar, asosan gormonlar va ba‘zi kationlar yurak faoliyatining gumoral boshqarilishida ishtirok etadi. Bunda adrenalin juda muhim ahamiyatga ega. Adrenalin buyrak usti bezlaridan qonga o‘tar ekan, hayajonlanish, jismoniy va ruhiy zo‘riqish jarayonlari tezlashadi. Gormon kardiomitsitlarning β-adrenoretseptorlariga ta‘sir qilib, hujayraning adenilatsiklaza fermentini faollaydi. Natijada nofaol fosforilazani faol holatga o‘tishi uchun zarur bo`lgan sAMF hosil bo`lishi tezlashadi. Fosforilaza esa glikogenni glyukozaga parchalab, miokardni energiya manbai bilan ta‘minlaydi. Bundan tashqari, adrenalin ta‘sirida membranalarning kalsiy uchun o‘tkazuvchanligi oshadi.
Me‘da osti bezi gormoni glyukagon ham adenilatsiklazani faollab, yurakning qisqarishlar kuchini oshiradi. Yana bir qator peptid va aminlar (kortikosteroidlar, angiotenzin, serotonin) yurakka musbat inotrop ta‘sir ko‘rsatadi. - Me‘da osti bezi gormoni glyukagon ham adenilatsiklazani faollab, yurakning qisqarishlar kuchini oshiradi. Yana bir qator peptid va aminlar (kortikosteroidlar, angiotenzin, serotonin) yurakka musbat inotrop ta‘sir ko‘rsatadi.
- Qalqonsimon bez gormonlari simpatik nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini oshirib, yurakning urish sonini ko‘paytiradi.
- Yurak atrofidagi muhitning ion tarkibi o‘zgarishi uning faoliyatini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Ajratilgan yurak kaliyga boy eritmaga solib qo‘yilsa, uning qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligi pasayadi, tolalari bo‘shashib, cho‘zilib ketadi, yurak diastolada to‘xtaydi. Kaliyning kamayib ketishi aritmiya paydo qiladi.
- Kalsiy ionlari ko‘p bo`lsa, yurak qisqarishlari avval kuchayadi, keyin esa yurak sistolada to‘xtab qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |