- YURAK ZARBI VA TONLARI
- Yurakning qo‘zg‘alishi elektr potensiallarni hosil qilsa, uning qisqarishi yurak zarbi va tonlarini yuzaga chiqaradi.
- Chap tomondagi beshinchi qovurg‘a oralig‘iga qoini bosilsa, yurak zarbini sezish mumkin. Bu zarb sistola vaqtida yurak holatining o‘zgarishidan paydo bo`ladi. Yurak qisqarar ekan, deyarli qattiq bo`lib qoladi va chapdan o‘ngga sal buriladi. Chap qorincha ko‘krak qafasiga urilib, uni bosadi. Ana shu bosim zarb bo`lib seziladi. Yurak ishlab turganda o‘ziga xos tovushlar eshitiladi. Bu tovushlar yurak tonlari, deb ataladi. Ularni stetoskop yordamida eshitish, fonokardiograf yordamida magnit tasmasiga yozib olish mumkin.
- Yurakning birinchi toni. Qorinchalar sistolasida eshitilganidan u sistolik ton, deb ataladi.
- QONNING SISTOLIK VA DAQIQALIK HAJMLARI
- Odamning to‘xtovsiz ishlaydigan yuragi arteriyalarga bir kecha-kunduzda 10 tonnaga yaqin, bir yilda 4000 tonna, umr mobaynida o‘rtacha 300000 tonna qonni haydab chiqaradi. Har sistolada yurakdan chiqadigan qonning hajmi 65-70 ml ga teng. Bunga sistolik hajm deyiladi.
- Odamning yuragi tinch holatda daqiqada 70-75 marta uradi. Demak, 1 daqiqada yurak 4,5-5,0 litr qonni haydaydi. Bu qonning daqiqalik hajmini tashkil qiladi.
- Daqiqalik hajmni topishning eng aniq usulini Fik (1870 yilda) taklif etgan. Bu hajmni aniqlash uchun quyudagilarni bilish lozim: 1) arterial va venoz qondagi kislorod miqdorida bo`lgan farqni; 2) odam organizmi bir daqiqada yutadigan kislorod hajmini.
- Masalan, 1 daqiqada o‘pka orqali qonga 400 ml kislorod o‘tgan va kislorodning miqdori venoz qonda arterial qonga nisbatan 8 hajm% kam. Demak, 100 ml qon o‘pkadan o‘tayotib, 8 ml kislorodni biriktirib oladi. 400 ml kislorodni biriktirish uchun esa 5000 ml qon kerak.
- 100 x 400 = 5000 ml
4. Yurak faoliyatining boshqarilishi - Yurak ishi juda o'zgaruvchan bo'lib, doimo organizmning qon aylanishiga bo`lgan talabiga moslashib turadi. Bu moslashuvni bir qator boshqaruv mexanizmlari ta'minlaydi. Ularning bir qismi yurakning o'zida – yurak ichi (intrakardial) mexanizmlar, qolganlari esa – yurakdan tashqari (ekstrakardial) mexanizmlardir.
- INTRAKARDIAL BOSHQARUV MEXANIZMLARI
- Yurakning o'ziga bog'liq – intrakardial mexanizmlarga hujayra ichi boshqaruv mexanizmlari, hujayralararo aloqalarni idora qilish mexanizmlari va yurak ichidagi periferik reflekslar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |