Tayanch tushunchalar: Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha. Mahalliy, mintaqaviy va global kompyurter tarmoqlari. internet global tarmog’i, tuzilishi va adreslash tizimi. Ma’lumotlarni uzatishni tashkil qilish usullari. Outlook Express bilan ishlash. Elektron pochta
Kompyuter tarmog'ini tashkil qilish uchun maxsus apparat qurilmalar va dasturiy vositalar bo`lishi lozim. Ikkita kompyuterni bir-biridan ma'lumotlarni olish uchun o`zaro bog'lash to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish deyiladi.
Windows’98 operasion tizimida to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish uchun apparat va tarmoqqa kerakli dasturiy vositalar talab qilinmaydi. Dasturiy vosita sifatida standart vositalar ishlatiladi. Masalan, «пуск» - «программы» - «связь» - «прямое кабельное соединение»Windows operasion tizimidagi ushbu zanjir orqali to`g'ridan-to`g'ri bog'lanish ta'minlanadi.
Lokal va global tarmoqlar. Kompyuter tarmog'ida foydalanilayotgan protokollarga harab ular mos ravishda «Lokal» va «Global» tarmoqlarga bo`linadi. Lokal tarmoqli kompyuterlarda hamma ishtirokchilar yagona protokoldan foydalanishadi. Lokal tarmoqlar odatda bitta binoni yoki bitta qavatni yoki kompakt joylashgan binolarni bog'lash uchun mo`ljallangan. Global tarmoqlar bo`lsa geografik o`lcham katta bo`lgan masofalarga mo`ljallangandir. Turli ko`rinishdagi kompyuter tarmoqlarining vazifasi ularning quyidagi ikki funksiyasi bilan belgilanadi:
apparatli va dasturiy tarmoq resurslarining birgalikda ishlay olishini ta'minlash;
ma'lumotlar resursiga birgalikdagi egalik qilishni ta'minlash.
Masalan, lokal tarmoqning hamma foydalanuvchilarini umumiy bo`lgan chop qilish qurilmasidan birgalikda foydalana olishliklari yoki bitta kompyuterning vinchesteridagi umumiy faylga murojaat qilishliklarini ta'minlashdan iboratdir.
Kompyuter tarmog'ida agar hamma foydalanuvchilar tomonidan birgalikda ishlatish uchun maxsus kompyuter ajratilgan bo`lsa, u fayllar serveri deb yuritiladi. Kompyuter tarmog'ida maxsus ajratilgan kompyuter bo`lmasa va hamma kompyuterlar o`zaro ma'lumotlarni bir-biriga «teng huquqli» uzatishga moslashtirilgan bo`lsa, ular bir rangli tarmoq deb ataladi. Lokal tarmoq tizimini boshharib turadigan mas'ul kishini tizimning boshsaruvchisi deb yuritishadi.
Har xil protokollar bilan ishlaydigan bir nechta lokal tarmoqlarni o`zaro bog'lash uchun «shlyuza» deb yuritiladigan maxsus vosita qo`llaniladi. Masalan, bu maxsus kompyuter bo`lishi (shlyuzovi'y server) yoki dasturiy vosita bo`lishi mumkin.
Tashqilotlardagi lokal tarmoqlarni global tarmoqqa qo`shish paytida tarmoq xavfsizligi (setovoy bezopasnost) muqim hisoblanadi. Jumladan, tashharidan lokal tarmoqqa ulanish chegaralangan bo`lishi va ijozat berilmagan tashqilot xodimlarining lokal tarmoqdan tashhariga chiqishlari chegaralangan bo`lishi kerak. Lokal va global tarmoqlarning xavfsizligini ta'minlash uchun «Brandmauri'» deb ataladigan maxsus kompyuter yoki dasturiy vosita ishlatiladi. Bu vosita yordamida tarmoqda ma'lumotlarni uzatish chegaralanadi.