- odatdagi format;
-shrift turi;
- shrift o`lchami;
- qalin yozuv;
-egri yozuv;
- tagiga chizilgan holda yozuv
- matnni chap tomonlama
rostlash;
- matnni o`rtaga rostlash;
- matnni chap tomonlama rostlash;
- matnni ikki tomonga teng rostlash;
- satrlararo intervalni o`rnatish;
-tartibli raqamlashni o`rnatish;
- belgilarni o`rnatish;
- chap tomonlama chekinish;
- o`ng tomonlama chekinish;
- jadval chegaralarini formatlash;
-matn fonini o`rnatish;
- matn rangini o`rnatish
Qayd etilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi. Excel electron jadvali 16384 ta qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha raqamlangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…..IV) bilan belgilangan. Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan.
Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin. Elektron jadvalning tanlangan yacheykasiga o’tish uchun aniq manzil ko’rsatilishi shart.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lishni talab etadi.
Excelning asosiy hujjati bu electron jadval hisoblanadi.Yuqoridagi tasvirda esa electron jadvalning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Undagi belgilashlarni ko’rib chiqamiz:
Menyular qatori.
Ikki qator asboblar qatori deyiladi.
Formulalar kiritish maydonchasi
Faol katakcha manzilini ko’rsatib turuvchi katakcha
Ustunlar manzili
Qatorlar manzili
Excel muharriri menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib, u 8 bo’limdan iborat: Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица ва Окно.Bu bo’limlar yordamida biz matn fayllari,matn, rasm va istalgan ob’yektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Jadvallarda funksiya va formulalarni ishlatish mumkin.Ularni yozishdan avval =belgisini qo’yishingiz kerak. Funksiyalarda + (qo’shish), - (ayirish), * (ko’paytirish), / (bo’lish), ^ (darajaga ko’tarish) belgilarini ishlatishingiz mumkin.Formulalarda xonalar nomi faqat lotin harflari bilan berilishi shart. Masalan agar А1 va B12 xonalardagi sonlarni qoshish kerak bo’lsa, formula qo`yidagicha bo’ladi. : =А1+В12
Аsosiy funksiyalar:
МИН (xonalar) xonalardagi sonlarni minimalini topish
МАКС (xonalar) xonalardagi sonlarni maksimalini topish
СРЗНАЧ (xonalar)xonalardagi sonlarni o’rtachasinini topish
СУММ (xonalar
)Xonalardagi sonlar yig’indisini topish
ЕСЛИ (Shart, to’g’ri,noto’g’ri) shart bo’yicha amallarni bajarish
СЧЁТЗ(xonalar) Bo’sh bo’lmagan
xonalarni aniqlash
СЧЁТЕСЛИ(xonalar,shart) shartga javob beruvchi xonalar sonini aniqlash
СЕГОДНЯ ( )bugo`ngi kunni qo’yish
Nazorat savollari Nazorat savollari
MS Office dasturlari. Microsoft Word qanday ishga tushuriladi?
Microsoft Word ning asosiy menyusi va vositalar paneli vazifasi nima?
Microsoft Word da matnni kiritish, tahrirlash va chop etish. Formatlash tushunchasi haqida ma’lumot bering?
Microsoft Word da jadvallar bilan qanday ishlaydi?
Microsoft Excel muharriri va uning qulayliklari haqida ma’lumot bering ?
Microsoft Excel dasturini boshqa dasturlardan qulayligini tushuntirib o’ting ?
Microsoft Excel dasturida qo’llanish sohalari ?
Do'stlaringiz bilan baham: