Ma’ruza “Umumiy gidrologiya va iqlimshunoslik” faniga kirish Reja


O’rta Osiyo ko’llari morfologiyasi va morfometriyasi



Download 4,44 Mb.
bet92/100
Sana10.04.2022
Hajmi4,44 Mb.
#540559
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Bog'liq
3. Мa\'ruza matn 301019184931

O’rta Osiyo ko’llari morfologiyasi va morfometriyasi
O’rta Osiyo ko’llari ham bir-biridan suv yuzasi maydoning o’lchamlari, ularning ko’rinishlari, ko’l kosalarining shakllari, chuqurliklari va boshqa ko’rsatkichlari bilan farqlanadi. Ushbu holatni hisobga olib, O’rta Osiyo ko’llarining morfologiyasi va morfometriyasini ham suv yuzalari va ko’l kosalari ko’rsatkichlari bo’yicha o’rganish ancha qulaydir.
K o’ l l a r s u v yu z a l a r i n i n g o’ l ch a m k o’ r s a t k i ch l a r i. Ko’llar suv yuzalarining o’lcham ko’rsatkichlari ko’llarning suv yuzasi maydoni, uzunligi, kengligi, qirg’oq chizig’ining uzunligi, qirg’oq chizig’ining egriligi kabi kattaliklar bilan ifodalanishi yuqorida qayd etib o’tildi. Albatta, o’lkamizdagi barcha ko’llarni shu nuqtai-nazardan o’rganish murakkab vazifa. Shuni hisobga olib, yuqorida sanab o’tilgan ko’rsatkichlarni nisbatan yirik va xarakterli ko’llar uchun tahlil qilamiz.
Shu maqsadda A.M.Nikitin monografiyasida keltirilgan ko’llar ro’yxatidan suv yuzasi maydoni 1 km2 ga yaqin va undan katta bo’lgan ko’llar ajratib olindi. Ularning uzunligi, kengligi, qirg’oq chizig’i uzunligi va qirg’oq chizig’i egriligi haqidagi ma’lumotlar 5-ilovada keltirildi.
Suv yuzasi maydoni bo’yicha Orol, Balxash va Issiqko’llardan keyin Aydarko’l, Sariqamish ko’llari turadi. Har ikki ko’l ham o’lkamizning tekislik qismida, inson xo’jalik faoliyati, ya’ni antropogen omil ta’siri natijasida hosil bo’lgan.
Tog’ ko’llari ichida (Issiqko’lni hisobga olmaganda) suv yuzasi maydoni bo’yicha Qorako’l (Fk = 380 km2), Sonko’l (Fk = 274,6 km2), Chatirko’l (Fk = 160 km2) va Sarez (Fk = 79,6 km2) ko’llari eng yirik hisoblanadi. Jadvalda keltirilgan tog’ ko’llari aksariyat qismining suv yuzasi maydoni 1-10 km2 oraliqda o’zgaradi. Qolgan ko’rsatkichlar, ya’ni uzunlik va kenglik bo’yicha ham Sariqamish va Arnasoy ko’llari oldingi o’rinlarda turadi. Tog’ ko’llari orasida uzunligi bo’yicha Sarez ko’li (Lk = 55,8 km) ajralib turadi. Undan keyingi o’rinlarni Qorako’l (Lk q 30 km), Sonko’l (Lk q 28,3 km), Chatirko’l (Lk = 22,1 km) lar egallaydi. Rel’ef sharoitidan kelib chiqib, tekisliklardagi ko’llar kengligining kattaligi bilan tog’ ko’llaridan ajralib turadi. Afsuski, qirg’oq chizig’i uzunligi bo’yicha jadvaldagi barcha ko’llar uchun ma’lumotlarni to’plash imkoniyati yo’q. Lekin, to’la bo’lmagan ma’lumotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, yirik ko’llar (Orol, Balxash, Issiqko’l) larni hisobga olmaganda Pomirdagi Sarez ko’li qirg’oq chizig’i uzunligining kattaligi (Lq = 499 km) bilan ajralib turadi.
O’rta Osiyo ko’llarida qirg’oq chizig’i egriligini xarakterlaydigan koeffitsient (Ke) ning qiymatlari 0,42-1,76 oraliqda o’zgaradi. Bu koeffitsientning tabiiy mohiyati shundan iboratki, uning qiymatlari 1 ga yaqinlashgan sayin ko’lning suv yuzasi maydoni doira shaklini egallay boshladi. Shu nuqtai-nazaridan yondoshadigan bo’lsak, Sarichelak, Qorasuv, Beyliko’l kabi ko’llarining suv yuzasi boshqalarga nisbatan doira shakliga o’xshashligi bilan ajralib turadi.
K o’ l l a r k o s a s i n i n g o’ l ch a m k o’ r s a t k i ch l a r i. er sirtidagi barcha ko’llar kosalari hosil bo’lish sharoitiga bog’liq holda bir-birlaridan shakl va o’lchamlari bo’yicha keskin farq qiladi. Markaziy Osiyo ko’llarini suv hajmi, chuqurligi va ko’l kosasining shakli bo’yicha o’rganish maqsadida manbalarda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, suv hajmi 1 mln. m3 dan katta bo’lgan ko’llar ajratib olindi. Ularning suv hajmi kamayishiga mos holda tuzilgan ro’yxati 6-ilovada keltirilgan.
Yirik ko’llar (Orol, Issiqko’l)ni hisobga olmaganda Sariqamish ko’li suv hajmining kattaligi bilan ajralib turadi. Umuman O’rta Osiyoda suv hajmi 1 km3 dan katta bo’lgan ko’llar soni bor-yo’g’i 8 ta ni tashkil etadi. Jadvalda keltirilgan ko’llarning 7 tasining suv sig’imi 0,1-0,6 km3 oralig’idagi qiymatlarni qabul qilsa, qolgan barcha ko’llarda suv sig’imi 0,1 km3 dan kamdir. Ularning ko’pchiligi, aniqrog’i 23 tasida suv sig’imi 1,0-10,0 mln.m3 oralig’ida o’zgaradi.
Tog’li hududlardagi ko’llar chuqurliklarining kattaligi bilan tekislik ko’llaridan keskin ajralib turadi. Masalan, Sarez ko’lining eng katta chuqurligi 499,6 m bo’lsa, Qorako’lda 238 m, Sarichelakda esa 234 m va hokazo.
Tekislik ko’llarida esa, yuqoridagining aksi kuzatiladi. Masalan, suv sig’imi nisbatan katta bo’lgan Sariqamish ko’lining eng katta chuqurligi bor-yo’g’i 39,5 m ni tashkil etadi.
Daryo suvidan yanada unumliroq foydalanish maqsadida O’rta Osiyo davlatlari hududida keyingi yillarda bir qancha suv ombor­lari loyihalandi va. Ularning ko’pchiligidan bir yo’la qishloq xo’jaligi, sanoat, baliqchilik va energetika maqsadlarida foydalanish mumkin. Ana shunday suv omborlariga Sir­daryodagi Chordara, Qayroqqum, Chirchiq daryosidagi Chorbog’ kabilar misol bo’ladi. Ayni paytda Norin daryosida To’xtag’ul, Qoradaryoda Andijon, Vaxsh daryosida Rogun va Norak kabi yirik suv omborlari qurib bitkazildi. Bu suv omborlari to’g’onlarida suv elektr stan­siyalari (GES) qurilib, ular hozirgi kunda juda katta elektr energiyasi manbai bo’lib xizmat qilmoqda.

Download 4,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish