Organizmlar guruhlari
|
Biomassa, B
|
Mahsulot, M
|
B/M
|
Fitoplanktonlar
|
1,5
|
550
|
336
|
Fitobentoslar
|
0,2
|
0,2
|
1,0
|
Zooplanktonlar
|
21,5
|
53,0
|
2,5
|
Zoobentoslar
|
10,0
|
3,0
|
0,33
|
Nektonlar
|
1,0
|
0,2
|
0,2
|
Suv o’simliklari yig’indisi
|
1,7
|
552,2
|
324
|
Tirik organizmlar yig’indisi
|
32,5
|
56,2
|
1,7
|
Hozirgi kunda foydalaniladigan bioresurslarning asosiy qismi nektonlarga, shu jumladan, baliqlarga 80-85%, molyuskalarga esa 10-15% to’g’ri keladi. Ulardan tashqari okean va dengizlardan qisqichbaqasimonlar, sut emizuvchilar ham ovlanadi; suv o’tlari yig’ib olinadi.
O’tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarning boshlarida tirik organizmlarni ovlashning umumiy yillik miqdori 72-75 mln. tonna atrofida bo’lgan. Bu miqdorning 90% ga yaqin qismi okeanlar va dengizlarning shelf- materiklar sayozligi oblastlarga to’g’ri keladi.
Mutaxassis - olimlarning hisoblashlaricha, dunyo okeanining o’rtacha mahsuldorligi 184 kg/km2 bo’lib, bu miqdor ochiq okeanlarda 7 kg/km2, uning chekkalarida 65 kg/km2 bo’lsa, shelf oblastlarda 2504 kg/km2 ga to’g’ri keladi. Ularning fikricha, okean va dengizlarda baliqlar, sut emizuvchilar va yirik umurtqasizlarni ovlashni yiliga 90-100 mln. tonnagacha yetkazish mumkin. Lekin, ayni paytda, bu faoliyatni boshqarish va ma’lum darajada cheklash tadbirlarini ham ko’rish lozim. Bu maqsadga xalqaro miqyosdagi bitimlar, konventsiyalar asosidagina erishish mumkin.
Oxirgi yillarda ushbu maqsadga erishishning yana bir yo’li - dunyo okeanida ajratilgan “iqtisodiy zonalar”dan unumli foydalanishdir. Iqtisodiy zonalar dunyo okeanining ochiq qismida, ma’lum bir davlatning suv sarhadlariga tutashgan maydonlarda belgilanadi. Bu hududda, ya’ni ma’lum bir mamlakat tasarrufidagi iqtisodiy zonada, shu davlat okeanlar yoki dengizlar tabiiy resurslaridan foydalanish yoki saqlashda mustaqil huquqqa ega bo’ladi. Bu huquq iqtisodiy zonadagi okean tubi, uning qa’ridagi va suvidagi barcha tirik organizmlar yoki boshqa turdagi zahiralarga tegishlidir.
Odatda iqtisodiy zonalarning kengligi 200 dengiz milliga teng bo’lib, hozirgi kunda uni 100 dan ortiq davlatlar belgilab olgan. Bunday zonada baliq ovlash yoki uning boshqa resurslardan foydalanish va, hatto, turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish faqat uning egasi hisoblangan mamlakat bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Eng muhimi, bunday iqtisodiy zonalar dunyo okeanining ochiq qismidagi biologik va boshqa resurslardan foydalanishga, ayni paytda okeonologik tadqiqotlarni yanada jadallashtirishga rag’batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |