Nazorat savollari
1. “Dunyo okeani”tushunchasiga izoh bering.
2. Dunyo okeani necha qismga bo’linadi?
3. Nima uchun Dunyo okeani bir butun deb hisoblanadi?
4. Tinch okeani dengizlarini aytib bering.
5. Atlantika okeani chegaralari va uning dengizlarini aytib bering.
6. Shimoliy Muz okeani va uning dengizlarini aytib bering.
7. Hind okeani chegaralari va uning dengizlarini aytib bering.
8. Dunyo okeaniga quyiladigan eng yirik daryolarni bilasizmi?
9. Tinch okeanga Shimoliy Amerika qit’asidan quyiladigan yirik daryolarni sanab bering.
10. Tinch okeanga Osiyo qit’asidan quyiladigan daryolarni eslang.
11. O’rta Osiyo ko’llari va suv omborlarini kimlar o’rgangan?
12. O’rta Osiyo ko’llari genezisi bilan qaysi olimlar shug’ullanganlar?
13. O’rta Osiyo ko’llari morfologiyasi va morfometriyasi jixatidan qanday ko’llar qatoriga kiradi?
14. O’bekistonda nechta suv ombori bori?
15. Tog’li hududlarda qurilgan suv omborlari qanday afzalliklarga ega?
16. Tuyamo’yin suv ombori bilan bog’liq bo’lgan qanday muammolarni bilasiz?
17. Suv omborlarida amalga oshiriladigan maxsus gidrologik kuzatishlarning ahamiyati nimalardan iborat?
Ma’ruza 16. Iqlim o‘zgarishi muammolari
Reja:
1. Iqlim tushunchasi
2. Iqlim o’zgarishi muammolari
3. Iqlim va uning o’zgarishini insoniyat rivojiga ta’siri
4. Issiqxona samarasi
5. Iqlim o‘zgarishining yer yuzi uchun xavfli jihatlari
6. Kyoto protokoli
7. Parij protokoli
Tayanch iboralar: Iqlim, iqlim o’zgarishi, issiqxona effekti, kioto pritokoli, Parij protokoli, BMT konvensiyalari, parnik effekti, chiqindi gazlar.
Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi. Boshqacha aytganda, iqlim — bu biror joydagi ob-havo holatlari toʻplamidir.
Iqlim — yer yuzasining quyosh nurlariga nisbatan ogʻishiga bogʻliq ravishda obhavoning muayyan joyga xos boʻlgan koʻp yillik maromi, yaʼni biron joyda boʻladigan obhavo sharoitlarining majmui va mavsumiy geografik oʻzgarishi; quyosh radiatsiyasi, yer toʻshama sirti xususiyatlari hamda ular bilan bogʻliq atmosfera dirkulyasiyasi taʼsirida vujudga keladi. Har bir joy Iqlimi uning boshqa joylardagi Iqlimga nisbatan oʻziga xos xususiyatlari haqida koʻp yillik meteorologik kuzatishlar natijasidagina toʻla tasavvurga ega boʻlish mumkin. Iqlim atmosfera va faol qatlam (yer yuzasi)da betoʻxtov davom etadigan tabiiy (Iqlim hosil qiluvchi) jarayonlar (issiqlik, kinetik va b. shakldagi energiyalarning oʻzgarishlari, suvning bugʻlanishi, suv bugʻining suyuklikka aylanishi, namning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi va h. k.) natijasidir. Yer sharining turli nuktalarida Iqlimning turlicha boʻlishi Iqlim hosil qiluvchi omillarning har xil boʻlishiga, yaʼni bu jarayonlar sodir boʻladigan oʻsha geografik sharoitlarga bogʻliq. Geografik omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya va oʻsimlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar boʻylab turli Iqlimlarning shakllanishiga sabab boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |