12-13-Ma’ruza
Temir yo‘l transportida ekspluatatsiya ishlari
Ma’ruzaning rejasi
1.
Ekspluatatsiya ishlarining ma’nosi, xususiyati va uning ahamiyati.
2.
Eksplutatsiya ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladigan hujjatlar.
3.
Ekspluatatsiya ishlari rejasining ko‘rsatkichlari.
4.
Yuk vagonlardan faydalanish sifat ko‘rsatkichlari
va uning iqtisodiy
samaradorligi
5.
Yo‘lovchi vagonlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
6.
Lokomotivlardan foydalanish ko‘rsatkichlari va ularning iqtisodiy samaradorligi
1. Ekspluatatsiya ishlarining ma’nosi, xususiyati
va uning ahamiyati
Temir yo‘l transportining tashish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar
ekspluatatsiya ishlari deyiladi, bular quyidagilardan iborat:
temir yo‘l bekatlarining yuklarni vagonlarga yuklash,
vagonlardan tushirish ishlari,
poezdlarni tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan texnik ishlar,
poezdlarning harakatini tashkil qilish,
lokomotivlarni, vagonlarni, temir yo‘llarni,
SSB va aloqa vositalarini, elektr
ta’minoti va temir yo‘lning barcha qurilmalarini saqlash,
hamda texnik xizmat
ko‘rsatish,
yo‘lovchi tashishni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlar,
temir yo‘lning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni rejalashtirish va
moliyalashsh.
Qisqacha qilib aytganda ekspluatatsiya ishlari deganda harakatdagi sostavlarning
(vagonlar va lokomotivlarning) ishi tushiniladi. Harakatdagi sostavlar temir yo‘l
transporti ishlab chiqarish fondlarining faol qismi hisoblanadi, temir yo‘l transportining
samarali ishlashi bu vositalardan foydalanish darajasiga bog‘liq.
Harakatdagi sostavlarni va temir yo‘l izlarini ta’mirlash dasturlarini belgilash,
vagonlar
va lokomotivlarni ishlatish, hamda ularni ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan
xodimlar sonini aniqlash, yoqilg‘i, elektr energiya sarfi,
ehtiyot qismlar, pul resurslari
va boshqa xarajatlarga bo‘lgan talab miqdorini aniqlashda harakatdagi sostavlarning
rejasi asos qilib olinadi.
Ekspluatatsiya ishlarining rejasi temir yo‘l transportining
umumiy rejasining bir
qismi hisoblanadi. Bu rejaning asosiy vazifasi kam xarajatlar sarflab mehnat
unumdorligi yuqori holatda belgilangan yo‘lovchi va yuk oborotini bajarish uchun
lokomotivlar, vagonlar sonini va ularning ish miqdorini aniqlashdan iborat.
Temir yo‘lning ekspluatatsiya ishlari boshqa moddiy
ishlab chiqarish sohalariga
qaraganda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Temir yo‘l transportining bir bekatida
boshlangan ishlab chiqarish jarayoni, odatda boshqa bekatlarda davom etib tugallanadi,
yani bir bekatda vagonlarga yuklangan mahsulotlar manziliga yetkazilib boshqa bekatda
vagonlardan tushiriladi. Sanoat korxonalaridan temir yo‘lning farqi shundaki bir
korxonadan ikkinchi korxonaga mehnat qurollaridan tashqari (vagonlardagi yuklar),
mehnat vositalari (vagonlar va lokomotivlar) o‘tadi. Lokomotivlar ma’lum bir
depolarga
biriktirilgan, vagonlar esa kompaniya bo‘yicha tashish ishlarini bajaradi.
Temir yo‘lning shu xususiyati asosida barcha vagonlarni talab darajasida mahsulot
yuklanadigan bekatlarga etkazib berish imkoniyatiga ega.
YUk va yo‘lovchi tashish ishlarini muntazam bajarish uchun tashish jarayoni
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha temir yo‘l tarmoqlari va korxonalari aniq o‘zaro bog‘liq
holatda, temir yo‘lning texnik vositalaridan foydalanishda qat’iy
tartib bilan faoliyat
ko‘rsatishlari zarur.