mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriylar o‘z hududlarini frakiya
qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz
ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shimoliy va O‘rta
Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta qismini o‘zlashtirdilar. Axeylarning bir
qismi doriylar taziyqi ostida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko‘chdilar.
Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa
turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning
shaharlarini vayron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettirdilar.
Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug‘lar
o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot –
fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila – filni tashkil qilgan. Fratriya va
urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari bilan bir qatorda, fil va
fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘
boshliqlari ularga o‘z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir
qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi.
Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunonistonga kirib keldi. Axeylar
Yunonistonning bir necha viloyatlarida saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–
IX asrlarni tarixchilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar.
Chunki bu davrga oid
ma’lumotlar juda kam. Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixini o‘rganish bo‘yicha
asosiy manba bo‘lib, Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu
sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo‘lgan
Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jamiyatining uch yuz yillik
hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning
bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgina
sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey
sivilizatsiyasi gullab-yashnashining so‘nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin
Gomerning o‘zi mil.avv. VIII asrda yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi
yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi
mulkiy tabaqalanishni,
urug‘chilik munosabatlari zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan
ko‘p sonli urug‘ zodagonlari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin
mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi.
Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya
qilinadi. Erkin
kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali
xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin qul bilan yonma-yon
jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi.
Uning xotini Penelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun
bir saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan. Gomer o‘tmish
qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining
hayotiy tasvirini chizadi Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi podsholar
bilan oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qarshiliklar kichkina
bir epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal qiluvchilar bilan yo‘lboshchi
Agamemnon o‘rtasida unga qarshi norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib
chiqishi voqeasida ijtimoiy hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xarobalarini XIX
asrda havaskor arxeolog Genrix Shliman ochdi.
Urug‘-jamoa
kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik bilan
shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida
boshqargan. Basiley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va
urug‘ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan marosimlarni o‘tkazishda
boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr
oxiridan axeylarning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari
Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiriga kelib butun Shimoliy
va O‘rta
Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu
davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi
qishloqlarda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani bayon qilinadi.
Xo‘jalik natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.
Asosiy ekin tariq edi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari
hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli tuproq, xona o‘rtasida
gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir
qancha qiyinchilikdan so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik
hayotining jonlanishi
boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan. Taqchil bo‘lgan
unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekinlar egallay boshlagan. Bog‘dorchilik,
uzumchilik va zaytun daraxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik rivojlangan.
Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo‘lgan. «Iliada»da
katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi.
Hunarmandchilikda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir
keng qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o‘rin qolmadi.
Temirdan yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini
o‘z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yerlari berildi.
Keyinchalik bu yerlar xususiy bo‘ldi.
Erkin dehqon xo‘jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Jamoaning alohida bir
ko‘rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli bo‘ldi. Keyinchalik
polis shahar-davlatga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‘lib, ular
huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug‘ zodagonlari jamoani o‘z
nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini
va hududni qo‘shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki
munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yuzaga kelmagan edi.
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik
polis-jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy
birlik mustaqil xo‘jalik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan,
oddiy turmush
kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo‘lmagan patriarxal oila bo‘lgan. Yunon
dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa
a’zolari yo‘q edi.
Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi.
Dafn marosimlari o‘zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya
qilish (yoqish) rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan
yuqori darajada rivojlangan
Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning
g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari paydo bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va
doriy shevalarida so‘zlashgan.